6-amaliy mashg‘ulot. Etalonlar va ularning o‘lchashlar birliligini ta’minlashdagi o‘rni
Birlik o‘lchamlarini uzatish tizimi
Ta’kidlanganidek, istalgan o‘lchash amali o‘lchanadigan kattalikning noma’lum o‘lchamini aniq o‘lchami bilan solishtirishdan iboratdir. Aniq o‘lcham sifatida tegishli birlikning o‘lchami ishlatiladi.
Birlik o‘lchamining saqlovchisi, bu muayyan konkret o‘lchash amalini o‘tkazishda qo‘llaniladigan o‘lchash vositasidir. Birlik o‘lchami to‘g‘risidagi ma’lumot o‘lchash vositasining ko‘rsatkichida, shkalasida va h.k. ko‘rsatiladi.
O‘lchash vositasini darajalash - o‘lchash vositasining darajalash tavsifini aniqlashdir. Ba’zi hollarda darajalash jadvallari yoki grafiklari tuziladi.
Qoida bo‘yicha, yuqori aniqlikdagi qator o‘lchash vositalari uchun o‘lchash natijalarini aniqlanishi uchun kiritiladigan
tuzatishni topish zarur bo‘ladi. Buning uchun o‘lchov bilan qayta yaratilgan kattalikning xaqiqiy qiymati, yoki o‘lchash asbobini shkalasidagi belgilarga tegishli yoki o‘lchash o‘zgartkichlarini chiqish signaliga tegishli kattaliklarning haqiqiy qiymatlari aniqlanadi. Bunday metrologik amal (proqedura)
o‘lchash vositalarini kalibrlash deyiladi. Kalibrlash o‘lchash vositalarining haqiqiy metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui.
Kalibrlash natijalari o‘lchash vositasi ko‘rsatadigan, o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatlarini yoki uning ko‘rsatuvlariga kiritiladigan tuzatishlarni aniqlashga yoki bu vositalarning xatoligini baholashga imkon beradi.
O‘lchash vositalarining belgilangan texnik talablarga mosligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmati idorasi yoki bu ishga vakolatli boshqa idoralar (tashkilotlar) tomonidan
bajariladigan amallar majmui o‘lchash vositalarini qiyoslash deyiladi.
SHunday qilib, o‘lchash vositalarini darajalash, kalibrlash, qiyoslash bilan kattalik birligi o‘lchamlarini o‘lchash vositalariga uzatish amalga oshiriladi. Bu metrologik amallar berilgan o‘lchash vositalari yordamida olingan kattalik qiymati, shu kattalikka tegishli aniqroq ma’lum qiymati bilan solishtirib o‘tkaziladi.
Bu amallar (proqedura) o‘lchash vositalarini yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan solishtirilishi natijasida birlik o‘lchamlari tegishli etalonlarda qayta yaratilgan va (yoki) saqlanadigan birlik o‘lchamiga keltiriladi.
O‘lchash
vositalarini darajalashda, kalibrlashda, qiyoslashda davlat etalonlari qo‘llanilmaydi.
Bu unikal vositalar davlatni texnik mustaqilligining asosi, milliy iftixori hisoblanadi. SHuning uchun kattalik birligini markazlashtirilgan qayta tiklashda yuqori talabli,
metrologik o‘zaro tobe, ierarxik birlik o‘lchamlarini uzatish tizimi yaratilgan (6.3-rasm).
Bu tizimda birlik o‘lchamlari etalonlardan (3-rasmda ko‘rsatilganidek ishchi etalonlardan) maxsus mo‘ljallangan
namunaviy o‘lchash vositalari yordamida uzatiladi.
Namunaviy o‘lchash vositalarining o‘ziga xos
xususiyligi shundan iboratki, bu o‘lchash vositalari faqat birlik o‘lchamlarini uzatish amallarida ishlatiladi. Namunaviy o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlarini (tavsiflarini) uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa maqsadlarda ishlatish man etiladi.
1