Елкасини пайІамбарлар силаган шоир



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/41
Sana30.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#518988
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
ona tili va adabiyotdan noananaviy darslar

kamtarlar 
guruhi
 
ertakdan olingan she‘riy parchalar asosida matn yaratadi. 
Adolatchilar guruhi
ertakdan 
mavzuga oid savollar tuzadi. 
Halollar guruhi
esa ertakdan dialoglar tuzadi. Masalan, baliq va chol 
dialogi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
Baliq:
 Iltimos qilaman bobojon, meni dengizga qo‘yib yuboring. 
Chol:
Umrimda baliqning gapirganini eshitmagan edim. Bu qanday mo‘jiza. Tushimmi yo
o‘ngimmi?
 
Baliq:
Bobojon, men oddiy baliq emasman, oltin baliqman. Agar dengizga qo‘yib 
yuborsangiz katta to‘lov beraman. Istagan narsangizni muhayyo qilaman. 
 
Chol:
Eh oltin baliq, senga tangri yor bo‘lsin. Menga hech qanday to‘lov kerak emas. 
Mayli, dengizda yana erkin suzaver. 

 Adolatchilar guruhi
 
tuzgan savollar quyidagicha bo‗lib, bu savollar bilan guruhlarga murojaat 
qilish mumkin: 
1.
Ertakda ishtirok etuvchilarning xarakteri sizga qanday ta‘sir etdi? 
2.
Kampir choliga nisbatan qanday munosabatda bo‗ladi? 
3.
Chol har gal dengizga yo‗l olganda qanday holatda bo‗ladi? 
Dengiz-chi? 
4.
Chol nega kampirning buyruqlarini so‗zsiz bajaradi? 
5.
Ertak bilan mulьtfilьmda voqealar qanday tasvirlanadi? 
Farqi nimada? 
Keyingi o‗quv faoliyatida guruhlar bir-birlariga ertak yuzasidan to‗g‗ri - noto‗g‗ri savollarni 
tuzib, o‗zaro bilimlarini sinab ko‗rishadi. «To‗g‗ri – noto‗g‗ri» o‗yinining savollari quyidagicha
bo‗lishi mumkin: 
1.
Chol baliq oviga borib katta cho‗rtanbaliq tutib oladi. 
Javob: Noto‗g‗ri. Chol oltin baliq tutib oladi. 
2.
Kampir oltin baliqdan dastlab uy so‗rashni talab qiladi. 
Javob: Noto‗g‗ri. Uy emas, tog‗ora so‗rab oladi. 
3.
Baliq aslida cholning emas, balki kampirning tilaklarini bajaradi. 
Javob: To‗g‗ri. Chol beminnat yaxshilik qilgan. 
4.
Kampir boshidanoq qora dehqon bo‗lishdan ko‗ra malika bo‗lgisi keladi? 
Javob: Noto‗g‗ri. Kampir dastlab begoyim bo‗lishni istaydi. 


41 
5. Kampir aslzoda bo‗lganidan keyin cholini otxonada ishlashga soladi. 
Javob: To‗g‗ri. Kampir cholini mensimay qo‗yadi. 
6.
Chol baliqqa kampirning okeanga malika bo‗lgisi kelayotganini aytganda, baliq cholga: 
- Ko‗rpasiga qarab oyoq uzatsin, - deydi. 
Javob: Noto‗g‗ri. Baliq cholga bir so‗z ham aytmay dengiz
tubiga g‗oyib bo‗ladi. 
Guruhlar ertakni yaxshi o‗zlashtirib olishgach, kodoskopdan mavzuga yaqin matn tanlanadi va 
o‗qituvchi yoki nutqi ravon o‗quvchi matnni o‗qiydi: 
«Luqmoni Hakim o‗g‗liga qarab doimo shunday der ekan: - Ey bo‗tam, boshingga qanday 
og‗ir g‗am-kulfat tushmasin, sabr qil! Hayot musibatsiz, mashaqqatsiz bo‗lmaydi. Birov sening 
aybingni, kamchiligingni aytsa, ochiq chehra bilan qabul qil, unga yuzingni tirishtirma, og‗zingni 
yomon gapga burma. Ko‗cha-ko‗yda kibrlanib, takabburlanib yurma hamda shoshilgan holda yoki 
yalqovlanib ham yurma, ovozingni baland ko‗tarma. Bunday qabih ovoz hech kimga yoqmaydi. 
Qissadan hissa: Kamtar - yetar murodga, 
Man-man qolar uyatga». 
Guruhlar so‗nggi o‗quv faoliyatida ertakdan kampirning bir qator yomon fazilatlarini 
topadilar. O‗zlari shior qilib tanlagan insoniylik fazilatlari: kamtarlik, adolat va halollikni 
yoqlaydilar: kamtarlikning yetishmasligi nodonlikdandir. Kampir ham o‗zini katta tutadi, cholini 
mensimaydi. Takabburligi tufayli yetishgan narsalaridan mahrum bo‗ladi. 
Adolat yurish-turishimiz va har qanday istaklarimizning asosi bo‗lishi kerak. Agar kampir 
ham faqat o‗zining shaxsiy manfaatlarini ko‗zlamasdan mulohaza bilan ish yuritganda edi, birgina 
teshik tog‗ora bilan qolib ketmasdi. 
Halollikdan yuz o‗girgan odam yaramas illatlarga berilib ketadi. Halollik har qanday 
martabani bezaydi. Kampir ochko‗zligi, manmanligi, sabr qilolmasligi tufayli yana eski holiga 
qaytdi. Agar nafsi tiyiq, shukurni biladigan halol odam bo‗lganida edi, yaxshi hayot kechirib, ezgu 
niyatlariga yetardi. 
O‗quvchilar dars so‗nggida modulning oxirgi grafasiga o‗z baholarini qo‗yadilar. Guruh 
sardorlari baholarni ko‗rib chiqib, to‗g‗ri-noto‗g‗ri qo‗yilgani haqida hisobot beradilar. O‗quvchilar 
modulda ko‗rsatilgan uyga vazifalarni kundalik daftarlariga yozib oladilar. 
Xulosa shuki, bunday modul darslar o‗quvchilarga nafosat tarbiyasi berishning hamda 
o‗quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o‗stirishning muhim vositalaridan hisoblanadi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish