O`zbekiston standartlashtirish va sertifikatlashtirish agentligi («O`zstandart» agentligi) markaziy apparatining tuzilmasi
O`zbekiston standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O`zstandart” agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi
Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari (SMB) apparatining namunaviy tuzilmasi
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar) ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog`liq bo`lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda O`zstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bo`yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yo`ldagi ishlar o`z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bo`lib, “O`zstandart” tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma`ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
O`zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o`z yo`nalishiga egadir.
O`z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo`yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikaning ushbu sohalar buyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta`minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog`lig`ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta`minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me`yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg`unlashadigan, asos bo`luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me`yoriy hujjatlar, ma`lumotnomalar, lug`atlar yaratadi;
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bo`yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta`minlaydi;
sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko`p vaqt o`tmaganligiga qaramay shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo`lib, shu sohalardagi ishlarga qo`yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta`minoti bo`yicha mustahkamlanmoqda hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislarni tayyorlab, kelajakda mustaqil respublika oldida turgan dolzarb muammolarni yechishga o`zining salmoqli hissasini qo`shadi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |