Elektrolitlar va elektrolitmaslar mavzusini o’qitish metodikasi TAQDIMOTI REJA: - 1.ELEKTROLITLAR VA ELEKTROLITMASLAR HAQIDA TUSHUNCHA
- 2. ELEKTROLITLAR. ELEKTROLITIK DISSOTSIYALANISH MAVZUSINI KOMPYUTER TEXNALOGIYASI ASOSIDA O’QITISH VA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Elektrolitlar – eritmalari yoki suyuqlanmalari ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr toqini o’tkazadigan moddalardir. - Elektrolitlar – eritmalari yoki suyuqlanmalari ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr toqini o’tkazadigan moddalardir.
- Elektrolitmaslar - eritmalari yoki suyuqlanmalari ionlarga ajralmaydigan va shu sababli o‘zidan elektr toqini o’tkazmaydigan moddalardir.
Kislotalar, asoslar va tuzlar sinflariga kiruvchi hamma moddalar elektrolitlar hisoblanadi. Elektrolitlar eritmalari va suyuqlanmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularda molekulalar va kristallardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlarning hosil bo’lishi sababli vujudga keladi. - Kislotalar, asoslar va tuzlar sinflariga kiruvchi hamma moddalar elektrolitlar hisoblanadi. Elektrolitlar eritmalari va suyuqlanmalarining elektr o’tkazuvchanligi ularda molekulalar va kristallardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlarning hosil bo’lishi sababli vujudga keladi.
- Elektrolitmaslarga juda ko’pchilik organik moddalar misol bo’la oladi (spirtlar, efirlar, ketonlar, qand va boshqalar), shuningdek, molekulalarida faqat kovolent qutbsiz va kam qutbli bog‘lanishlar bo‘ladigan moddalar kiradi.
|
Eritmalarda zaryadlangan zarrachalarning mavjud bo’lishini 1818 yildayoq T.Grotgus bildirgan edi, lekin suvli eritmalar uchun elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi faqat 1887 yilda S.Arrenius tomonidan yaratildi.
2-rasm. Moddalarning elektr o‘tkazuvchanlik qurilmasi.
| Elektrolitik dissotsialanish nazariyasi: 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda eriganda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey va boshqa olimlarning fikricha, faqat eritmadan elektr toki o‘tgandagina ionlar hosil bo‘lishi, elektr toki o‘tishi to‘xtagach ionlar yana bir-biri bilan birikishi lozim. - Elektrolitik dissotsialanish nazariyasi: 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash asosida elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda eriganda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey va boshqa olimlarning fikricha, faqat eritmadan elektr toki o‘tgandagina ionlar hosil bo‘lishi, elektr toki o‘tishi to‘xtagach ionlar yana bir-biri bilan birikishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |