Elektron tibbiyot uskunalari profilaktikasi va xizmat


 O‘zgarmas tok bilan davolovchi galvanizatsiya va dori elektroforezi



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/104
Sana01.07.2022
Hajmi3,82 Mb.
#726268
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104
Bog'liq
fayl 1568 20210824

4.2. O‘zgarmas tok bilan davolovchi galvanizatsiya va dori elektroforezi 
apparatlari. 
Odam organizmi to‘qimalari murakkab tuzilishga ega bo‘lib tokni yaxshi 
o‘tkazmaydigan oqsil kolloidlari, tokni yaxshi o‘tkazadigan kaliy, natriy, kalsiy. 
magniyning anorganik tuzlaridan iborat. 
Bu to‘qimalar to‘qifna suyuqligi bilan mo‘l ta’minlanganligi sababli, 
to‘qima suyuqligi ham organik va anogranik tuz eritmalaridan iborat. Uning 
umumiy konsentratsiyasi 0,89—0,90% li osh tuzi eritmasiga to‘g‘ri keladi. 
Odam organizmi turli qismlarining 37°C haroratda o‘zgarmas tokni 
o‘tkazuvchanligi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan (1.9-jadval). 
Odam organizimining o‘zgarmac tokni o‘tkazuvchanligi 
4.1 - jadval 
 
t/r 
Organizm to‘qimalari
Elektr o‘tkazgichlar Ω
-1 
cm
-1
1. Orqa miya cuyuqligi
0,018 
1.
Qon zardobi
0,014 
1.
Qon
0,006 
1.
Muckul to‘qimalari
0,013 
1.
Ichki organlar
0,002-0,003 
1.
Bosh miya va nerv
0,7.10
-3 
1.
YOg‘li to‘qimalar
0,3.10
-3 
1.
Quruq teri
10
-7 
1.
Cuyak ucti qoplamalariciz
cuyaklar
10
-9 
Bu to‘qimalardan o‘zgarmas tok o‘tgan vaqtda uning qarshiligi 
o‘zgaravchan tok o‘tganidan kattaroq bo‘ladi. Galvanizatsiya usuli odam 
tanasining turli qismlariga zichligi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarmas tok bilan 
ta’sir qilishga mo‘ljallangan bo‘lib,unda elektr toki maqsadga ko‘ra turli 
o‘lchamlarga ega bo‘lgan elektrodlar yordamida uzatiladi. Bu elektrodlar 
qo‘rg‘oshin plastina yoki 98% uglerodli to‘qimadman iborat bo‘lishi mufnkin. 


95 
Bu elektrodlarning terida hosil qiladigan reaksiyalarini oldini olish maqsadida 
ular bilan teri orasiga maxsus matolardan ishlangan fiziologik eritmaga 
bo‘ktirilgan qavatli moslama («prokladka») qo‘yiladi. Galvanizatsiya usuli bilan 
davolaganda elektrodlar orasida joylashgan to‘qimalarda qon aylanish 
tezlashadi, moddalar almashuvi jarayoni yaxshilanadi 
4.1.-rasm Galvanizatsiya usuli bilan davolaganda tok zichligi. 
va og‘riq qoldiruvchi ta’sir namoyon bo‘ladi. Galvanizatsiya usuli bilan 
davolaganda tok zichligi 0,05—0,2 mA/ sm2 qiymatlarda, suvli to‘qimalarda 
0,02—0,03 mA/sm2 qiymatlarda belgilanadi. 
Ionlar yoki kattaroq bo‘lgan elektr zaryadlarining elektr maydoni kuchlari 
ta’sirida hafakatlanishidan dori elektroforezida foydalaniladi. Bunda elektrodlar 
ostiga qo‘yilgan matolarga zarar dori vositalari shimdiriladi va o‘zgarmas tok 
yuborilishi natijasida bu dori vositalari odam tanasining turli qismlariga ta’sir 
ettiriladi. Ushbu dori vositalari qaysi qutbli elektrod orqali, qanday %li 
aralashma sifatida yuborilishi fizioterapiya xonalarida maxsus jadvalda 
ko‘rsatilgan bo‘ladi. Elektroforez vaqtida ionlarning harakat yo‘nalishlari 6.1-
rasmda, ko‘rsatilgan. 
Elektroforez vaqtida odam organizmiga dori vositalari o‘zgarmas tok ta’siri 
bilan birgalikda kirib, dorilarning ta’sir samarasini oshiradi. 
Galvanizatsiya va dori elektroforezi maqsadida «Potok—1» apparatidan va 
uning oyoq-qo‘l orqali ta’sirini ta’minlaydigan GK— 2 qurilmasidan, 
shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i va milklarni davolashda qo‘llaniladigan GR—2 
apparatlaridan foydalaniladi. «Potok—1» apparati (6.2-rasm) va GK—2 
qurilmasi (6.3-rasm) quyidagi asosiy texnik parametrlarga ega. 


96 
4.2.-rasm 
4.3. –rasm 
«Potok—1» apparati 
Apparat 220±10% V, 50 Gs chastotali kuchlanish manbaida ishlaydi. 
Maksimal tok 50 mA (iste’molchining aktiv qarshiligi 500 Om bo‘lganda), 
pulsatsiya koeffisienti 0,5% dan oshmaydi. 
«Potok—1» apparati ikki modifjkatsiyada chiqarilgan. Uning birinchi 
modifikatsiyasining tashqi ko‘rinishi, ichki tuzilishi va elektr sxemasi 
A.R.Livensonning «Elektromeditsinskaya apparatura» kitobida keltirilgan. 
Ushbu apparatning elektr sxemasi past kuchlanish manbaidan iborat bo‘lib, 
kuchlanish va tok qiymati uzib ulagich, V3, Vltumblerlar va o‘zgaruvchi 
qarshilik R3 bilan boshqariladi hamda IP milliampermetri yordamida o‘lchanadi 
va nazorat qilinadi. 
Noto‘g‘ri ish rejimidan ajratgich mavjud (shtrix chizig‘i), yangi 
modifikatsiyada esa tiristorli himoya ishlatilgan. GK—2 qurilmasi Potok—1 
apparatining qo‘shimcha qismi (2) (pristavka) qo‘l uchun vannalar (3), stul (4), 
suvni to‘kuvchi shlang (5), oyoq uchun vannalar (6) va qurilma asosidan (7) 
iborat. Potok—1 pristavkasidagi kommutatorlar zarur ishorali elektrodlarni ulab 
beradi. GK— 2 qurilmasining ishlashi Potok—1 apparatining ishlashi bilan bir 
xil. 
Og‘iz bo‘shlig‘ini galvanizatsiya usuli bilan davolovchi GR—2 apparati 
quyidagi texnik jihatlarga ega. Apparat 220±10%V, 50 Gs chastotali 
kuchlanishda ishlaydi. Maksimal tok 5mA ( 5 kOm yuk-lanish ulanganda), sarf 


97 
qilish quvvati 15 VA. Bu apparat ham «Protok—1 singari past kuchlanish va 
tokli kuchlanish manbai hisoblanadi va chiqish toki o‘zgaruvchan qarshilik 
yordamida tanlanadi. CHiqish va elektrodlarga beriladigan kuchlanish ishoralari 
knopkalar yordamida tanlanadi. GR—2 apparatining ham bir necha 
modifikatsiyalari ishlab chiqarilgan. 
Davolash muassasalarida shunga o‘xshash apparatlardan foydalanish 
mumkin. Ularning texnik imkoniyatlari va ishlatilish tartiblari Potok—1 va 
GR—2 apparatlarinikiga o‘xshash bo‘ladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish