FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ENERGETIKA FAKULTETI
“EEE” kafedrasi
“ELEKTRIK INJINIRING”
fanidan
BAHOLASH MEZONLARI
Bilim sohasi: 300000 – Ishlab chiqarish texnik soxa
Ta’lim sohasi: 320 000 –Ishlab chiqarish texnologiyalari
Ta’lim yo’nalishi: 5320400 – Kimyoviy texnologiya
Ta’lim shakli: kunduzgi
Ta’lim tili: o‘zbek
Farg‘ona – 2019 yil
Fanning baholash mezonlari talabalar tomonidan belgilangan bilim va ko‘nikmalarga erishish darajasini belgilash uchun sinov materiallari (joriy vazifalar (topshiriqlar), testlar, savollar va boshqalar) va ulardan foydalanish usullari to‘plami hisoblanadi.
Fanning baholash mezonlari talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, oraliq va yakuniy baholash jarayonida qo‘llaniladi.
Fanning baholash mezonlari quyidagi normativ va me’yoriy xujjatlar asosida tayyorlandi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom
Toshkent kimyo-texnologiya institutida hamda 26.05.2018 yilda №BD-5111000_3.02 raqami bilan ro‘yxatga olingan fan dasturi.
Fanning ishchi dasturi Farg‘ona politexnika Institutning 2019 yil “___” avgustdagi 1- son Ilmiy Kengashida muhokama etilgan va tasdiqlangan №________.
Tuzuvchi: assistent Abduraximov D.R
Kafedra mudiri: t.f.n., dos. N.K. Kamolov
5320400 – Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ushbu vazifalardan kelib chiqib “Elektrik injiniring” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liklikda ushbu fanning asosiy muammolari;
o‘zining bo‘lajak kasbining moxiyati va ijtimoiy axamiyati;
o‘zgaruvchan, o‘zgarmas tok va ularnig ulanishiga ko’ra zanjirlar xossalari xaqida tushunchaga ega bo‘lishi;
elektrik injiniring fanida qo’llanilgan elementlarni tavsiflarini tajriba yo‘li bilan olish va tahlil qilishni bilishi hamda ulardan foydalana bilishi;
elektr zanjirlari elementlari va turlari, zanjirlarni xisoblash usullarini
o’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlari ,
elektr mashinalari ishlash prinsiplari tarkibiy qismlarini,
elektr energiyasini ishlab chiqarish, elektr ta’minoti, vazifalari va qo‘llanilish soxalari xaqidagi shu fan orqali tushuncha xosil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
“Elektrik injiniring” fanining hajmi
Mashg‘ulotlar turi.
|
Umumiy soat
|
III
semestr
|
Nazorat turi va shakli
|
Baholash muddati
|
Yakuniy nazorat shakli
|
Ma’ruza
|
36 soat
|
36 soat
|
ON–og’zaki, test yoki yozma
|
9- hafta
16-17 hafta
|
yozma
|
Amaliy mashg‘ulot
|
18 soat
|
18 soat
|
|
Har bir bo‘lim yakunida
|
|
Laboratoriya mashg‘ulot
|
18 soat
|
18 soat
|
|
Har bir bo‘lim yakunida
|
|
Mustaqil ta’lim
|
58 soat
|
58 soat
|
|
ON va amaliy mashg‘ulotda
|
|
JAMI:
|
130 soat
|
130 soat
|
|
|
|
Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM” i hamda “Elektrik injiniring” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish turlari va baholash mezonlari bilan fan o‘qituvchisi tomonidan birinchi mashg‘ulotda tanishtiriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
O‘zbekistonda va chet el mamlakatlarda ta’lim tizimi va tuzilishini;
Elektr energiya manbasining yaratilish tarixi va miqdoriy qonuniyatlarni;
Elektr energetika tizimlari, elektr parametrlar, elektr asboblar, elektr o’lchashlar, elektr tarmoqlari va ish prinsiplarini;
Elektr mexanik va elektron apparatlarni qiyosiy taqqoslash va boshqalarni bilishi kerak.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
5 (a’lo) baho – talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega;
4 (yaxshi) baho – talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega;
3 (qoniqarli) baho – talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega;
2 (qoniqarsiz) baho – talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas.
Oraliq baholash: “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM” ning 2-bob 5-bandiga asosan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy baholash: Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi. Talaba fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
“Elektrik injiniring” fanidan talabalarning faoliyati baholash uchun topshiriqlar mazmuni
“Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi NIZOM”ning 2-bob 10-bandiga asosan talabaning amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Fan bo‘yicha joriy baholash o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlarda joriy baholash og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, mustaqil ta’lim va uy vazifalarini tekshirish kabi shakllarda o‘tkazilishi mumkin. Laboratoriya mashg‘uloti bo‘yicha joriy baholash talabaning laboratoriya ishini nazariy topshirishi, ishni bajarishi va hisobotini baholash asosida amalga oshiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha savol va topshiriqlar
Amaliy mashg‘ulotlar: Tarmoqlanmagan elektr zanjirlarni xisoblash.
Berk zanjirda EYUK ta’sirida I tok xosil bo‘ladi. Elektr zanjirlar tarmoqlanmagan va tarmoqlangan bo‘ladi. Agar berk zanjirning barcha qismlaridan bitta tok o‘tsa, u xolda bunday zanjir tarmoqlanmagan bo‘ladi.
Ishning vazifasi. Tarmoqlanmagan elektr zanjirlarni qurish to’g‘risidagi bilimlarini mustaxkamlash, Tarmoqlanmagan elektr zanjirlarni iste’molchilarni ulash usullari bilan tanishtirish va xisoblash ishlarini o‘rganish.
Kirxgofning birinchi qonuni
Tugunchaga qarab yo‘nalgan toklar yig‘indisi undan chiqayotgan toklar yig‘indisiga teng.
yoki
Umumiy ko‘rinishda; ya’ni tugundagi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng.
Topshiriq.
Do'stlaringiz bilan baham: |