Takrorlash uchun savollar.
1.“Metrologiya,standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini о‘rganishning tabiiy zarurligi.
“Metrologiya”ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan?
Qanday kо‘hna va qadimiy о‘lchash birliklarini bilasiz?
Fanning rivojlanishida о‘ziga xos hissa qо‘shgan olimlardan kimlarni bilasiz?
2-SEMINAR. “Metrologiya tо‘g‘risida” Respublika qonuni; ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot
2.1 “Metrologiya tо‘g‘risida” Respublika qonuni
Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish tо‘g‘risida”, “Metrologiya tо‘g‘risida” va “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish” Qonunlari imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga kо‘tarilishiga asos bо‘ldi. Shulardan biri, ya’ni “Metrologiya tо‘g‘risida” gi qonun ustida biroz tо‘xtalib о‘tamiz.
Bu qonun respublikamizda metrologiyaning rivojlanishiga va metrologik ta’minot masalalarini hal etishning mutlaqo yangi bosqichiga olib kirdi.
“Metrologiya tо‘g‘risida” gi qonun 5 bо‘limdan iborat bо‘lib, bu bо‘limlar 21 moddani о‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yо‘lga qо‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bо‘yicha keng ma’lumotlar berilgan.
Qonunda kо‘rsatilganidek, о‘lchash vositalarining davlat sinovlarini о‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat rо‘yxatiga kiritish “О‘zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunda yana bir masala - davlat rо‘yxati belgisini qо‘yish tо‘g‘risida ham bayon etilgan. “Metrologiya tо‘g‘risida” gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan о‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat rо‘yxati belgisi qо‘yilishi shart.
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi о‘lchash vositalarining holati va ularni vaqtivaqti bilan qiyoslashdan о‘tkazib turish har doim e’tiborda bо‘lmoqligi lozim. Ular bо‘yicha rо‘yxatlar tuziladi va о‘lchash vositalari turkumlarining rо‘yxati “О‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog‘liq о‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda о‘lchovlari “Metrologiya tо‘g‘risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “О‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan о‘tkazilib turilishi lozim bо‘lgan о‘lchash vositalari guruhining rо‘yxatiga kiritilgan bо‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bо‘lgan о‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi о‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida kо‘rsatib о‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |