1.Molekula - bu atomlarning kimyoviy birikishi natijasida hosil bo‘lgan moddaning eng kichik zarrasibo‘lib, uning massasi tarkibidagi atomlar massasining yig‘indisiga teng. Aynan atomlarning miqdoriga qarab moddalar shartli ravishda quyi molekulyar birikmalar va yuqori molekulyar birikmalar, ya’ni polimerlarga ajratiladi. Polimerning molekulyar massasi oshganda zvenolarning aylanishining faollanish to‘sig‘i o‘zgarmaydi, ammo konformatsion o‘zgaruvchanlik soni va o‘ralganlik darajasi oshadi, ya’ni zanjir egiluvchanroq bo‘ladiO‘rtacha sonli molekulyar massa (Mn) polimerning umumiy massasini (SMiNi) makromolekulalarning umumiy soniga (SNi)nisbati bilan aniqlanad Mn = SMiNi ¤ SNibu yerda Ni - massasi Mi bo‘lgan makromolekulalar soni. Bunga binoan formulani quyidagicha ifodalash mumkin: Mn = 1¤Sfi ¤ Mi bu yerda fi - massasi Mi bo‘lgan makromolekulalardan iborat fraksiyaning massaviy ulushidir:fi = MiNi ¤ SMiNi Demak, polimerning o‘rtacha sonli molekulyar massasi ma’lum massaga ega makromolekulalar soni orqali ifodalanadi. Mn ni aniqlashda tugal guruhlar usuli va termodinamik (ebulioskopiya, krioskopiya, osmometriya) usullardan foydalanadi. O‘rta massali molekulyar massa (Mw) polimerning umumiy molekulyar massasida ma’lum molekulyar massali (Mi) fraksiyalarning massaviy ulushini inobatga olgan holda aniqlanadi: Mw = SMi2Ni ¤ SMiNi yoki Mw = SMifi Demak, polimerning o‘rtacha massali molekulyar massasi ma’lum massaga ega makromolekulalar massalari orqali ifodalanadi. Mw miqdorini aniqlashda yorug‘likning sochilishi va tezlik sedimentatsiya usullaridan foydalanadi. 2.O‘rtacha molekulyar massa (Mz) quyidagi formula orqali ifodalanadi:Mz = SMi3Ni ¤ SMi2Ni Polimerning o‘rtacha molekulyar massasi (Mz) bevosita tajribada, jumladan, muvozanatli sedimentatsiya usuli yordamida olingan natijalar asosida hisoblanadi. Shuningdek, polimerlar molekulyar massalarini tavsiflashda o‘rtacha gidrodinamik molekulyar massalar ham qo‘llanadi. Ular gidrodinamik usullar yordamida aniqlanadi, jumladan, tavsifli qovushoqlik [h] yordamida aniqlangan bo‘lsa (Mh), tezlik sedimentatsiyasi doimiysi (So) asosida topilsa (Ms) va ilgarilanma diffuziya doimiysi (D) bo‘yicha hisoblangan bo‘lsa (MD) deb belgilanadi va quyidagi formulalar bilan ifodalanadi: Mh = {SNiMia ¤ SNiMi}1¤a Ms = {SNiMi(1-b) ¤ SNiMi}1¤(1-b) MD = {SNiMi-b ¤ SNiMi}1¤b bu yerda a va b - polimer-erituvchi tizim doimiysi.
3. Relaksasiya deb tashqi kuch ta’sirida sistema muvozanat holatdan chiqarilsa kuch ta’siri tuxtatilgandan keyin vaqt o’tishi bilan sekin-asta muvozanat holatga qaytadi. Ana shu jarayonga relaksasiya muvozanat holatiga qaytish vaqtiga esa relaksasiya vaqti deyladi. Relaksasiya jarayoni termodinamik jarayon bo’lib u temperature bilan bog’liq. Temperaturaning ko’tarilishi bilan sistemaning tashkil etuvchi zarralarning harakatlanuvchanligi ortadi, molekulalar aro ta’sir energiyasi kamayadi va zarralarning strukturasiga bog’liq ravishda relaksasiya vaqti kamayadi.sistema ichkarisida bo’ladigan o’zgarishlar tabiiy holda uning tashqarisida bo’ladigan jarayonlarga ham ta’sir qiladi,masalan deformatsiya kuchlanishning yopishqoqligining mehanik hossalarining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi. x= - relaksassiya vaqti deyladi Turli hil sistemalar turlicha relaksasiya vaqti bilan harakterlanadi. Suyuqliklarda relaksasiya vaqti 10-8-10-10 s atrofida.
4. Elastomerlarda relaksasiya vaqti =10-4-10-6 s. polimer makromolekulasining o’lchami odatda molekulalarga nisbatan juda katta bo’lganligi uchun ularning harakatlanuvchanligi nisbatan kichik bo’ladi. Shuning uchun ularning relaksasiya vaqti sezilarli katta bo’ladi.Polimerlarning relaksasion hossalari uning qanday fizik holatida ekanligiga ham bog’liq. 1. Guk elastikligi bilan bog’liq relaksasiya. Bu elastiklik makromolekula segmenti harakatining chegaralanganligi bilan bog’liq bo’lib, makromolekuladagi kimyoviy bog’lanish va burchaklar deformatsiyasi bilan bog’liq bo’lganligi uchun uning qiymati juda kichik bo’ladi. Bunday polimerlar shishasimon holatda bo’ladi.2. O’ta elastiklik bilan bog’liq relaksasiya. Bu relaksasiya segmentlarining erkin harakati bilan bog’liq bo’lib, makromolekulalarning bir butun harakatlanishiga fluktrasion to’rlar orasidagi o’zaro ta’sir halaqt beradi.3. Suyuq yopishqoq (elastik)lik bilan bog’liq relaksasiya. Bu relaksasiya davomida qaytmas va qaytar deformatsiya birgalikda ro’y beradi. 4. Suyuq oquvchanlik bilan bog’liq relaksasiya. Bu deformatsiya turi polimer zanjirining muvozanatli konfermatsiyadan muvozanatsiz konfermatsiyaga o’tishi bilan bog’liq bo’lib, unda suyuq oqish jarayoni ham bo’ladi. Bu oqish haqiqiy oqish bo’lmasdan vaqt o’tishi bilan yo’qolishi ham mumkin. Amorf polimerlardagi relaksasion jarayonni temperaturaning o’zgarishi (ortishi) bilan kuzatish bu jarayonning asl mohiyatini kuzatish imkonini beradi.