Elektr uskunalarni ekspluatatsiya – tayyorlangandan keyingi mavjudligidagi barcha fazalar yig’indisi bo’lib, unga ishlatilish joyiga eltish, vazifasi bo’yicha ishlatilishiga tayyorlash, texnik xizmat ko’rsatish va saqlash kiradi.
Energetika – energetika resurslari, turli xil energiyani ishlab chiqarish, yetkazib berish, qayta o’zgartirish, jamg’arish, taqsimlash va iste’mol qilishni o’z ichiga oluvchi iktisodiyot, fan va texnika tarmog’i.
Energetika tizimi – bir-biriga ulangan va elektr energiyasi hamda issiqlikni uzluksiz ishlab chiqarish, o’zgartirish va taqsimlashda umumiy rejimni boshqarishda bir-biri bilan bog’liq bo’lgan elektr stantsiyalar, elektr va issiqlik tarmoqlari majmui.
Energiya tashuvchi – jamlangan energiyasidan energiya bilan ta’minlash uchun foydalanish mumkin bo’lgan turli agregat holatidagi modda (qattiq, suyuq, gazsimon) yoki materiyaning boshqa shakli (plazma, maydan, nurlanish va hokazo)
Ishlab chiqarish ekspluatatsiyasi – elektr uskunalarni o’z vazifasi bo’yicha ishlatilish jarayoni xisoblanib, natijada elektr energiya boshqa ko’rinishdagi energiyaga aylantiriladi.
Texnik ekspluatatsiya – elektr uskunalarini ishlatilishi yoki saqlashda yo’qotilgan xususiyatlarini tiklash bilan yakunlangan va talab etilgan holatini ta’minlash va saqlab qolish jarayonidir.
Ishonchlilik – elektr uskunalarni o’zini ekspluatatsion ko’rsatkichlarini belgilangan chegarada saqlab qolgan xolda o’ziga qo’yilgan funktsiyalarni bajarish xususiyatidir.
Ishga yaroqli – belgilangan funktsiyalarni bajara olish layoqatini tavsiflovchi barcha parametrlarni kamida bitta parametrlarini o’rnatilgan talablariga mos kelishi.
Buzilgan holat – ko’rsatilgan talablarni kamida bittasiga mos kelmasligi.
Ekspluatatsion to’xtab qolishlar – konkret elektr jihozi uchun o’rnatilgan sabablar orqali sodir bo’ladi, elektromantyorlar va xodimlarni moxirligini pastligi xam sabab bo’ladi, tabiiy eskirishlar va sh.o’.
Ishlab chiqarish to’xtab qolishlar – yig’ish texnologiyalarini buzilishi sababli, nokondintsion materiallarni qo’llanilishi orqali, buyum sifatini yetarli nazorat qilinmaganligi.
Elektr izоlyatsiyasi – izоlyatsiya materiallari majmuidan ibоrat elektrоtexnika tuzilmasi.
Elektr texnik materiallar – elektr mustaxkamligi yuqori bo’lgan materiallar transformatorlarda izolyatsiya vazifasini bajaruvchi moy
Elektr o’tkazuvchi materiallar- alyuminiy,kumush,litiy, mis, oltin, platina, bronza, temir va xakozo
O’tkazgichlar-elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi materiallar.
Dielektriklar- elektr tokini deyarli o’tkazmaydigan materiallar(moddalar).
Yarim o’tkazgichlar- elektr tokini yaxshi o’tkazadigan moddalar va elektr tokini amalda o’tkazmaydigan moddalar orasidagi vaziyatni egallaydigan moddalar.
Transformator - doimiy chastotada o’zgaruvchan tokning kuchlanishini boshqa qiymatga o'zgartiruvchi statik elektromagnit qurilmalar.
Yarim o'tkazgichli diod - bu kuchlanishning (yoki tokning) musbat qismini o'tkazadigan yarim o'tkazgichli qurilma.
Elektr energiya iste’molchisi – bu elektr energiyasini qabul qilib boshqa trudagi energiyaga aylantiruvchi agregat, apparat va mexanizm.
Elektr toki – elektr zaryadini tashuvchi zarralar yoki kvazizarralarning bir yo’nalishdagi (tartibli) xarakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |