Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari Asosiy atamalar, kategoriyalar va tushunchalar - “Elektron biznes” fanining paydo bo‘lishi muomalaga yangi atamalar, kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog‘liq. Hozirda yangi tushunchalar paydo bo‘ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to‘lov tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k.
- Bugungi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek, “elektron savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum.
- Har bir muallif o‘zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko‘ra mazkur tushunchaga aniq ma’no kiritadi.
ELEKTRON BIZNES - Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes” tu-
- shunchalarining ta’rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha
- elementlarini to‘liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilish-
- ning maqsadli yo‘nalishi mavjud emas, shuningdek, biznesni amalga
- oshirishdagi prinsipial o‘zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes”
- tushunchasi faoliyat turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab
- qoladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining
- katta hajmi mazkur tushunchaga kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash
- haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring, lizing, loyihalashtirish, kon-
- salting, investitsiya bitimlari, foydalanish va konsessiya haqidagi keli-
- shuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron biznes” tushuncha-
- siga eng ma’qul ta’rif N.Solovyanenko tomonidan keltirilgan.
ELEKTRON BIZNES - Elektron biznes – bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori
- iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot tex-
- nologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir.
- Ushbu ta’rifga ko‘ra, elektron biznes – bu faqatgina elektron savdo emas.
Elektron biznes – bu Internet tarmog‘ida yangi axborot va kom- - Elektron biznes – bu Internet tarmog‘ida yangi axborot va kom-
- munikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan savdogina emas.
- Uning tarkibiga turli biznes – operatsiyalarining katta miqdori kiradi.
- Elektron biznes yordamida firma asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy
- va moliyaviy maqsadlarga erishish ta’minlanadi.
- “Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o‘z ichiga oladi,
- ular: EDI (Electronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron alma-
- shinuvi), elektron pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma’lu-
- mot almashish), ekstranet (tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish).
- Elektron savdo elektron biznesni alohida turi hisoblanadi.
“Elektron savdo” tushunchasi - Elektron savdo elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu sav-
- doga ko‘ra, tovar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi ularni ma’lum to‘-
- lov evaziga taqdim etadi.
- “Elektron savdo chegaralari” kitobi mualliflari quyidagi umumiy
- ta’rifni tavsiya etadilar: “Elektron biznes – biznesning zamonaviy uslu-
- biyati bo‘lib, u tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste’molchilarga
- tovarlar va xizmatlar sifatini oshirgan holda sarf-xarajatlarni qisqartirish
- hamda yetkazib berish tezligini oshirishga yordam beradi”. “Ko‘rinib
- turganidek, mualliflar elektron biznes va umuman biznes o‘rtasida hech
- qanday farqni e’tirof etmayaptilar. Bundan tashqari, “elektron savdo” tushunchasining ushbu ta’rifi an’anaviy savdo uchun xos bo‘lgan tushunchadan hech qanday farq qilmaydi.
Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: - • xarid uchun elektron to‘lov (pullarni elektron o‘tkazmasi, kredit
- kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda);
- • xaridorga mahsulotni yetkazib berish, jumladan jismoniy shaxs-
- larga tovarlar yetkazib berishni boshqaruvi hamda uning nazorati, shu-
- ningdek, elektron usulda tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni bevosita
- yetkazib berish;
- • mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo‘lmagan mah-
- sulot va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish uchun mustaqil
- kompaniyalar guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish;
- • ishlab chiqaruvchi – firma va uning savdo hamkorlari bilan bir-
- galikda amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi.
Biznes-jarayon - Biznes-jarayon – bu ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yordam beradigan o‘zaro bog‘langan operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tuzilmaviy bo‘linmalar funksiyalari hamda ularning o‘zaro aloqalari oldindan aniq belgilangan va qat’iy tasdiqlangan.
- Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari ham turlicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |