Emotsiya haqida umumiy tushuncha. Reja. Emotsional kechinmalarning umumiy aniqligi. Emotsional kechinmalar klassifikatsiyasi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana27.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#414259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu

Kayfiyat.
Kayfiyat - zaif yoki o’rtacha kuchga ega bo’lgan va, odatda, ancha barqaror 
emotsional holatdir. Odamdagi ba’zi bir kayfiyat bir necha kun, bir necha hafta, bir necha 
oy va undan ham ko’proq davom qilishi mumkin. Quvnoq kayfiyat, ma’yus kayfiyat, 
g’amginlik kayfiyati, g’azab kayfiyati va shu kabi kayfiyatlar, yaxshi yoki yomon 
kayfiyatlar bo’lib turishi hammaga ma’lum. Biz biror kishidan, ahvollaringiz qalay, deb 
so’raganimizda, biz, asosan, uning kayfiyatini nazarda tutamiz. 
Odamdagi turli kayfiyat turlicha sabablar tufayli tug’ilishi
mumkin. Odamning 
shaxsiy yoki ijtimoiy hayotida sodir bo’lgan va shu odam uchun katta ahamiyatga ega 
bo’lgan biror voqea mana shu xildagi kayfiyatning tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Biror ishning muvaffaqiyatli bajarilganligi odamda bir necha kun davom qiladigan 
xursandlik, shodlik kayfiyatini tug’dirishi mumkin. Biror ishning muvaffaqiyatli 
bajarilganligiga mo’’tabar kishi yoki muassasa tomonidan berilgan yuksak baho odamning 
kayfini chog’
qilib yuboradi. Ishdagi chatoqlik, muvaffaqiyatsizlik, odamning qilgan ishiga 
past baho berilganligi uning ruhini tushirib yuboradi, unda ma’yuslik tug’diradi, uning 
o’z kuchiga ishonchsizlik vujudga keltiradi. 
Odamdagi nerv sistemasining holati va umuman odam sog’ligining holati odamda 
ma’lum bir kayfiyatning tug’ilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ba’zan kishi o’zida 
muayyan kayfiyat tug’dirgan sabab nimaligini anglamaydi. Bunday hodisa ko’pincha 
organizmning holati, jumladan, nerv sistemasining holati sababli vujudga keladi. 
Odatda, muayyan kishida u yoki bu xil kayfiyat ustunlik qilishi mumkin. Odatda 
qay xildagi kayfiyatning ustunlik qilganiga qarab, biz ba’zi kishilarni quvnoq, 
hushchaqchaq, bardam kishilar deymiz, ba’zi kishilarni esa g’amgin, ma’yus beparvo 
kishilar deymiz. Mana shunday ustunlik qilgan kayfiyat odam xarakterining xislati 
bo’lib qoladi. 
Odamning barcha psixik jarayonlarida va faoliyatida kayfiyat katta rolь 
o’ynaydi. Tasavvurlar va fikrlarning o’tishidagi tezlikka, shuningdek, tasavvur va 
fikrlarning mazmuniga hamda yo’nalishiga kayfiyat ta’sir qiladi. Odamdagi boshqa 
emotsional kechinmalarning hammasiga kayfiyat, odatda o’zining ta’sirini o’tkazib 
turadi, bu kechinmalarning, intilishlarning va harakatlarning faolligida shu kayfiyat 
o’zgarishini ko’rsatadi. Masalan, odamning kayfi chog’ bo’lsa, u ancha aktivroq bo’ladi, 
odam ma’yus bo’lsa, unchalik aktiv bo’lmaydi. Odamning kayfiyati uning tevarak-


atrofdagi kishilarga va narsalarga munosabatiga ta’sir qiladi. CHunonchi, odam xursand 
bo’lib turganida uning ko’ziga hamma narsa yaxshi bo’lib ko’rinadi, odam xafa va 
ma’yus bo’lib turganida, uning ko’ziga hamma narsa yomon ko’rinadi. Ijobiy kayfiyat, 
hushchaqchaqlik va xursandlik kayfiyati ustun bo’lib turganida, odam vaqtincha 
muvaffaqiyatsizliklarni va xafagarchilikni ham osonlik bilan o’tkazib yuboradi. 
Odamzod onglidir, binobarin, u salbiy kayfiyat bilan kurashmog’i: ma’yuslikka, 
bo’shanglikka, sababsiz tajanglikka berilmasligi mumkin va lozim. Odamning o’zida va 
boshqa kishilarda bardamlik, xursandlik, hushchaqchaqlik kayfiyati tug’dira bilishi 
uning eng yaxshi xislatidir. 
Odamning o’zidagi e’tiqod, maslak, qiziqish hamda o’zi yashab va ishlab turgan 
vaziyat undagi muayyan kayfiyatning davom ettirilishi uchun katta ahamiyatga egadir. 
Bardamlik, hushchaqchaqlik, kayfiyati bizning kishilarimizni asosiy xususiyatidir. O’zbek 
xalqi mustaqillikka erishishini o’z maqsadi va maslagi deb biladi. U o’z mehnatining 
erkinligini anglab, Vatani uchun sidqidildan harakat qilish ularda mana shunday kayfiyatni 
vujudga keltirdi. Bizda har bir kishi nima uchun mehnat qilayotganini, kim uchun mehnat 
qilayotganini biladi. Mehnatning tagi rohat ekanligini his qiladi.
Ma’lumki, mehnat ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulot ishlab 
chiqarishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat faoliyati o’zining amalga oshirilishi uchun 
yuksak psixologik funktsiyalarni talab qilish bilan birga, insoniyat taraqqiyoti jarayonida 
ularni tarkib topishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keltiradi. Bu esa inson kayfiyatiga ta’sir 
qiladi. Kayfiyatning chog’ligi mehnatni unumdorligini oshiradi. Uni sermahsul qiladi.
Mustaqillika to’la erishib olgunga qadar qancha uqubatli mehnatlarga duch kelindi. 
Xalqimiz tushkunlikka tushmay, qiyinchiliklarga bardosh berib, to’siqlarni engib, 
ko’tarinki kayfiyat bilan mehnat qilib o’z maqsadlariga erishdilar. Xalqimiz 
qiyinchiliklarni qunt bilan engishga doim tayyordirlar. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish