Eminov Rustambekning



Download 27,37 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2022
Hajmi27,37 Kb.
#683894
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5260439153450947422

Kurs ishining maqsadi: Uzluksiz ta‘lim tizimi, xususan, kasbiy ta‘limni rivojlantirish borasida belgilangan ustuvor maqsadlarni amalga oshirish qonunlari taʼlim toʻgʻrisidagi qonun bilan tanishish.
Kurs ishining vazifalari: mavzuga oid muomolarni o’rganish va talimdagi muomolarni chuqur o’rganib chiqish. Uzluksiz talimdagi muomolar haqida oʻrganish .
Kurs ishining dolzarbligi. Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, bunda ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish hamda qizlarni ijtimoiy faol hayotga tayyorlashni tashkillashtirish uchun zamonaviy pedagog o’quv jarayoni davomida xar tomonlama afzalliklarga ega multimedia vositalaridan to’g’ri foydalana bilishi muxim ahamiyatga ega.
Bugungi kunga kelib ta'lim jarayonida faqat pedagogning faol mehnat qilishi yetarli samara bermay qoldi. O'qitish, o'rganish jarayonida o'quvchilarning faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlay olishi, mustaqil o'rgana olishi, mustaqil masalalar yecha olishi ta'lim samaradorligini o'quvchilarning mustaqil bilim olishlarining ahamiyati katta.


1. Oʻzbekistonda taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor
Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini aks ettiradi. Unda oliy oʻquv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda taʼlim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va taʼlim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro eʼtirofga erishish hamda boshqa koʻplab aniq yoʻnalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi taʼlim jarayonini yangi sifat bosqichiga koʻtarish uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda yangi-yangi oliy oʻquv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, soʻnggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy taʼlim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy oʻquv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti. Aholi fikrini oʻrgangan holda, sirtqi va kechki taʼlim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilyapti. Maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2021-yilda 25 foizga yetdi. 2018-yilga nisbatan oʻrtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy taʼlim muassasasi oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazildi.
Oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga koʻpaytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy taʼlimga qamrab olish koʻlamini yana-da kengaytirdi.
Taʼlim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va taʼlim tizimining quyi boʻgʻinlari oʻrtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy oʻquv yurtlari tasarrufiga oʻtkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi boʻldi.
Demak, xulosa qiladigan boʻlsak, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda oʻzining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yana-da keng koʻlamda davom ettirish davr talabidir.

Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yoʻlini tutgan barcha mamlakatlarda eʼtirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida eʼtibor berilmoqda.


