V. Laboratoriya mashg‘ulotlar buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. O‘zgarmas tok elektr zanjirlarini tadqiq qilish.
Elektr zanjir elementlarini ketma-ket, parallel va aralash ulash sxemalari. Qarshiliklari «uchburchak» va «yulduz» ulangan sxemalarni o‘zaro almashtirish usuli. Elektr zanjir sxemalarini Om va Kirxgof qonunlari asosida hisoblash.
2. Sinusoidal tok zanjirida iste’molchilarni ketma-ket ulash.
Sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv qarshilik, induktiv va sig‘im elementlarni ketma-ket ulash. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi. Qarshiliklar va quvvatlar uchburchagi. Kuchlanishlar rezonansi.
3. O’zgaruvchan tok zanjirida elektr energiyasi iste’molchilarini parallel ulash.
Sinusoidal o‘zgaruvchan tok zanjirlarida aktiv qarshilik, induktiv va sig‘im elementlarni parallel ulash. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi.O‘tkazuvchanliklar va quvvatlar uchburchagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |