Kasbiy ko‘rinish imkoniyatlari:
5310200 Elektroenergetik yo‘nalish va bakalavr quyidagi kasbiy faoliyat turlariga bo‘linadi.
- montaj – o‘rnatish ishlari;
- ishlatish va servis xizmati;
Bakalavr belgilangan tartibda oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim muassasasida, kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida ishlay oladi.
5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi (EEE)
Bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
5310700 - Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) – fan va texnika soxasidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u sanoat qurilmalari samaradorligini, energiyaning tejamkorligini oshirishga va energiya resurslari xamda elektr energiyasidan samarali foydalanish xisobiga ishlab chiqarilayotgan maxsulot birligiga sarflanadigan energiya solishtirma sarfini kamaytirishga qaratilgan usullarni yaratish va ulardan foydalanish va uslublarining majmusini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
-sexning bo‘limida elektr mashina va apparatlari, sanoat qurilmalari, texnologik majmualar va kabel agregatlari, ularning elektr o‘tkazgich komplekslari va qayta o‘zgartiruvchi qurilmalar elektr texnika, elektr mexanika va elektr texnologiyalar uskunalarini yig‘ish va sozlash bo‘yicha ishlar va boshqalarni rejalashtirish xamda bajarish;
-elektr mashinalar, sanoat qurilmalari sex bo‘limidagi texnologik majmualar va boshqalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
-elektr mashinalari, uskunalari va apparatlarini loyihalash, montaj qilish va ishlatish;
-o‘lchash vositalari va modellarini tanlash na’munaviy metodikalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish va boshqa kasbiy faoliyat turlarini bajarish;
-tizimli yondashuv mexanizimlarini tadbiq etish;
Bakalarvlarnining kasbiy faoliyati obyektlari
5310700 – Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bakalavrlarining kasbiy faoliyati obyektlari - sanoat qurilmalari va texnologik majmualari, elektr mashinalari, elektr apparatlar, elektr o‘tkazgichlari, elektr izolyasiyasi va kabel texnikasi, kuchli elektr va magnit maydonlar texnikasi, elektr texnologik jarayonlar, qurilma va tizimlar shuningdek elektr texnika majmualari va tizimlari, shu jumladan ularni boshqarish va sozlash, soxa istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutaxassislik qobilyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarning majmuasini o‘z ichiga oladi.
Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari
Bakalavr pedagogik tayorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo‘nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |