132
2.22. To’qimachilik materiallari
To’qimachilik materiallari tarkibi tolalardan
iborat xom- ashyoga maxsus
ishlov berish orqali olinadi. Elektr izolyatsiyada tola sim va shnur yuzasiga o’rab
yoki to’qib chiqiladi. Elektr mashina va apparatlarning asosiy izolyatsiyasini tashqi
mexanik ta’siridan himoya qilishda ham tasma va gazlama matolar ishlatiladi.
Tola diametri silindrsimon bo’lmagani sababli, uning qalinligini aniqlashda
raqamlash usulidan foydalaniladi. Tola raqami tola uzunligining uning massasiga
nisbati orqali aniqlanadi. Demak, tola raqami qancha katta bo’lsa,
tola shuncha
ingichka bo’ladi. Agar bir necha tolalar birlashtirilib to’qilsa, to’qima qalinligi kasr
sonda (75/3) ko’rsatilib, uning suratida tola raqami, mahrajida esa tola soni
ko’rsatiladi
Tolasimon materiallar zichligi 920- 2500 kg/m
3
atrofida bo’lib,
uning quyi
chegarasi polietilenga, yuqori chegarasi esa asbest va shisha materiallariga xosdir.
Elektr texnikada qo’llaniladigan gazlamalarga misol qilib shifon (qalinligi 0,15
mm), batist (0,12mm) va bo’z (0,40 mm) ni olish mumkin.
Elektr mashina izolyatsiyasida, kabellarda va elektr uskunalarini ta’mirlashda,
mitkal va batist tasmalar ishlatiladi. Bu tasmalarning eni 10 mm bo’lib, qalinligi
kiper tasmasida 0,45 mm, mitkal va batistda -0,12 mm qilib olinadi
Tabiiy shoyi
tolasining tashqi qismi ipak yelimi seritsin bilan qoplangan
bo’ladi. Izolyatsiyada ishlatiladigan ipak tolasi
seritsin va boshqa material
qo’shimchalaridan tozalanadi. Tabiiy shoyi tolalari juda ingichka bo’lib, sim
yuzalariga qoplama sifatida ishlatiladi. Bu material yaxshi dielektrik xossaga va
mustahkamlikka ega. Tabiiy ipak gazlamalariga lok shimdirish orqali mexanik va
elektr mustahkamligi yuqori bo’lgan materiallar olinadi.
Bunday shoyi
to’qimalaridan shoyi-slyuda tasmalari ishlab chiqariladi. Izolyatsiyada
ishlatiladigan shoyi gazlamalarning qalinligi 0,07-0,08 mm bo’lib, ulardan juda
yupqa izolyatsiya qatlami tayyorlanadi. Shoyi ishlatib
tayyorlangan izolyatsiya
yupqaligi va nafisligi bilan ajralib turadi.
133
Sintetik tola va ulardan olingan turli materiallar elektrotexnikada triatsetat
shoyisi, kapron, lavsan nomi bilan tanishdir.
99
Triatsetat shoyisi asosan triatsetat sellyulozasi eritmasidan tayyorlanadigan
tolalardan ishlab chiqariladi. U sim va kabellarning izolyatsiyasida ishlatiladi.
Kapron gazlamasi kapron
tolalaridan tayyorlanadi, olinadigan lavsan gazlamasi
yoki tasmasi polietilentereftalatdan olinadigan lavsan tolalaridan tayyorlanadi. Bu
gazlamalardan, o’z navbatida, mitkal va batist
deb nomlangan tasmalar
tayyorlanadi. Mazkur tasmalarning eni 15-30 mm, qalinligi 0,14-0,16mm bo’lib,
ular qayishqoqligi va mexanik mustahkamligi bilan ilgarigilaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: