Электротехника фанида трансформатлар ва уларнинг уланиш гуруҳини аниқлашни ўргатишда янги ўқув усулларидан фойдаланиш



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana01.01.2022
Hajmi1,44 Mb.
#303095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
elektrotexnika fanida transformatorlar va ularning ulanish gruhini aniqlashni orgatishda yangi oquv usullaridan foydalanish

 


 

 



 

I-BOB. ELEKTR TOKI VA UNI TRANSFORMATSIYALASH 

1.1. Elektr manba haqida umumiy tushincha. 

  Elektr  manbai  ishlari  o`quvchilarni  umumtexnik  tizimida  tayyorlashda 

muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  ularni  o`rganish  jarayonida  mehnat  ta`limining 

asosiy vazifalarini bajarish uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Chunonchi elektr 

bilan  ish  ko`ruvchi  kasb  egalari  haqida  suhbatlar  uyushtirib,  kasb  tanlashga 

yo`llash  ishlarini  muvafaqqiyat  bilan  amalga  oshirish  mumkin.  Elektr 

energiyasidan xalq xo`jaligida tabora keng foydalanilayotganligi sababli u bilan 

bog`liq  bo`lgan  kasblar  ham  ammoviy  hisoblanadi.  Masalan,  bularga 

elektromontyor, slesar`-elektromontajchi kabi kasblar kiradi. Ular haqida o`quv 

materialida uzviy tarzda bayon qilib ketiladi.  

   «Elektr  energiya»  ,  «Elektr  jihoz»  zamonaviy  ishlab  chiqarishning  ramzi 

bo`lib,  uning  muhim  belgilari  hisoblanadi.Shuning  uchun  ham  bu  tushunchalar 

bilan  tanishish  orqali  zamonaviy  ishlab  chiqarish  asoslari  haqida  to`la 

tasavvurga ega bo`lish, yani politexnik ta`limni amalga oshirish mumkin. 

   O`quvchilarni  elektrotexnika  ishlarini  bajarish  hamda  o`rganishlari 

jarayonida ular bilan keng ko`lamda tarbiyaviy ishlarni olib borishga imkoniyat 

yaratiladi.  Agar  o`qituvchi  etarlicha  e`tibor  bersa,  davlatimizning  bu  sohada 

erishgan  yutuqlari  asosida  vatanparvarlik  to`yg`isi  hamda  kam  rivojlangan 

davlatlarga  berayotgan  yordamimiz  negizida  internatsionalizm  to`yg`usini 

kamol  toptirishda  muvafaqqiyatga  erishish  mumkin.  Elektr  energiyasini  tejash 

haqidagi tasavvurlarni shakllantirish negizida iqtisodiy ta`lim berish uchun keng 

imkoniyatlar yuzaga keladi.  

      Yuqoridagi  aytib  o`tilganlardan  elektrotexnika  ishlarini  o`rganish  nima 

uchun 


V-VII 

sinflar 


o`quv 

programmalarining 

barcha 

variantlariga 

kiritilganligining  sababi  ayon  bo`ladi.  Bularga  kam  vaqt  ajratilgan,  biroq 

beriladigan  bilim  va  o`quvlar  hajmi  esa  katta.  Shu  boisdan  ta`lim  mazmunini 

tanlashga  va  mashg`ulotlarni  o`tkazish  metodikasini  ishlab  chiqishga  chuqur 



 

 



yondashish  talab  qilinadi.  O`qituvchi  bu  masalalarni  hal  eta  borib, 

elektrotexnika ishlari fizika kursida elektrni o`rganishdan oldiniroq bajarilishini 

e`tiborga olinishi kerak. Shuning uchun o`quvchilar tegishlicha nazariy bilimga 

ega  bo`lmaydilar  va  mashg`ulotlar  mutloqa  amaliy  tarzda  o`tkaziladi.  Bularni 

fizika  kursi  bilan  almashtirmaslik  lozim.  Bu  erda  bir  hol  yuz  beradiki,  mehnat 

ta`limi  jarayonida  o`quvchilar  amaliy  javob  olib,  keyinchalik  bu  javoblar  fan 

asoslarini o`rganishda ilmiy jihatdan tushintiriladi.  

   Programmaning  «Elektrotexnika  ishlari  va  avtomatika  elementlari» 

bo`limining  yana  bir  xarakterli  tomoni  bor.  Bunda  faqat  «sof»  elektrotexnika 

ishlari  bajarilmay,  balki  turli  buyumlarning  detallarini  tayyorlash,  shuningdek 

ularni  elektrlashtirish nazarda tutiladi.  

 

Elektrotexnika  ishlari  asosan  uning  mazmuni,  maktablarning  ish 



tajribalaridan  kelib  chiqqan.  programmaning  tegishli  bo`limlari,  faqatgina 

elektromontaj  ishlari  uchun  mo`ljallangan  davrlar  ham  bo`lgan.  Bunda 

o`quvchilarning  amaliy  faoliyatlari  o`quv  stentlarida  turli  elektr  zanjirlarni 

montaj qilishdan iborat bo`lgan. Har bir o`quvchi avval elektr zanjirini montaj, 

keyin  esa  demontaj  qilgan.  Kelgusi  darslarda  yana  aynan  shular  takrorlangan. 

Shunday  qilib,  elektromontaj  ishlari  o`quv  xarakterda  bo`lgan.  Bu  hol  o`zini 

oqlamadi.,  chunki  bunday  mehnatga  o`quvchilarning  qiziqishi  past  edi, 

mehnatning o`zidan esa hesh qanday amaliy samara chiqmasdi.  

 

Ko`rsatilgan  kamchiliklar,  ayniqsa  ta`limni  unumli  mehnat  bilan  qo`shib 



olib borishga nisbatan mehnat islohoti qo`ygan katta talablar munosabati bilan, 

programmani  o`zgartirishga  taqoza  etadi.  Bunday  shartlarda  elektrotexnika 

ishlarining  ijtimoiy-foydali  xarakterga  ega  bo`lgan  ma`lim  bir  buyumlarni 

elektrlashtirish  bilan  qo`shib  olib  borish  g`oyasi  to`g`iladi.  Bular  otaliqqa 

olingan  bolalar  bog`chasi  uchun  o`yingohlar,  o`quv  maketlari  va  modellari, 

maktab o`quvchilari uchun o`yinlar vash u kabilar bo`lishi mumkin. O`quvchilar 

mehnat  shu  tarzda  tashkil  qilinsa,  elektrotexnika  ishlari  hamda  avtomatika 

elementlaridan  ta`lim  berish  o`quv  programmasining  mehnatga  oid  boshqa 




 

 



bo`limlari  bilan  uzviy  bog`lanadi,  hamda  o`quvchilarning  faoliyati  amaliy 

xarakterda  bo`lishi  ta`minlanadi.  Albatta,  ayni  buyum  detallarini  metall  va 

yog`oshdan  to`la-to`kis  tayyorlash  ishlarini  bu  bo`limda  bajarish  shart  emas. 

Buni  o`qituvchining  o`zi  hal  qiladi.  Yarim  favrikatlardan  foydalansa  ham 

bo`ladi. Bevosita elektrotexnikaga oid ishlar hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha 

yaxshi bo`ladi.  

 

Maktabda  elektr  manba  bilan  ishlaydigan  darslarda  o`qitishda  asosiy 



uchta  qismga  ajratish  mumkin.  Elektr  zanjirlari,  buyumlarni  elektrlashtirish  va 

avtomatika  elementlari  elektrotexnika  ishlaridan  ta`lim  berish  metodikasini 

ko`rib  chiqa  turib,  ularning  har  biri  haqida  alohida  gapirib  o`tish  maqsadga 

muvofiqdir, shuni e`tiborga olish kerakki, elektrotexnika ishlaridan ta`lim berish 

metodikasi  umuman  olganda  o`quv  programmasining  boshqa  bo`limlariga 

nisbatan  o`z  xususiyatlariga  ega.Avvalo  bu  hafvsizlik  qoidalariga  talluqlidir. 

O`quvchilar  hafvsiz  kuchlanishli  elektr  toki  bilan  ishlaydilar,  ammo  shuni 

e`tiborga olish kerakki, o`quvchilarda ayni vaqtda shakllanayotgan ko`nikma va 

ishga  bo`lgan  munosabatlar  keyinchalik,  masalan,  220vol`t  kuchlanishga  duch 

kelganlarida  ham  saqlanib  qoladi.  Buni  nazarda  tutib  o`quvchilar  mehnat  

hafvsizligi qoidalariga alohida e`tibor beradilar.  

 

Masalan,  elektromontaj  ishlarini  bajarish  jarayonida  o`quvchilarning 



qo`yidagi qoidalarga roya qilishlariga erishish zarur. 

1.

 



Elektromontaj  ishlarini  bajarishda  faqat  ishga  yaroqli  asboblardan 

foydalanish; 

2.

 

Izolyatsiya  qoplamalarini  o`tkazgichdan  o`zingizdan  nariga  qaratib 



pichoq  bilan  ajratib,  (qalam  ochish  kabi)  bunda  albatta  taxta  taglikdan 

foydalanish; 

3.

 

Elektr  zanjiri  yig`ishdan  izolyatsiyasi  shikastlanmagan  simlardan 



foydalaning, o`zingiz izolyatsiyani shikastlab qo`ymasdan; 

4.

 



Simlarni puxta ulang, ulangan joylarni yaxshilab izolyatsiyalang; 


 

 



5.

 

Elektr  armaturalarning  ishga  yaroqliliga-kontaktlarning  ishonchli 



biriktirilishi,izolyatsiyasining tuzikligi va shu kabilarni tekshirib ko`rish; 

6.

 



Yig`ilgan  zanjirni  faqat  o`qituvchining  ruxsati  bilan elektr tarmog`iga 

ulash; 


7.

 

Tok  manba  ulanganda  elektr  zanjirning  yalong`och  sim  va  tok 



o`tkazuvchi detallariga tegmang.   

 Elektrotexnika ishlari bo`limini o`rganishning o`ziga xos jihati- o`quvchilar 

mehnatini  tashkil  qilish  diqqatga  sazavordir.Odatda,  bu  ishlarni  bajarish  uchun 

ustaxonalarda alohida bo`limlar yo`q. Bundan tashqari, o`quvchilarga yoppasiga 

ta`lim  berish  uchun  etarli  miqdorda  asbob  va  materiallar  ham  bo`lmaydi. 

Shuning uchun  odatda,  o`quvchilar  mehnatni  tashkil  qilishning zveno formasin 

qo`llaniladi.  Boshqacha  aytganda,  maktab  ustaxonasining  kerakli  asbob-

uskunalar  bilan  jihozlanganligiga  qarab,  grafik  tuziladi,  o`quvchilar  zvenolarga 

birlashadilar  hamda  tartibi  bilan  elektrotexnika  ishlarin  o`rganadi.  O`qituvchi 

elektr zanjirlarini montaj qilish izolyatsiya materiali bilan qoplangan gorizontal 

qoqpoqli  stolda  bajarilishini  ma`lum  qiladi.  Bu  stol  doimo  belgilangan  tartibda 

bo`lishi kerak. Elektromontajchi chap tomonga materiallar (sim, lampa, kapron, 

vklyuchetel`  va  h.k)  old  tomonga  montaj  paneli  va  montaj  qilinishi  lozim 

bo`lgan  zanjirning  elektr  sxemasi,  o`ng  tomonga  elekrtomontaj  asboblarini 

joylashtiriladi.  Bunda  boshqalarga  nisbatan  tez-tez  foydalaniladigan  asboblarni 

o`ziga  yaqiniroq  joylashtiradi.  Detallarni  montaj  qilishga  tayyorlash  bilan 

bog`liq bo`lgan ishlar teglik taxtada bajariladi.  

 

Mazkur  o`quv  materialini  o`rganishda  boshlang`ich  tushuncha  «elektr 



sxema»  tushunchasidir.  O`qituvchi  o`quvchilarning  elektr  sxemasining 

zarurligini  anglashlariga  erishmog`i  lozim.  Bunga  turli  yo`llar  bilan  erishiladi. 

O`quvchilarning qo`yi sinflarda egallagan bilim va ko`nikmalaridan foydalanish 

mumkin.  Elektr  sxemalarga  o`xshash  narsalarga  masalan,  tog`lar,  daryolar, 

shaharlar  va  hakozalar  turli  belgilar  bilan  belgilab  qo`yilgan  geografik 

kartalariga  taqqoslab,  shunday  situatsiya  vujudga  keltiriladiki,  bunda 




 

 

10 



o`quvchilar  etarlicha  bilimga  ega  emasliklarini  xis  qiladilar.  Masalan,  elektr 

konstruktorlikka  oid  konkret  topshiriq  beriladi,  uni  bajarish  uchun 

konstruktsiyaning  elektr  sxemasi  bo`lishi  zarur.  Undan  esa  o`quvchilar 

foydalana bilmaydilar.  

 

O`quvchilar  elektr  sxemasi  to`g`risidagi  bilimlarga  ehtiyoj  sezganlaridan 



so`ng,  o`qituvchi  yangi  mavzuni  ta`riflaydi  va  uni  mazkur  reja  asosida  ko`rib 

chiqishga kirishadi;  

1.

 

Elektr  zanjiri  elementlarining  shartli  belgilari  (elektr  armaturalari, 



tok manbai va iste`molchilari); 

2.

 



Tarmoqlangan elektr zanjiri sxemasini tuzish; 

    Dastlab  o`quvchilar  zanjir  asosiy  elementlarining  shartli  belgilarini 

o`zlashtirib  olishlari  kerak.  Bu  vazifani  osonlashtirish  maqsadida  zanjir 

elementlari  yozuvi  qayd  qilingan,  tok  manbay,  lampa,  vklyuchatel`  va 

o`tkazgich  mahkamlangan,  hamda  ularning  yonida  shartli  belgilari  chizilgan 

stend tayyorlangan ma`qul. O`quvchilar zanjir elementlarining shartli belgilarini 

chizishda ularning o`lchamlariga proportsional ravishda kataklarga bo`lib, chizib 

qo`yish mumkin.  

 

Stend  doska  yoniga  o`rnatiladi  va    shu  joydan  2-3  mashg`ulot  davomida 



olinmaydi.  So`ngra  «elektr  sxema»  tushunchasini  shakllantirishga  kirishiladi. 

Bunda  yana  avvalgi  darslardan  tanish  bo`lgan  elektr  zanjir  stendidan 

foydalaniladi . Uni doskaning chap tomoniga joylashtiriladi, o`ng tomoniga esa 

tanish  bo`lgan  shartli  belgilardan  foydalanib,  elektr  sxemasi  chiziladi.  Sxema 

elementlari  tok-manbay  lampalar,  vklyuchatellarni  tasvirlash  tartibiga  e`tibor 

beriladilar,  so`ngra    hamma  elementlarni  zanjir  o`tkazgichlariga  mos  chiziqlar 

bilan birlashtirib chiqiladi. 

  O`quvchilar  daftarlariga  elektr  sxemani  chizganlaridan  so`ng  bu 

tushunchaning  tarafini  berish  ma`qul.  Masalan,  qo`yidagicha  elektr  zanjirining 

shartli belgilari yordamida bajarilgan grafik tasviri elektr sxema deyiladi. 

 



 

 

11 



 


Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish