ELEKTRON HUKUMAT ELEKTRON HUKUMAT ta’rifi - Elektron hukumat — davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
- O’zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to’g’risida”gi qonuni 3-modda
Elektron hukumat modellari - https://youtu.be/6ubbOYBlx8Y
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ushbu sohadagi ishlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Davlat rahbari bu borada real muammolar mavjudligini, aholining og‘irini yengil qilish o‘rniga, keraksiz qog‘ozbozliklar hamon davom etayotganini ta’kidladi: - O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ushbu sohadagi ishlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Davlat rahbari bu borada real muammolar mavjudligini, aholining og‘irini yengil qilish o‘rniga, keraksiz qog‘ozbozliklar hamon davom etayotganini ta’kidladi:
- «Davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish talab qilinadi. Ko‘pgina vazirlik va idoralar faoliyatida qaror qabul qilish haddan tashqari markazlashgan. Hamma hokimlar, vazirlar, boshqa-boshqa tashkilotlar qog‘oz bilan majlisni qancha qisqartirsa, shuncha natija ko‘p bo‘ladi.
- Yana bir jiddiy kamchilik shuki, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hisobidan xodimlar sonini va ish jarayonlarini optimallashtirish choralari ko‘rilmayapti. Shuning uchun kelgusi yil oxiriga qadar elektron davlat xizmatlarini 60 taga ko‘paytirib, 300 taga, masofaviy xizmatlar ulushini esa kamida 60 foizga yetkazishimiz zarur».
- Davlat xizmatlarini rivojlantirish Raqamli iqtisodiyot va Elektron hukumatni keng joriy etish bilan bog‘liq jarayon. Shundan kelib chiqib, o‘tgan ikki-uch yil davomida Elektron hukumatni rivojlantirish borasida ancha-muncha ijobiy natijalarga erishildi.
- Xususan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ishga tushirilgan elektron xizmatlar soni 2019-yilda — 173 tani, 2020-yilda — 218 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda ularning sonini 278 taga yetkazish rejalashtirilgan.
- Shunga mos tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar sonida ham o‘sish tendensiyasi kuzatildi:
- 2018-yilda — 2,4 mln.
- 2019-yilda — 5,8 mln.
- 2020-yilda — 9,8 mln.
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan:
- 2018-yilda — 38 700 kishi;
- 2019-yilda — 77 400 kishi;
- 2020-yilda — 380 000 kishi foydalandi.
- «O‘zbekiston pochtasi» AJning olis hududlarda joylashgan 50 dan ortiq pochta aloqasi bo‘limlarida Yagona portal orqali 15 turdagi elektron davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi ham muhim yangiliklardan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |