Elektrokardiografiya (ekg) Fonokardigrafiya (fkg) Yurakni zamonaviy tekshirish metodlari



Download 19,06 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi19,06 Kb.
#70054
Bog'liq
13-мавзу


Mavzu: Yurak faoliyatini tekshirish usullari

Reja:

  1. Elektrokardiografiya (EKG)

  2. Fonokardigrafiya (FKG)

  3. Yurakni zamonaviy tekshirish metodlari

Elektrokardiogramma (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi. Hozirgi zamon tibbiy texnika yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada boʻlsa ham tele yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib olish imkoniyatiga ega. Bunday usullar ogʻir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmonavtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkoniyatini beradi.

Normal EKGda har doim yurak muskulining ketma-ket qoʻzgʻalishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallarni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining oʻlchami, oraliqlari va yoʻnalishi, intervallar (segmentlar)ning davom etishi hamda joylagdishi anchagina oʻzgaradi. EKG yordamida yurak ritmining turli oʻzgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. EKG yurak kasalliklarini diagnostika qilishda boshqa usullardan samarliroq hisoblanadi.

EKGda 5 ta tish ko'rinadi: P,Q,R,S,T



P tish

  • I, II, aVF, V2-V6 tarmoqlarda doim musbat

  • III, aVL, V1 tarmoqlarda musbat, ikki fazali, III va aVL da bo‘lsa manfiy bo‘lishi ham mumkin

  • aVR tarmoqda doim manfiy

  • Davomiyligi 0,1 s dan oshmaydi, amplitudasi – 1,5-2,5 mm

  • P-Q interval – 0,12-0,2 s

Q tish

  • V1-V3 dan boshqa barcha tarmoqlarda yozish mumkin

  • aVR dan boshqa barcha tarmoqlarda amplitudasi R tishning ¼ qismidan oshmaydi, davomiyligi – 0,03 s

  • aVRda normada chuqur va keng Q tish yozilishi mumkin, hattoki QS kompleks ham

R tish

  • Barcha tarmoqlarda yoziladi. aVRda yaxshi ko`rinmasligi yoki umuman yo`qolishi mumkin

  • Ko‘krak tarmoqlarida V1 dan V4 gacha amplitudasi ortib boradi, keyin kamayib boradi.

  • RV1,V2 qo‘zg‘alishning qorinchalararo to‘siq va o‘ng qorincha bo‘ylab tarqalayotganini ko‘rsatadi. RV4,V5,V6 qo‘zg‘alishning chap qorincha va qisman o‘ng qorincha bo‘ylab tarqalayotganini ko‘rsatadi.

  • Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 20, ko‘krak tarmoqlarida 25 mm gacha.

S tish

  • Amplitudasi turli tarmoqlarda katta farq qiladi, lekin 20 mm dan oshmaydi.

  • V1 dan V4 gacha amplitudasi pasayib boradi, V5,6 da yo‘qolishi ham mumkin.

  • QRS 0,1 s dan oshmaydi.

T tish:

  • RS-T segment standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda izoliniyada joylashgan (±0,5 mm)

  • V1-V3 izoliniyadan ko‘tarilishi mumkin (<2 mm), V4,5,6da bo‘lsa pasayishi mumkin (<0,5 mm)

  • T tish I, II, aVF, V2-V6 da doim musbat

  • III, aVL va V1 da musbat, ikki fazali yoki manfiy bo‘lishi mumkin. aVRda doim manfiy.

  • Amplitudasi standart va kuchaytirilgan tarmoqlarda 5-6 mm gacha, ko‘krak tarmoqlarida 15-17 mm gacha bo‘lishi mumkin.

  • Davomiyligi 0,16-0,24 s.

Yurakda qo'zg'alishning vujudga kelishi va tarqalishi ayrim muskul xujayralaridan yoki yurak yuzasidan elektr potentsiallari farqini yozib olish yuli bilangina emas, balki yurakning ishlashi tufayli gavda sirtida ro'y beruvchi elektr o'zgarishlarini qayd qilish (yozib olish) yuli bilan o'rganilishi mumkin. Gap shundaki, yurakning qo'zg'algan va qo'zg'almagan qismlari o'rtasida elektr potentsiallarining farqi paydo bo'lganda elektr kuch chiziqlari butun gavda bo'ylab taqsimlanadi.

Bu esa gavdaning ma'lum nuqtalariga elektrod qo'yib potentsiallar o'zgarishining tipik egri chiziqlarini qayd qilish imkonini beradi. Yurakning elektr aktivligini tekshirish uchun V.Eytxoven, A.F.Samoylov, T.Lyuis, V.F.Zelenin va boshqalar praktikaga joriy etgan shunday metodika elektroqardiografiya, uning yordamida qayd qilinadigan egri chiziqlar esa elektroqardiogrammalar deb atalgan.
Download 19,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish