Metrologiyaning asosiy postulatlari
Ushbu mavzuni ko`rib chiqishdan oldin birgalikda oddiygina bir tajriba qilib ko`ramiz:
Bir dona chiroyli olma olamiz (haqiqiy, iste`mol qilinadigan olma). Uni biror bir tarozida, masalan savdo do`konlaridagi o`lchash tarozisida tortib ko`ramiz. Aytaylik massasi 74 g chiqdi. So`ngra uni kattaroq, masalan qoplangan mahsulotlarni tortadigan yerga qo`yiladigan tarozida o`lchab ko`ramiz. Endi olgan qiymatimiz 75 g. Keyin xuddi shu olmani yuk avtomobillarining massasini (10 tonnagacha) o`lchaydigan katta tarozida o`lchaymiz. Bu tarozi olmaning massasi yo`q deb uning og`irligini sezmaydi. Endi oxirgi tajriba, olmani bir necha bo`laklarga bo`lib, laboratoriya tarozisida har bir bo`lakni tortamiz va yakuniy natijani hisoblaymiz. Olingan qiymatimiz quyidagicha bo`lishi mumkin - 74,3718 g. Qarang-a, to`rt xil o`lchash vositasida to`rt xil qiymat oldik.
Xo`sh, qaysi bir qiymatni haqiqiy deb olishimiz mumkin. Aslida, olmaning massasi qanday? Albatta, tajribada ko`rilayotgan olmaning aynan olingan qiymati mavjud. Bu qiymatni biz chinakam qiymat deb ataymiz.
Chinakam qiymat kattalikni miqdor jihatdan har tomonlama, bekami-ko`st va butkul tavsiflaydigan qiymat hisoblanadi. Ammo, uni aniq o`lchash imkoniyati mavjud emas. Shuni ko`rib chiqamiz:
Faraz qilaylik, o`ta aniq o`lchaydigan tarozi topdik va olmaning massasini aniqlamoqchimiz. Lekin bu tarozida aniq bir to`xtamga kelgan qiymatni ololmaysiz. Chunki olmadan juda oz miqdorda (1-2 molekula bo`lsa ham) namlik kamayib turadi. Demak aniq qiymatni ololmaysiz. Biz hozir aniq o`lchaydigan vosita bor deb hisoblayapmiz. Lekin aslida bunday o`lchash vositasi yo`q va bo`lmaydi ham. Nima uchun deyishingiz tabiiy, albatta. Agar o`zga sayyoraliklar kelib bizga aynan shunday, bekami-ko`st, mutlaqo aniq o`lchaydigan asbob olib kelib berishganda ham quyidagi paradoks bo`lishi tabiiy. Metrologik nuqtai nazardan o`lchash vositasiniig muayyan metrologik tavsiflari mavjud bo`lib, bu tavsiflarga ega bo`lgandan so`nggina biz olingan natijani baholashimiz mumkin. Biz aytayotgan o`lchash vositasini metrologik tavsiflash uchun undan ham aniq o`lchaydigan boshqa asbob kerak bo`ladi. Bu xuddi anal`ginning tarkibida kofein bor, kofeinning tarkibida kodein, kodeinning tarkibida esa anal`gin bor degandek gap. Xullas, kattalikning chinakam qiymatini o`lchab bo`lmaydi. Modomiki, chinakam qiymatni o`lchash imkoni yo`q ekan, o`lchash amalida qiymati unga yaqin bo`lgan va uni o`rniga ishlatilishi mumkin bo`lgan boshqa qiymat, ya`ni haqiqiy qiymat qo`llaniladi. Bu xususda metrologiyaning uchta asosiy postulatlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |