3-variant
1. Polimerlarda kimyoviy (kuchli) bog‘lar zanjir bo‘ylab asosiy bog‘lanishlarni va fizik (kuchsiz) bog‘lar zanjirlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tashkil etadi. Bu ikki xil bog‘lanishlar polimerga o‘ziga xos fizik-kimyoviy va mexanik xossalarni, jumladan, yuqori darajadagi egiluvchanlik va elastiklikni, hamda plenka va tola hosil qilish kabi muhim xususiyatlarni beradi Polimerlarda monomerlar soni (n) bir necha 10 dan to 10000 tagacha va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin. Monomerlar soni 25-30 tadan kam bo‘lsa, u holda zanjirli birikma shartli ravishda oligomer deyiladi. Monomer zvenolar soni polimerlanish darajasi ham deyiladi (1.1 jadvalga qarang). Monomer massasining (Mo) uning soniga ko‘paytmasi polimer massasi miqdorini (Mn) beradi, ya’ni nMo = Mn. Monomerlari bir xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan makromolekula gomopolimer (gomozanjirli) va har xil bo‘lsa sopolimer (geterozanjirli) deb ataladi. Agar monomerlarni A, V, S deb belgilasak, u holda quyidagi ketma-ketliklarda gomopolimer , , , , ,AAAAAAAAAAAAAAAAAAA, , , , , va ikkilamchi , , , , ,AVAVAVAVAVAVAVAVAVAV, , , , , hamda uchlamchi , , ,AVSAVSAVSAVSAVSAVSAVS, , , , , sopolimerlar ifodalanadi. Keyingi ikkita zanjir regulyar sopolimerlar deb ataladi va ularni murakkab monomerli, ya’ni AV yoki AVS kabi elementar zvenolardan tashkil topgan gomopolimer deb qaraladi. Agar monomerlar zanjirda tartibsiz takrorlangan bo‘lsa, ya’ni , , , , ,AVAAVVVAAAAAVVAAAVAVVVA, , , , , yoki , ,AVSSSAVVAAAVSASASAVAAVS, , , , , kabi bo‘lsa, unda bu birikmalar statistik sopolimerlar deyiladi. 2.
a b
3. Polimerlarning amorf holatini miqdoriy ifodalanishi atomlararo masofalarni W(R) radial taqsimlanish funksiyasi yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda W qo‘shni atomlarni belgilangan atomdan R masofada mavjud bo‘lishi nisbiy ehtimolligidir. a-rasmdan ko‘rinib turibdiki, reflekslar aniq bir shaklga ega va deyarli bir xil masofada namoyon bo‘lgan. Bu hol qo‘shni atomlar orasidagi masofalar doimiyligidan, uzoq tartib mavjudligidan, ya’ni polimer kristall holatda ekanligidan dalolat beradi. ,b-rasmda radial funksiya taqsimoti uzluksiz bo‘lib, unda reflekslar turlicha va ular orasidagi masofalar ham har xil hamda borgan sari kichrayib ketgan. Bu hol yaqin tartib mavjudligidan, ya’ni polimer amorf holatda ekanligidan dalolat beradi. Ammo amorf holatda makromolekularni to‘liq tartibsizlangan deb bo‘lmaydi, chunki amorf holat doirasida zanjirlarning lokal tartiblangan qismlarini kuzatish mumkin.
Kristall (a) va amorf (b) holatdagW(R) taqsimotining ko‘rinishi Shunday bo‘lsada, polimerlarning amorf holatidagi tartiblanishi ushbu holat doirasiga bo‘lib, uzoq tartiblanish talablarini bajarmaydi. Ammo, kristall holatdan farqli harorat ta’sirida shishalanish, yuqori elastiklik. va qovushoq oquvchanlik kabi fizik holatlarni namoyon qiladi. Shishalanish – bu xossasi bo‘yicha mexanik qattiq, ammo tuzilishi suyuqlikka xos bo‘lgan holatdir. Yuqori elastiklik holat ulkan qaytar deformatsion o‘zgarishlarni namoyon qilishi bilan tavsiflanadi, bunda zanjirlarni yoyilishi, rostlanishi va qaytadang‘ujanaksimon tarzda o‘ralib zichlashishi, ularning bir biridan siljib o‘tib ketishi bilan amalga oshmaydi. Qovushoq-oquvchanlik holati esa mexanik xossasi va tuzilish bo‘yicha suyuqliklarga xos bo‘lib, unda makromolekulalar butunligicha bir biriga nisbatan to‘liq siljiy oladi, ya’ni qaytmas oqish jarayonini namoyon qila oladi.
4. Polimer kompozitlar (kompozito-lotincha tuzish, bog’lanish degan ma’noni bildiradi) ya’ni kompozision materiallari kamida ikki komponentali qattiq fazali tizimdan iborat bo’lib,ulardan biri matrisa,qolganlari umumiy holda to’ldiruvchi deyladi.Polimer kompozitlarda hech bo’lmagandabitta kompanentasi polimer bo’lishi kerak. Polimer matrissa bo’lsa u uzluksiz faza hosil qiladi va uning butun hajm bo’ylab to’ldiruvchi teks taqsimlangan bo’ladi. Odatda to’ldiruvchi kichik molekulali birikmalar bo’lib,ularning xossalarining o’zgarishi bilan polimer kompozitlarining hossalari ham o’zgaradi. To’ldiruvchilar asosan kompazitsion materiallarning hossalarini o’zgartirish uchun qo’shiladi. Ular plastifikator,armirlovchi kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. Tuldiruvchilar qattiq fazali bo’lishi shart emas.Polimer matrissani gaz yoki suyuqlik bilan to’ldirib kompozit hosil qilish mumkin. Masalan: polistirol polimerini gaz-havo bilan to’ldirish natijasida penoplast olinadi. Bunda to’ldiruvchi havoning butun hajm bo’ylab tekis taqsimlanishi muhim hisoblanadi Polimer kompozitlari shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 1.Qatlamli plastiklar yoki tekstalitlar
2.Quyma yoki presslangan kompozitlar. Bunda kompozit qirqilgan tolalar ham yoki pishiq iplar bilan to’ldiriladi. 3.Orientirlangan armirlangan plastiklar. Bunda shisha yoki sintetik tolalar,iplar, junlar bir-biriga parallel joylashtirilib,ustiga bog’lovchilar qo’yiladi. 4.Shishaplastiklar. Bunda kompozit shisha tolalar yoki kanop tolalar asosida past haroratlarda presslash orqali shakllantiriladi. Polimer kompozitlarining mustahkamligini oshirish yullarini ayrim omillar,armirlovchi tolalarning orientasion joylashuvi deb xisoblasalar ayrim olimlar polimer va to’ldiruchi chegarasida ro’y beradigan fizik kuchlar xisobiga bo’ladi,deb hisoblaydilar. Shuning uchun ularning mustahkamliligi amaliy qullanishlarda sinab kuriladi.Ularning nazaryalari endigina o’rganilmoqda va yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |