-Kelajakda to'g'ri va o'ziga ishongan хolda, logik va kritik fikrlashni, kasbiga ma'suliyatli yondoshishni talabada shakllantirish.
-. Talabaga javobgarlik хissini, , amaliy ko'nikmalarni egallashda zaruriy bilimlar хajmini kengaytirish.
- Bo'lajak shifokorni shakllantirishda olingan teoretik bilimlar va amaliy ko'nikmalar hajmi talabaga kelajakdagi amaliyotida yordam beradi.
|
2. Fanlararo va fanlar ichra aloqalar.
|
Endokrinologiya, ichki kasalliklar.
3.1. Nazariy qism
Organizmdagi har xil a'zolarining unumli kelishib ishlashida asosiy o'rin tutadigan xususiyati, bu a'zolarining bir-biri bilan kimyoviy bog'liqligidadir. Bu bog'liqlik butun hayvonot olamiga taaluqli bo'lib, organizmning ma'lum bir qismlarida ishlab chiqarilgan kimeviy moddalarning qon tomirlar orqali qonga o'tib, a'zolarning bir meyorda ishlashini ta'minlab turilishi, albatta, nerv sistemasining ta'siri ostida boradi. O'z ta'sirotlari orqali a'zolarning ish faoliyatini bir meyorda boshqarilishini ta'minlab turuvchi asosiy kimyoviy qurol hayvonot organizmidagi maxsus bezlarda ishlab chiqariladigan modda "garmonlar" deb ataladi. Garmon grekcha so'zdan olingan bo'lib, " hormao", ya'ni harakatga keltiraman, qo'zg'ataman degan ma'noni anglatadi. Garmonlar maxsus, hajmi jihatdan uncha katta bo'lmagan a'zolardan, ya'ni ichki sekretsiya (endokrin, inkretor) bezlarda ishlab chiqariladi. Ular to'g'ridan-to'g'ri qon tomir va limfa kapillyarlar orqali qonga o'tib, organizmda sodir bo'ladigan bir qancha jaroyonlarda ishtirok etadi. 1. Bezlarning naylari bo'lmaydi. Ishlab chiqariladigan garmonlar qon tomir va limfa kapillyarlari orqali qonga o'tadi. 2. Bezlar juda ko'p sinusoid tipidagi qon tomir kapillyarlariga boy bo'ladi va bezdagi qon tomirlardan boshqa a'zolardagiga nisbatan qon oqimi tezligi kam bo'ladi. 3. Endokrin bezlar hajmi jihatdan unchalik katta bo'lmaydi. Hamma bezlar yig'ilsa, ular tananing 0,1-0, 3% vaznini tashkil etadi. 4. Endokrin bezlar organizmining ish faoliyatini to'la-to'kisligini ta'minlab turadi. 5. Endokrin bezlarining har birida ishlab chiqariladigan garmonlar orasida butun hayot davomida mo'tanosiblik mavjud bo'lib, bu garmonal fon deyiladi. Garmonlarning maxsus (spetsifik) xususiyatlari. 1. Garmonlar har bir a'zoning funktsiyasiga maxsus ta'sir etadi va shu bilan birga butun organizmda bo'ladigan jarayonlarda ishtirok etadi. 2. Garmonlar yuqori biologik faolligi bilan ajralib turadi. Masalan, 1 gr. insulin 125000 ta quyonlar qonidagi qand moddasini pasaytiradi yoki 1 gr. adrenalin 1000 baqalar organizmiga kiritilsa ularda yurak ish faoliyatini tezlatadi. 3. Garmonlarning masofada ta'sir etishi, ya'ni qon orqali borib, a'zolarning ishlash jarayonini faollashtiradi yoki susaytiradi. 4. Garmonlar juda kichik molekulyar tuzilishga ega bo'lib, to'qimalardan oson va tez o'tish qobiliyatiga ega. 5. Garmonlar doimiy ishlab chiqarilib turadi, chunki ular hujayralarda tez parchalanib, tez ta'sir etish xususiyatiga ega. 6. Garmonlar tur tanlamaydi, shuning uchun ham ular hayvonlar organizmidan olinib, kasallikni davolash uchun ishlatiladi. Garmonlarning umumiy xususiyatlari. 1. Garmonlar organizmning o'sishini faollashtiradi va uning belgilariga ta'sir etadi. 2. Organizmdagi barcha modda almashinuvlarida ishtirok etadi. 3. Nerv sistemasining qo'zg'aluvchanligiga ta'sir etib, uning faoliyatini oshiradi. 4. Garmonlar hujayralarda sodir bo'ladigan jarayonlar va uning tizimiga ta'sir etadi. 5. Garmonlar ishlab chiqarilishi organizmning ichki holatiga va tashqi muhitdagi o'zgarishlar bilan bog'liq bo'ladi. Garmon ishlab chiqarilishi nerv oxirlari, bo'rtiq osti yadrolar ta'siri ostida murakkab nerv-gumoral yo'l bilan boshqariladi. Ularning ta'siri ostida gipofiz qo'zg'aladi va undan ishlab chiqariladigan garmonlar qolgan bezlarning ish faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib turadi. Demak, bezlarda garmonlar ishlab chiqarilishi o'z holicha boshqarilmasdan, nerv tizimi bilan uzviy bog'liq holda, ya'ni nerv-gumoral yo'li bilan boshqarilar ekan.
Ichki sekretsiya bezlari o’z taraqqiyoti davrida turli epiteliydan kelib chiqqani uchun ular bir necha guruhga bo’linadi.
1.Entodermadan hosil bo’lgan vistseral ravoqlar epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (qalqonsimon, qalqonsimonorqa va ayrisimon bezlar).
2.Entodermadan hosil bo’lgan, ichak nayi epiteliyidan taraqqiy etuvchi bezlar (me’da osti bezi orolchalari).
3.Mezodermadan taraqqiy etuvchi bezlar (buyrak usti bezining po’stloq qismi, jinsiy bezlar va interregnal tizim).
4.Ektodermadan taraqqiy etuvchi-nerv nayining oldingi qismidan hosil bo’lgan bezlar (gipofiz va epifiz).
5.Ektodermadan taraqqiy etuvchi-simpatik nerv tizimidan hosil bo’lgan bezlar (buyrak usti bezining mag’iz qismi va paragangliyalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |