O’z DSt 3286:2018 Xalol oziq-ovqat maxsulotlari bo’yicha umumiy qo‘llanma
O’z DSt 3286:2018 “Xalol oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha umumiy qo‘llanma” standarti ISLOM prinsiplari va sharoitlariga binoan, xalol mahsulotlar va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, tayyorlash, qayta ishlash, tasniflash, qabul qilish, qadoqlash, tamg‘alash, belgilash, tekshirish, ortish-tushirish, etkazib berish, tarqatish, saqlash va xizmat ko‘rsatish (servis) kabi oziq-ovqat tizmasining har bir bosqichida rioya qilish uchun zarur bo‘lgan umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu standartdagi barcha qoidalar, hajmi va daromadidan qatiiy nazar oziq-ovqat tizimidagi har bir muassasasi uchun umumiy hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu qoidalar oziq-ovqat tizmasining bir yoki bir necha bosqichlarida ishlaydigan muassasalarga ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |