II. Tajriba qurilmasi tavsifi
TSB-901 tipidagi payvandlash transformatori quyidagi texnik parametrlariga ega:
Tarmoq normal kuchlanishi, V 220
Tarmoq chastotasi, Gts 50
Salt ishlash toki (maksimum), A, 1
Salt ishlash kuchlanishi (nominal) 220
Tarmoq kuchlanishida (maksimum), V 42
Nominal payvandlash toki, A 90
Tarmoqdan istehmol qilinadigan nominal tok, A 16
Nominal yuklamada istehmol kilinadigan quvvat, kVa 3,5
Massa, kg 30
O’rtacha xizmat muddati, yil 5
Transformatorning avariya rejimidagi ishlash printsipi ketma-ket ulangan LS kontura xossasiga asoslangan bo’lib, bu holda o’zgaruvchan tok bo’yicha natijaviy qarshilik uni tashkil qiluvchi qismlarning qarshiligidan kichik bo’ladi. SHuning hisobiga kontur elementlarida, xususan birlamchi chulg’amda yuklama bo’lganda tarmoq kuchlanishidan katta bo’lgan kuchlanish paydo bo’ladi. Bu holat salt ishlash kuchlanishi 42 volg’tdan oshmagan xolda payvandlash yoyini paydo bo’lishi va barqaror yonishini tahminlaydi.Transformatorning printsipial elektr sxemasi 3-rasmda ko’rsatilgan.
Payvandlash transformatori sterjen tipli shpilkasiz magnit o’zak, birlamchi va ikkilamchi chulg’amlardan iborat. Birlamchi chulg’amda payvandlash tokini pog’onali rostlash uchun klemmalar mavjud. Ikkilamchi chulgamda esa payvandlash ishlarini amalga oshirishda payvandlash tokini olish uchun klemmalar bor.
TI transformatorning birlamchi chulg’ami CI kondensator bilan birgalikda ketma-ket kontur hosil qiladi. Bu konturning xususiy chastotasi tahminlash manbasi chastotasiga yaqin. Payvandlash tokining zarur bo’lgan qiymatiga qarab CI kondensator S2 kommutator yordamida birlamchi chulg’amning kerakli klemmasiga ulanadi.
Payvandlashning boshlang’ich momentida (yoy yonishi) relening (K) kontaktlari ochiladi, yoy uzilganda esa (payvandlash tugashi) kontaktlar yopiladi.
Radio xalaqitlardan himoya uchun S2, SZ, S4 kondensatorlari o’rnatilgan.Transformatorni tarmoq ulanishini indikator ko’rsatadi.
Eksperimental grafiklarni olish uchun payvandlash qurilmasini kerakli rejimga kommutator qo’yish zarur, yahni 0 holatda salt ishlash rejimida tok AI ampermetr, kuchlanish VI volg’tmetr va quvvat Wh vattmetr yordamida o’lchanadi. Payvandlash transformator ikkilamchi zanjir uchun yuklama bo’lib aktiv qarshilik hisoblanadi. Bu qarshilik xrom simlaridan spiral ko’rinishida tayyorlanib, cho’yan elementlariga terilgan bo’ladi.
PV I6 paketli o’chirgich yordamida sektsiyalarni shuntlash orqali qarshilik kattaligi keng diapazonda o’zgartiriladi. Ikkilamchi tok va kuchlanish qiymati A2 ampermetr va V2 volg’tmetr orqali aniqlanadi .
III. Topshiriq
1. TSB-901 UZ.payvandlash transformatorini konstruktsiyasi bilan tanishish.
2. Tajriba qurilmasi sxemasini chizish
3. Tajriba stendida sxemani yig’ish
4. Tajribadan olingan mahlumotlarni yozib olish:
5. Salt ishlash rejimida U1, I1, R1ishchi rejimida PVI PV6 paketli uchirgich barcha pogonalarida U1, U2, I1, I2, R1
Do'stlaringiz bilan baham: |