4-Laboratoriya ishi
Payvandlash transformatori ish rejimi va yoy xarakteristikalarinitadkik kilish.
Ishning maqsadi
TSB-90 UXLCH tipidagi payvandlash transformatorikonstruktsiyasi, ish rejimi, ekspluatatsiya xarakteristikalari va energetik ko’rsatkichlaribilan tanishish.
I. Nazariy kism
Elektr yoyli payvandlash metall detallarni ulardan oqib o’tadigan elektr toki bilan plastik yoki suyuq holatgacha ajralmas bog’lanish paydo bo’lguncha loqal qizdirish va undan so’ng payvandlash zonasini issiqlik o’tkazuvchanlik hisobiga sovutish natijasida ajralmas qilib ulash jarayonidir.
Yuqori samaradorlik, iqtisodiy jihatdan tejamlilik va metall isrofi kam bo’lgani uchun elektr payvandlash ajralmas bog’lanishli metall detallarni ishlab chiqarishda keng ko’lamda qo’llaniladi.
Elektr payvandlashda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok ham qo’llaniladi.
O’zgaruvchan tokdagi yoy payvandlashda manba sifatida payvandlash transformatorlari ishlatiladi. Ular bir postli va ko’p postli bo’ladi. O’zgarmas tok manbalari asosan 2 xil guruxga bo’linadi: payvandlash o’zgartgichlari va to’g’rilagichlar.
O’zgaruvchan tok manbasi bo’lgan payvandlash transformatorlari energetik va ekspluatatsion afzalliklari tufayli zamonaviy payvandlash texnikasida keng ishlatilmoqda.
Bitta postli payvandlashda quvvati katta bo’lmagan (1,0 - 20 kVA) bir fazali payvandlash transformatorlari ishlatiladi.
Ko’p postli payvandlash manbalari bir nechta payvandlash postlarini tahminlash uchun zarur bo’lgan katta quvvatga ega bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Yoyli payvandlashda vujudga keladigan jarayonlarga bog’liq ravishda bitta postli payvandlash transformatorlariga quyidagi spetsifik talablar qo’yiladi:
1. Salt ishlash kuchlanishi yoyni yonishi uchun yetarli, lekin payvandlovchi uchun xavfsiz chegarada, yahni U3=5060V oralig’ida bo’lishi kerak.
2. Payvandlash zanjiridagi qisqa tutashuv toki ishchi tokidan sezilarli darajada (120-140%) katta bo’lmasligi kerak. Agar qisqa tutashuv toki bir necha marta katta bo’lsa, payvandlash manbaiga xaddan tashqari zo’riqish to’g’ri keladi, payvandlash sifati esa suyuq metallni sochilishi natijasida yomonlashadi.
3. Payvandlash manbasi payvandlash tokini keng diapazonda rostlash imkonini berishi kerak. SHuning uchun, payvandlash transformatori tashqi xarakteristikasi Ug=(I2) qavariq tushuvchan shaklga ega bo’lishi kerak.
Payvandlash yoyining asosiy texnologik ko’rsatkichlari sifatida tashqi xarakteristika va salt ishlash kuchlanishidan tashqari uzlukli ishlash rejimida solishtirma ishlash davomiyligi (PR - prodoljitelg’nostg’ rabotq) va solishtirma ulanish davomiyligi (PV –prodoljitelg’nostg’ vklyucheniya) hisoblanadi.
Manbaning dinamik xossalari kriteriyasi sifatida qisqa tutashuv rejimidan salt ishlash rejimiga o’tishda uning klemmalarida kuchlanish oshishi hisoblanadi. Ayniqsa kuchlanish qiymati 0 dan to yoyni qo’zg’atish uchun yetarli bo’lgan kuchlanishgacha oshib borishi vaqti va kuchlanish tiklanish vaqti juda muhim hisoblanadi. GOST bo’yicha u 0,03 sekunddan oshmasligi kerak.
O’zgaruvchan tok manbalari tushuvchan tashqi xarakteristikani olish va tokni rostlash usuliga qarab ikkita tipga bo’linadi:
a) normal magnit yoyiluvchanlikka ega bo’lgan transformatorlar, bu holda ular ikkita alohida apparatdan (transformator va drosselg’) iborat bo’ladi;
b) yuqori magnit yoyiluvchanlikka ega bo’lgan transformatorlar (qo’zg’aluvchan g’altakli, magnit shuntli, pog’onasimon vint regulyatorli).
Qarshiligi katta oraliqda o’zgarishi mumkin bo’lgan alohida drossel regulyatorli transformator ikkita (birlamchi va ikkilamchi) chulg’amli magnit o’zak. Birlamchi chulg’am 220 yoki 380 V kuchlanishli o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadi, ikkinchi chulg’amda esa Uxx=60-65V buladi.
Tok regulyatori - drosselg’ magnit o’zak (yarmo) va uning qo’zg’almas qismida (yakorda) joylashtirilgan chulg’amlardan iborat. Yarmo va yakorg’ orasida havo oralig’i mavjud bo’lib, uni rostlash vinti yordamida o’zgartirib payvandlash tokini bir maromda rostlash mumkin.
Bu sistemadagi transformatorlarning afzalliklari sifatida ixchamlik, kam mis va transformator po’lati isrofini ko’rsatish mumkin.Bundan tashqari tokni yuqori qiymatdan minimal qiymatgacha rostlaganda salt ishlash kuchlanishi biroz ko’payadi va bu yoyning yonish barqarorligini oshiradi.Yuqori magnit yoyiluvchanlikka ega bo’lgan transformatorlar
Qo’lda payvandlashda keng qo’llaniladi. Bu holda payvandlash tokini rostlash birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar yoki qo’zg’aluvchan shunt orasidagi masofani o’zgartirish orqali amalga oshiriladi. Buning natijasida yoyilish oqimi qarshiligi va transformator induktivligi o’zgaradi. SHuntlovchi zanjir qarshiligi qancha ko’p bo’lsa, yoyilish induktivligi shuncha kam va payvandlash toki shuncha ko’p bo’ladi.
TD, TGK, TS, GT’ tipdagi qo’zg’aluvchan chulg’amga ega bo’lgan transformatorlarda, chulg’amlar orasidagi masofa katta bo’lgani uchun, magnit oqimining katta qismi ikkilamchi chulg’amni o’rab olmaydi. CHulg’amlarni o’zaro yaqinlashtirish va uzoqlashtirish tokni rostlash imkonini beradi. Rostlash diapazonini kengaytirish uchun birlamchi chulg’amni ikkita qismdan iborat va o’zaro parallel yoki ketma-ket ulanishi mumkin bo’lgan shaklda tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |