Maktabgacha ta’lim.
Mazkur ta‘lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. U o‘quvchilikka intilish hisi uyg‘otiladi va uni muntazam ta‘lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta‘limga oilada, bolalar bog‘chasida, mulk shaklidan qat‘iy nazar boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta‘limning maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta‘limi yaxshilash uchun tarbiyachi, pedagog kadrlarni tayyorlash, maktabgacha ta‘limning samarali pedagogik - psixologik uslublarini izlash, bolani oilada tarbiyalashda psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta‘minlash;zamonaviy o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar maydonlar yaratish va hayotga tadbiq qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida tarbiyalashga shart-sharoit yaratish hamda ularning sog‘ligini ta‘minlash va chiniqtirish bo‘yicha qulay sharoit yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga solish, axloqodob xulq-atvor tarbiyalash, rasm chizish, harf elementlarini mashq qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish kabi vazifalar amalga oshiriladi. Ulardan madaniy xulq-atvor, sodda mehnat ko‘nikmalari, gigiyena qoidalari o‘rgatiladi.
Umumiy o’rta ta’lim.
Umumiy o‘rta ta‘lim bosqichlari quyidagilar:
Boshlang‘ich ta‘lim(I-IV sinflar). Umumiy o‘rta ta‘lim(I-IX sinflar). Bu ta‘lim umumiy o‘rta ta‘lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma asoslarini, savodxonlik tartib toptirishga qaratilgandir. Boshlang‘ich ta‘limga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Bu masalani tibbiyot, ruxshunos va o‘qituvchilardan tashkil topgan hay‘at hal qiladi. Agar bolaning jismoniy, aqliy va ruxiy tomondan rivojlanishi o‘qish faoliyatini davom ettirishga imkoni bo‘lsa, unday bolani 6 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilarni maktabda o‘qishning ilk tayyorgarligini amalga oshiradi.
Umumiy o‘rta ta‘lim bilimlarning zarur hajmini (boshlang‘ich ta‘limda o‘qish, yozish, hisoblash, hikoya qilish, rasm chizish, ko‘nikmalarini bajarishga o‘rgatish bilan umumiy ta‘limda o‘qishga tayyorlaydi) beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastabki tarzda kasbga yo‘naltirishda va talimning navbatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar bosqichini tanlashga yordam beradi. 11 yiliik (I-XI sinflar) o‘qishdan iborat umumiy o‘rta ta‘lim majburiydir.
Bolalarning qobiliyatini rivojlanitrish uchun ixtisoslashtirlgan maktablar tashkil etilgan. Masalan: sport, san‘at, musiqa va boshqa fanlar bo‘yicha ham maktablar shular jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |