О‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish agentligi («О‘zstandart»
agentligi) ning tashkiliy tuzilmasi
Respublika hududiga keltiriladigan yoki undan chetga chiqariladigan mollar (mahsulotlar)ning havfsizligini tasdiqlash bilan bog‘liq bо‘lgan amallar tegishli davlat idoralari bilan kelishilgan holda О‘zdavstandart tomonidan tayyorlangan alohida hujjat bо‘yicha bajariladi.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. Bu yо‘ldagi ishlar о‘z mevasini bermoqda. Turkiya mutaxassislari Toshkentda bо‘lib, О‘zdavstandart tomonidan uyushtirilgan Respublika seminarlarida sertifikatlashtirish sohasida ma’ruzalar bilan qatnashmoqdalar.
О‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohalarida yaqin hamkorlik qilmoqda.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham о‘z yо‘nalishiga egadir.
О‘z SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiyik baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bо‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi Bilan bir qatorda respublikaning Ushbu sohalar buyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;
mahsulotning raqobotdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, meyoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bо‘luvchi xujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;
standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida meyoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;
yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bо‘yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;
sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga kо‘p vaqt о‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar Respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bо‘lib, shu sohalardagi ishlarga qо‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Institut har taraflama-tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnika ta’minoti bо‘yicha mustahkamlanmoqda, hamda bu sohalarda ishlaydigan tajribali, bilimdon mutaxassislar bilan tо‘ldirilib, kelajakda mustaqil Respublika oldida turgan dolzarb muammolarni yechishga о‘zining salmoqli hissasini qо‘shadi, degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |