Reja: Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi va vazifalari



Download 45,01 Kb.
bet1/3
Sana25.01.2022
Hajmi45,01 Kb.
#409417
  1   2   3
Bog'liq
14seminar


Mavzu: Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati

Reja:


1.Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi va vazifalari.

2.Etikaning asosiy kategoryalari . Axloqiy tamoyillar va meyorlarning inson va jamiyat hayotida tutgan orni

3.Axloqshunoslik fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni.
Bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq»,» Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nom bilan atab kelingan. Ovro`poda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo`llar edik. Uni birinchi bo`lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan, Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo`ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga - etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa -san'at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta'limotni fan darajasiga ko`targanlar va «Etika» (ta yethika) deb ataganlar.

Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz.

Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o`rganadi. «Axloq» so`zi arabchadan olingan bulib bu «xulq;» so`zining ko`plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot ob'ektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo`lsak doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq eng kamqamrovli qismini axloq egallaydi.

Odob — inson haqida yoqimli taassurot o`ygotadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo`lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o`z ichiga oladi.

Xulq - oila, jamoa, mahalla-kuy miqyosida ahamiyatli bo`lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta'sir ko`rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.

Axloq esa - jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo`la oladigan ijobiy hatti-harakatlar yig`indisidir.

Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o`z yakka hukmronligi yo`lida millionlab begunoh insonlarni o`limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Xitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojialarga olib keladi.

2. Axloqshunoslik qadimda fizika va metafizika bilan birgalikda falsafaning uzviy (uchinchi) qismi hisoblanar edi. Keyinchalik (Arastudan sung) alohida falsafiy yo`nalishdagi fan maqomini oldi. Bu fikrni quyidagicha kengaytiribroq talqin etish mumkin. Ma'lumki, falsafaning fanlar podshosi sifatidagi vazifasi barcha tabiiy va ijtimoiy ilmlar erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, insoniyatni haqiqatga olib borishdir. Shundan kelib chiqqan holda, falsafaning tadqiqot ob'yektini tafakkur deb belgilash maqsadga muvofiq.

Axloqshunoslik axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etadi va amaliyotda insonni ezgulik orqali haqiqatga olib borishga xizmat qiladi. Shu bois uni axloq falsafasi yoxud ezgulik falsafasi deb atash mumkin. Hozir u falsafiy fan sifatida uch yo`nalishda ish olib boradi, ya'ni axloqiy tafakkur taraqqiyotini tadqiq etar ekan, u axloqni: 1) bayon qiladi; 2) tushuntiradi; 3) o`rgatadi. Shunga ko`ra, u tajribaviy-bayoniy, falsafiy-nazariy va rasmona-me'yoriy tabiatga ega. Qadimgilar uni amaliy falsafa deb ataganlar. Zero sof nazariy axloqshunoslikning tuzulishi mumkin emas. U insoniyat o`z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal-maqollar tarzida bayon etadi, kishilarni axloqiy qonun-qoidalarga o`rgatadi, ularga axloqning mohiyatini tushuntiradi va falsafiy xulosalar chiqaradi, ya'ni, axloqshunoslik fanida Aflotun, Arastu, Epikur, Sitseron, Seneka, Avgustin, Forobiy, Ibn Sino, G`azzoliy, Spinoza, Kant, Hegel, Shopenhauer, Foyerbax, Kirkegaard, Nittsshe, Vl. Solovyov, Losskiy singari buyuk faylasuflar yaratgan axloq nazariyasiga doir ta'limotlar bilan birgalikda «Patanjali», «Qobusnoma», Sa'diyning «Guliston», Jomiyning «Baxoriston», Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Montenning «Tajribanoma», Laroshfukoning «Hikmatlar», Gulxaniyning «Zarbulmasal» kabi amaliy axloqga bag`ishlangan asarlar ham o`z mustahkam o`rniga ega. Axloqshunoslikning boshqa falsafiy fanlardan farqi ham, o`ziga xosligi ham undagi nazariya bilan amaliyotning omuxtaligidadir.

Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo — axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy dinlar vujudga kelguniga qadar mavjud bo`lgan ma'lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta'sir ko`rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloqqa ana shunday ta'sir o`tkazganlar.

Chunonchi, islom dinini oladigan bo`lsak Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Ijmo' va muayyan fatvolardagi mezonlar hamda talablar musulmon Sharqi millatlari axloqiy darajasining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan. Shuningdek komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi. Farqi shundaki, axloqshunoslik bu muammoga zamonaviy tarbiya nuqtai nazaridan yondoshadi.

Axloqshunoslikning huquqshunoslik bilan aloqasi uzoq tarixga ega. Ma'lumki, juda ko`p hollarda axloq me'yorlari bilan huquq me'yorlari mohiyatan va mazmunan bir xil bo`ladi. Shunga ko`ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Zero, axloqshunoslik bilan huquqshunoslikning tadqiqot ob'ektlari ko`p jihatdan o`xshash, ular faqat yondoshuv usuli nuqtai nazaridan farq qiladi, ya'ni, huquq me'yorlarining bajarilishi, odatda, maxsus adliya idoralaridigi lavozimli kishilar orqali, majburiy sanktsiyalar vositasida yo`lga qo`yiladi: axloq me'yorlari esa u umumiy qabul qilingan milliy urf-datlar, jamoatchilik fikri yordamida, alohida belgilangan kishilar tomonidan emas, balki muayyan ijtimoiy guruh, jamiyat tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek huquqshinoslik kasbi uchun muhim bo`lgan amaliy axloq jihatlarini axloqshunoslikning huquqshunos odobi deb ataladigan maxsus sohasi tadqiq qiladi va tavsiya etadi.

Axloqshunoslik pedagogika bilan ham chambarchas aloqada. Pedagogikadagi shaxsni shakllantirish, tarbiyalash, ta'lim berish jarayonlarini pand-nasixatlarsiz, odobnoma darslarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Shu bois axloqshunoslik o`zining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogikaning asosi hisoblanadi. Axloqshunoslikning ruhshunoslik (psixologiya) bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega. Zotan, bu ikkala fan kishilar hatti-harakati, fe'l-atvori va mayl-istaklarini o`rganadi. Lekin bu o`rganish ikki xil nuqtai nazardan olib boriladi: ruhshunoslik u yoki bu hatti-harakat, fe`l-atvor, sababi asos (motiv)larning ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, axloqshunoslik ruhshunoslik tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi.

Axloqshunoslikning ijtimoiyshunoslik (sotsiologiya) bilan aloqasi o`ziga xos. Bu ikkala fan inson faoliyatini boshqarishning ijtimoiy muruvatlaridan bo`lmish axloqni o`rganadi. Lekin axloqshunoslikning miqyosi bu borada keng.

Ma'lumki, sotsiologiya insonlarning ommaviy hatti-harakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum doirasidagina tadqiq etadi.

Axloqshunoslik esa, o`z mohiyatiga ko`ra, lozim bo`lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug`i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli hatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asoslarini o`rganadi.

Axloqshunoslikning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o`ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqazo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mosligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o`rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo`ladi. Bu hozirgi kunda axloqshunoslik ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir. Shuningdek rahbarlik odobi, partiyaviy odob, etiket singari axloqshunoslikning muomala madaniyati doirasiga kiruvchi maxsus sohalari ham siyosatshunoslik bilan chambarchas bog`liq.

Axloqshunoslikning ekologiya bilan aloqasi tobora mustahkamlanib bormoqda.Endilikda global ekologik muammolar ko`proq odamlarning ijtimoiy-axloqiy nuqtai-nazarlariga bog`liq ekani ma'lum bo`lib qoldi. Shunday qilib, hozirgi kundagi ekologik muammolarni hal etish axloqshunoslikka borib taqalmoqda. XX asrda ekologik axloqshunoslik degan maxsus soha ham yuzaga keldi. Lekin, bu - axloqshunoslik ekologiyani to`liq o`z ichiga oladi, degan so`z emas. Chunki bunda axloqiy baholash va boshqarish ob'ekta sifatida tabiatning o`zi emas, balki odamning tabiatga bo`lgan munosabati maydonga chiqadi.

Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan. Faqat zulm va zo`ravonlikka, adolatsizlik va huquqsizlikka asoslangan totalitar tuzumlardagina yolg`onga bo`ysundirilgan, soxtalashtirilgan hamda shu yo`l bilan uning ahamiyati pasaytirilgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi sharofati bilan yana axloqshunoslik yangi jamiyatda tobora o`z yuksak mavqeini egallab bormoqda.

Etika kategoriyalarining o’ziga xos xususiyati. Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida. Muhabbat – axloqshunoslikning eng asosiy kategoriyasi. Muhabbatning turlari: Vatanga, millatga, ota-onaga, farzandga, insoniyatga, go’zallikka muhabbat. Muhabbat va nafrat.

Ezgulik va yovuzlik; yaxshilik va yomonlik; adolat va adolatsizlik; burch va mas’uliyatsizlik; vijdon va vijdonsizlik; nomus va benomuslik; baxt va baxtsizlik; haqiqatparvarlik va yolg’onchilik; hayotning ma’nosi, ideal tushunchalari.

Axloqiy tamoyillar va ularning shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi. Axloqiy tamoyillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari. Vatanparvarlik; insonparvarlik; erkparvarlik; fidoiylik; ziyolilik; mehnatsevarlik; tinchlikparvarlik; jo’mardlik; o’zbekchilik; mehmondo’stlik.

Axloqiy me’yorlar: halollik va nopoklik; to’g’rilik va egrilik; rostgo’ylik va yolg’onchilik; insoflilik va insofsizlik; xushfe’llik va badfe’llik; shirinsuxanlik va qo’pollik; kamtarinlik va maqtanchoqlik; vafo va xiyonat; sadoqat va sotqinlik; mas’uliyat va loqaydlik; oriyat va buzuqlik.

Etika fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz Etikaning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun “moddiy asos” vazifasini o’taydilar.

Shu o’rinda “tushuncha” atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o’ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy ong uchun ma’lum ma’noda material ekani to’g’risida birrov to’xtalib o’tgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e’tiborga sazovor fikr bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo’lgan, deb ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi: “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo’ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me’mor bino qurishda tosh, yog’och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi”.

Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish, Lokk va unga o’xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Gegel singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo’lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G’arb allomalari bu yo’lning ko’p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi yangi freydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – “Bardo Tyodol”ga yozgan sharhida shunday deydi: “G’arb kishisi, “psixologik”(“ruhiy”) so’zini eshitganida, uning uchun u “bor-yo’g’i psixologik” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv va h.k. Shu sababli “ruh”(qalb) o’rniga “aql” so’zini ishlatishni ma’qul ko’radi...”.2 Boshqa bir o’rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko’zga ko’rinmas in’ikosidan iboratligini ta’kidlaydi.

Falsafiy  bilimlar  doirasi  juda  keng  bo’lib,  ularning  tarkibiga  axloqiylik  va  go’zallik  haqidagi 

bilimlar tizimini  o’z ichiga oladigan etika va estitika ham falsafiy bilimlar qatoriga kiradi. 




Download 45,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish