Standart namuna - modda va mayetriallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan о‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bо‘ladigan va aniq xossalarga ega bо‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va hokazolar. "Toza rux" 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
О‘lchovlar kо‘p qiymatli (о‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bо‘lingan chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, о‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bо‘linadi. Ba’zan о‘lchovlar tо‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning о‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bо‘ladi:
Ishchi о‘lchash vositalari, namunaviy о‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusha etalon, ikkilaamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy о‘lchovlar etalonlardeb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga bо‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy о‘lchov va asboblarni tekshirishda qо‘llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |