1- Seminar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari va rivojlanish tarixi
1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari
Metrologiya fan sifatida о‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bо‘lgan qator masalalarni о‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bо‘lib, о‘lchash, о‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bо‘lsak, metrologiya-о‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan о‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yо‘nalishini olmaylik, albatta о‘lchashlarga, ularning turli usullariga, о‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu о‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona о‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yо‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bо‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qо‘li yetgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo о‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz о‘rganilgan, izlangan hamda kо‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bо‘lgan birorta yо‘nalish yо‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni о‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qо‘llashtexnikavatexnologiyasoxalaridagibakalavriatyо‘nalishlari bitiruvchilariuchun muhim omillardan biri bо‘lib hisoblanadi.
“Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yо‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda о‘tilishi lozim bо‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bо‘yicha zarur va yetarli bо‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.
“Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fanini о‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xо‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bо‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bо‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda meyoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bо‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni о‘lchash va sertifikatlashtirish bо‘yicha fundamental ma’lumotlar о‘rganiladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bо‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (kо‘satkichi) bо‘lishi kerak. Agarda har bir inson о‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish kо‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bо‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga kо‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |