Magnitoelektrik sistema asboblari. Magnitoelektrik sistema asboblarining ishlash printsipi doimiy magnit maydoni bilan tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’siriga asoslangan. Bunday sistemadagi asboblardan birining tuzilishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. Asbobning ko‘zga lmas kismi doimiy magnit 1 va pulat tsilindr 4 dan tuzilgan. Magnit kutblari bilan pulat tsilindr orasidagi xalkasimon xavo oraligida bir jinsli magnit maydoni hosil bo‘ladi. Asbobning ko‘zga luvchan kismi yengil alyuminiy ramka 5 dan iborat bulib unga yarim uklar 2 da aylana oladigan g‘altak joylangan. Galtak izolyatsiyalangan ingichka simlardan yasalgan. Odatda, yarim uklarning biriga strelka, ikkita posangi va ikki spiral prujinaning ichki uklari mustaxkam urnatilgan bo‘ladi. Galtakdan tok utganda, chap kul koidasi asosida, ramkani ma’lum burchakka buruvi mexanikaviy kuch hosil bo‘ladi. Bu kuchning kattaligi magnit maydon induktsiyasi V, g‘altak dagi tok kuchi I, uramlar soni n va o‘tkazgichning aktiv uzunligi l ga boglik:
Do'stlaringiz bilan baham: |