2.2. Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot О‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bо‘yicha talablar, balki sifat bо‘yicha ham talablar qо‘yiladi. Bunga uning (о‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin:
о‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bо‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, meyorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |