Tо‘qqizinchi sxema mahsulotlarni deklaratsiya muvofiqligi sertifikati bо‘lib, mahsulot haqidagi deklaritsiya hujjatlari bilan birgalikda sertifikatlash tushuniladi.
Hozirgi zamon adabiyotida har bir sertifikatlashtirish sxemasining afzalligi va kamchiliklari tahlil etilgan. Bularning ichida eng mukammal va murakkabi beshinchi sxemadir. Bu sxema tо‘lik bо‘lganligi uchun uni asos qilib olib, hozirgi zamon xalqaro sertifikatlashtirish tizimini yaratilmoqda.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etishini, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bо‘lgan qonunlar va meyoriy hujjatlar asosida о‘z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni о‘tkazish, korxonadagi va savdo shahobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda nazoratni tashkil qilish va shunga о‘xshashlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.9
Do'stlaringiz bilan baham: |