SOliq endoplazmatik torning asosiy vazifalaridan biri lipidlar va uglevod-larni sintez qilishdir. Silliq endoplazmatik tor ayniqsa, yoğ bezlari (yoğlar sintezi)da, jigar hujayralari (glikogen sintezi)da zaxira moddalar toplanadigan hujayra (osimlik uruğ)larida ko‘p bo‘ladi.
Donador endoplazmatik torning muhim vazifasi oqsil sintezi va uni tashish bolib, buni ribosomalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Ribosomalar en-doplazmatik torning zichlangan membrana qopchalarining ustki qismida dona-dona bolib joylashgan. Donador deb atalishi ham shu tuzilma bilan boğliq.
Shunday qilib, endoplazmatik to 'r hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi bolib, uning kanallari orqali moddalar tashiladi. Kanallarning membranasida ko'p sonli fermentlar joylashgan, ular hujayraning hayotfaoliyatini ta 'minlaydi.
Ribosomalar diametri 15,0-35,0 nm bolgan ikki yani katta va kichik bolakchalardan iborat yassi tanachalardan tashkil topgan. Ribosomalarda taxminan teng miqdorda oqsil va nuklein kislotalar mavjud. Ribosoma RNKsi yadrodagi DNK molekulasi yordamida hosil boladi. osha joyda ribosomalar ham shakllanadi va yadrodan tashqariga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |