2.24. Bitumlar
Bitum – murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo’lgan, qora yoki to’q
qo’ng’ir rangli termoplastik amorf gigroskopik bo’lmagan va o’ziga suv
singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda esa
mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum
asfalt
deb ham ataladi.
Sun’iy bitum neftni qayta ishlash orqali olinadi. Neftdan olinadigan
bitumlarga BN-III, BN-IV, BN-V navli bitumlar hamda qiyin eruvchan bitumlar
misol bo’ladi. Mazkur bitumlarning yumshash harorati 50
125
C ni tashkil etadi.
Asfalt yaxshi elektr izolyatsiya xossasiga ega bo’lib, mo’rt va qattiqdir. Uning
yumshash harorati 200
C gacha yetadi.
Bitumlarning dielektrik xossalari quyidagicha:
r
=2,5-3,0; tgδ =0,01;
=10
13
-
10
14
Om∙m; E
m
=10-25 MV/m. Bitumlar, asosan, lok va kompaundlar tayyorlashda
ishlatiladi.
2.25. Mumsimon dielektriklar
Mumsimon dielektriklar kristall tuzilishi jihatidan qatron va bitumlardan farq
qilib, qattiq holatdan suyuq holatga o’tishda o’zining aniq haroratiga egadir. Bu
materiallardan elektr izolyatsiyasida shimiluvchi va quyiluvchi moddalar sifatida
foydalaniladi. Ulardan foydalanilganda kondensator va boshqa elektr asboblarining
konstruksiyalarini soddalashtirish imkoni yaratiladi.
Mumsimon dielektriklar namga chidamli bo’lgani sababli, ular qo’llanilgan
konstruksiyalarni
zichlash
(germetizatsiyalash)
talab
etilmaydi.
Mazkur
dielektriklarning asosiy kamchiligi qotishda ular hajmiy kirishishining nisbatan
yuqoriligidir (15-20%).
Qutblilik darajasi bo’yicha mumsimon dielektriklar uch guruhga bo’linadi: 1)
qutbsiz (parafin, serezin); 2) qisman qutbli (polietilen, poliizobutilen); 3) qutbli
(olevaks).
135
Polietilen va poliizobutilen mumi
yuqori kuchlanishli kabelning qog’oz
izolyatsiyasini shimdirishda qo’llaniladi. Ular oq yoki kul rang, solishtirma hajmiy
qarshiligi yuqori (
= 10
14
Om∙m) dielektriklardir. Polietilen mumi shimiluvchi
kabel moylari (MN-3, MN-5) tarkibida kanifol bilan birgalikda, poliizobutilen
mumi esa MN-4 navli shimiluvchi moy tarkibida qo’llaniladi.
Parafin
rangsiz, hidsiz, kristall strukturali mumsimon modda bo’lib, benzol,
neft moylari, benzin va efirda yaxshi eriydi. Parafin parafinli neft distillatini qayta
ishlash orqali olinadi. Parafinning bir nechta turi bo’lib, ular bir-biridan erish
harorati bilan farq qiladi. Parafinning erish harorati qancha yuqori bo’lsa, uning
sifati shuncha yaxshi hisoblanadi. Parafinning zichligi 850-900 kg/m
3
, erish
harorati 50-62
C, dielektrik xossalari:
r
= 2,1-2,2; tgδ = 0,0003-0,0007;
=10
13
-
10
15
Om∙m;
s
=10
15
-10
16
Om∙m; E
m
=20-30MV/m. Sifatli tozalangan parafin navi
B
1
-B
4
o’rtacha tozalikdagisi T, C va tozalanmagani H
c
, H
b
harflari orqali
belgilanadi. Parafin kondensator izolyatsiyasini shimdirishda, uning serezin bilan
aralashmasi esa sim va kabel o’ramlarida ishlatiladi.
101
Serezin
neft mahsulotlaridan olinib, dielektrik xususiyatlari jihatidan
parafindan ustun turadi. Serezinning erish harorati 65-85
C, undan qayishqoq
yupqa qoplama olish mumkin. Serezin kabel sanoatida rezina mahsulotlari
tayyorlashda (rezinaning yorug’lik nuriga chidamliligini oshiradi) ishlatiladi.
Sintetik serezin och sariq rangli kristall strukturali modda bo’lib, qog’oz
slyuda izolyatsiyali kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.
Vazelin
- qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan quyuq
moddadir. Uning dielektrik xossalari quyidagicha:
r
= 0,0002;
= 5∙10
12
Om∙m;
E
m
=20 MV/m. Vazelin kondensatorlarni to’latishda yoki ularning qog’ozli
izolyatsiya tasmalarini shimdirishda ishlatiladi.
Olevaks
- kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan
yaxshi dielektrik xossali moddadir. Olevaksning dielektrik singdiruvchanligi
yuqori bo’lganligi sababli, undan kondensatorlar sig’imini oshirishda
foydalaniladi.
101
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 65-bet.
136
Do'stlaringiz bilan baham: |