Mamlakatimiz Prezidenti davlat rahbari sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, respublikamizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uygʻunlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Davlatimiz rahbarining shundan keyin sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa koʻplab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu eʼtiborning amaliy ifodasi boʻladi.
2. Uzluksiz taʼlim tizimi va talimdagi momolar.
Mamlakatimizda 2021-yilning 5-may kuni AOKA anjumanlar zalida uzluksiz taʼlimda oʻquv dasturlari mazmuni uzviyligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov, Boshliqning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi Abdurahim Nosirov, Fanlar akademiyasi qoshidagi Matematika instituti direktori oʻrinbosari Gʻolib Botirov hamda jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4884-sonli qarorida belgilangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash” vazifasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan atroflicha maʼlumot berib oʻtildi.
Taʼkidlash lozimki, Taʼlim inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirliklari bilan birgalikda har bir fan boʻyicha malakali ekspertlar koʻmagida 22 ta fandan har bir taʼlim turi uchun konsepsiyalar va alohida oʻquv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Taʼlim inspeksiyasining “Uzluksiz taʼlimda fanlar uzviyligi” muhokamalar portali (http://www.uzviylik.tdi.uz)ga joylashtirildi.
Shuningdek, umumtaʼlim maktablari, kollejlar, akademik litseylar va oliy taʼlim muassasalari darsliklaridagi mavzularni optimallashtirish hamda takroriyligini oldini olish boʻyicha oʻzaro fikr almashinib, 300 nafar tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi tashkil etilgan.
Oʻtgan vaqt davomida ekspertlar guruhi tomonidan oʻquv va fan dasturlarining oʻzaro uzviyligi, mavzularning takroriyligi, qisqartirilishi, shuningdek, takomillashtirilishi hamda xalqaro tadqiqotlarga moslashtirilishi bilan bogʻliq xulosalar oʻrganildi.
Oʻrganishlar natijasida fan dasturlari uzviyligi va uzluksizligini taʼminlashda quyidagi birlamchi muammolar aniqlandi:
Uzluksiz taʼlim turlariaro fan xususiyatidan kelib chiqqan holda obyekt va subyekt tanlovi va mazmunida nomutanosibliklar mavjud;
Taʼlim turlariaro bosqichlarda mavzular aynan yoki mazmunan takrorlangan;
Takrorlanish va ortiqcha vaqt evaziga oʻqituvchi va oʻquvchining vaqti besamar sarflanadi;
Taʼlim bosqichlarida ayrim mavzularga ortiqcha vaqt ajratilgan, nazariy mashgʻulot uchun ajratilgan dars soatlari hajmini kamaytirish lozim;
Mavzularni yoritishda darslar mazmun jihatdan xalqaro tadqiqotlarga moslashtirilmagan.
Oʻquv dasturlarini tahlil qilish natijasida 22 ta fandagi kamchiliklar umumlashganda, takrorlangan mavzular soni MTMlarda 30 ta, maktablarda 268 ta, kasb-hunar maktablarida 481 tani, oliy taʼlimda 126 tani, uzviyligi taʼminlanmagan mavzular MTMda 72 tani, maktabda 134 tani, kasb-hunar maktablarida 110 tani va oliy taʼlimda 78 tani, qisqartirishga tavsiya etilayotgan mavzular maktab oʻquv dasturlarida 184 tani, yangi kiritish soʻralayotgan mavzular soni umumiy oʻrta taʼlimda 601 tani, oliy taʼlimda 173 tani, PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarga bogʻlash lozim boʻlgan mavzular maktablar uchun 277 tani, boshqa taʼlim turiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mavzular professional taʼlimda 40 tani tashkil etmoqda.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi uzluksiz taʼlim tizimida oʻquv dasturlari uzviyligini taʼminlash bosqichlari sxemasi” ishlab chiqildi va quyidagi vazifalar belgilandi:
-uzluksiz taʼlim tizimi uchun fanlar kesimida konsepsiyalar ishlab chiqish;
-fanlar kesimida barcha taʼlim turlarida oʻtiladigan mavzular boʻyicha tahliliy qiyosiy jadvallar tayyorlash;
-maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari uchun uzviyligi taʼminlangan oʻquv dasturlarini tayyorlash;
- Finlyandiya tajribasini oʻrganish, uzviylik, uzluksizlik mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va tizimlilikka eʼtibor berish vazifalari mazmuni, bosqichlari, muddat va masʼullari belgilab olindi.
Bugungi kunda ekspertlarning oʻrganishlari asosida tayyorlangan oʻquv dasturlari konsepsiyasi hamkor vazirliklar metodist va masʼullar tomonidan tahrirlanib, umumiy majmua holatiga keltirildi. Navbatdagi bosqichda mazkur majmua nufuzli mutaxassis olimlar tomonidan taqrizlanadi, xorijiy mutaxassislar fikrlari olinadi va vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi.

Jarayon yakunida oʻquv dasturlari taʼlim jarayoniga bosqichma-bosqich tatbiq etiladi. “Uzluksiz taʼlim dasturlari” majmuasida 22 ta fan kesimida uzluksiz taʼlim tizimida uzviylikni taʼminlash konsepsiyasi, maktabgacha taʼlim tizimida 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashga moʻljallangan “Ilk qadam” va “Ilm yoʻli” variativ dasturlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun “Milliy oʻquv dasturlari”, akademik litseylar va Kasb-hunar maktablari uchun oʻquv dasturlar, oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv dasturlari shakllantiriladi.





Download 27,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish