Elektron tibbiyot uskunalari profilaktikasi va xizmat


Impulsli toklar va ular bilan davolash usullari



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/104
Sana01.07.2022
Hajmi3,82 Mb.
#726268
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
Bog'liq
fayl 1568 20210824

4.3.Impulsli toklar va ular bilan davolash usullari 
Hozirgi vaqtda elektr bilan davolash keng rivojlanmoqda. Ovqat hazm 
qilish, bosh miya qon tomirlariga amaliy ta’sirlar qilinganidan keyin undagi qon 
aylanishi buzilganda, miokard infarktiga uchragandan keyin tiklanish davrlarida 
elektr bilan davolash keng qo‘llanila boshlandi. elektron tibbiy apparatlar uchun 
2-jadvalda keltirilgan ishchi chastotalarga ruxsat berilgan. 
4.2. - jadval 
Ishchi chastota 
Ta’sir usulining nomlanishi 
O‘zgarmas tok, shu bilan bir 
qatorda o‘zgarmas elektr 
maydoni. 
Galvanizatsiya, dori elektroforezi, 
franklinizatsiya va aeroionoterapiya usullari. 
Kilogersning birliklari. 
Elektrstimulini berish. 
22 k G s 
Tondan yuqori davolash. 
110 kG s 
Mahalliy darsonvalizatsiya. 
440 kG s 
Umumiy darsonvalizatsiya. 
880 kG s 
Ultratovush bilan davolash 
1625± 0,05%kG s 
Diatermiya va elektr jarrohligi. 
1760 kGs, 2640kG s
5,28MG s 
Ultratovush bilan davolash va elektr jarrohlik. 
13,56 MG s 
Qasqa to‘lqinli diatermiya, induktotermiya. 


101 
27,12 MG s 
Elektr jarrohligi 
40,68 MG s 
Ultra yuqori chastotali (UYUCH) maydon 
bilan davolash. 
460 MG s 
O‘ta yuqori chastotali (O‘YUCH) maydon 
(to‘lqin) bilan davolash. Detsimetrli to‘lqin 
bilan davolash diatermiyasi. 
2375 MG s 
Santimetrli to‘lqin bilan davolash 
diatermiyasi. 
Hozirda elektr toki bilan davolashda impulsli toklardan foydalanish yaxshi 
yo‘lga qo‘yilgan. Impulsli tok deganda bemorga alohida shakl, uzunlik va 
chastotaga ega bo‘lgan toklar bilan ta’sir etish tushuniladi. Birinchi marotaba 
impulsli tok bilan davolash XIX asrda yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik, XX asrda 
to‘g‘ri burchakli impulsli o‘zgaruvchan tok bilan davolovchi (S.Ledyuk) elektr 
uyqu, sinusoidal bir va ikki taktli o‘zgarmas yo‘nalishli (I.A. Abrikosov, A.N. 
Abrosov) toklar, eksponensial shakldagi impulsli tok (N.M. Livensev), 
diadinamik toklar, ya’ni amplitudasi va ketma-ketligi o‘zgaruvchi o‘zgarmas 
yo‘nalishli sinusoidal impulslar bilan davolovchi (G. Bemar), interferension (X. 
Nemek), sinusoidal modullangan (V.G. YAsnogorodskiy) toklar, shuningdek 
fluktuatsiya toklari ya’ni shovqin chastotasidagi o‘zgaruvchan kuchlanish bilan 
davolovchi apparatlar yaratildi. Bunday usullar bilan davolovchi impulslarning 
chastotasi 1+150 Gs gacha kuchlanishi 10 dan 100 V gacha tok kuchi amplituda 
qiymati bir necha mili-amperlargacha, impuls uzunligi 0,01+100 ms gacha 
qiymatlarda bo‘lishi mumkin. Ushbu impulslar quydagi parametrlarga ega


102 
4.5. rasm impulslarning chastotasi 
T — impuls uzunligi; T — impulslar orasidagi pauza vaqti ; T — impulslar 
davri; f — impuls chastotasi; S —impulslar chuqurligi. Ushbu kattaliklar orasid 
quyidagi bog‘lanish mavjud: 
Ilmpulsli tokning qo‘zg‘atuvchi ta’siri uning amplituda Jamp qiymati bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Amplituda qiymati ko‘pincha impuls tokining o‘zgarmas tashkil 
etuvchisi qiymatini Jo o‘lchaydigan milliampermetr yordamida o‘lchanadi. Ular 
ya’ni amplituda qiymati bilan doimiy (o‘zgarmas) tashkil etuvchisi orasidagi 
munosabat to‘g‘ri burchakli impulslar uchun Jimp =J S; sinusoidal 
impulslarning bir yarim davrli sxemada olingani uchun Jimp. =J0 n; ikki yarim 
davrli sxemada olingani uchun: 
Ushbu mavzuda 1948 yilda olimlar N.M. Livensev, V.A. Gilyarovskiy, Z.A. 
Kirillova va Y.E. Segallar tomonidan taklif qilingan past chastotali impuls 
toklari bilan markaziy nerv sistemasiga ta’sir etish usuli — elektr uyqu usulida 
ishlatiladigan apparat bilan tanishamiz. Uzunligi 0,4—2 ms gacha amplitudasi 
4—8 mAva chastotasi 1—150 Gs gacha bo‘lgan to‘g‘ri burchakli impulslar 
yordamida bosh miya po‘stlog‘ida tormozlovchi ta’sir jarayon yuzaga kelib 
bemorni uxlatish va uyquga tortish belgilarini paydo qiladi. Uxlash va uyquga 
tortish bilan bir qatorda organizmning funksional holatini yaxshilash qon 
tarkibida qandning kamayishiga sabab bo‘ladi. Ayrim kasallarda 5—20 Gs 
chastotali impulslar foydali bo‘lsa, nevroz va qon bosimiga bog‘liq kasalliklarda 
60—120 Gs chastotali impulslar foydaliroq hisoblanadi. 


103 
Elektr uyqu usuli bilan davolashda «Elektoson— 1P», «Elektoson—2», 
«Elektoson —3», «Elektoson—4», «Elektoson— 5» apparatlari ishlatilib 
kelingan va oxirgi 2 tasidan hozir ham foydalaniladi. 13, 14, 15-rasmlarda 
«Elektoson—4» apparatining tashqi ko‘rinishi, ichki tuzilishi va elektr 
sxemalari ko‘rsatilgan. (6.7-6.8-rasmlar) 
4.6-rasm 4.7-rasm 
«Elektoson—4T» apparati Moskvadagi EMA zavodida ishlab chiqarilgan va 
quyidagi texnik xarakteristikalaiga ega. Apparat 220 ±10% V 50 Gs chastotali 
kuchlanishda ishlaydi. Eng katta kuchlanish amplitudasi 5 kOm qarshilikka ega 
yuklanishda 50 V impuls uzunligi 0,5 ms, chastotasi 1—diapozonda 5—50 Gs, 
2 diapozonda 25—150 Gs. 
Apparatning sarf qilish quvvati 10 VA dan oshmaydi. «Elektoson—4T» 
apparatining elektr sxemasi 4 ta ko‘prik sxemali to‘g‘ri-lash va stabillash 
sxemalari 
(D9-D24 
diodlari, 
S17-S23 
kondensatorlari 
D25—D28 
stabilitronlari), simmetrik multivibrator (Tl, T2 tranzistorlari, Sl—S4 
kondensatorlar) va kuchaytiruvchi kaskadlardan (TZ, T4, T5) iborat bo‘lib, 
pechat platalarga yig‘ilgan, o‘lchash zanjiri ham mavjud. Apparatning 
elektrodlari maxsus boshgakiyiladigan rezina moslamaga o‘rnatilgan. Apparatni 
ishga tayyorlash va ishlatish tartibi amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganiladi. 
«Elektoson—4T» va «Elektoson—5» apparatlari portativ ya’ni kichik o‘lcham 
va og‘irlikka ega bo‘lib, ko‘tarib yurish qulay. 


104 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish