VI. Hisobot tayyorlash tartibi Tajriba ishi hisoboti quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
a) Ishning nomi;
b) Ishning maqsadi;
v) Topshiriq;
g) Ishni bajarish tartibi va metodlari;
d) Tajriba ishini printsipial sxemasi;
e) Tajriba va hisobiy formulalar, natijaviy mahlumotlar va grafiklaryoki eksperimental xarakteristikalar.
Tekshirishlar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
R
kVt
U
I
τ
Nazorat savollari: 1. Elektr shaxta pechlari turlari va tiplari.
2. SHaxta pechlarini qo’llanilish sohasi.
3. SHaxta pechi tuzilishining o’ziga xosligi.
4. SHaxta pechining ishlash va elektr energiya istehmol qilish rejimlari.
Adabiyotlar. 1. Svenchanskiy A.D – Elektricheskie pechi soprotivleniya. M-L. Gosenergo 1958g.
2. Nekrasova N.M i dr. – Elektricheskie prom. pechi.M-L. 1961g.
3. Katsevich L.S – Raschet i konstruktirovanie elektricheskix pechey. M-L.1960g.
4. Elektricheskie prom. pechi dlya nagreva i termicheskoy obrabotki.Terminq i opredeleniya GOST 16382-70.
5. Jalilov M.X. Elektrotexnologik texnologik kurilmalari.Toshkent,1990.
6. Bobojanov M.K. Sanoat korxonalari elektrotexnologik kurilmalari. Toshkent,2007.
3-Laboratoriya ishi Elektr yoy pechi xarakteristikalarini tadkik kilish.
Ishning maqsadi
Yoy pechi elektrik xarakteristikalarini eksperimental - hisob metodi bilan qurishni o’rganish.
I.Nazariy qism Elektr yoy pechlari sanoatning metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik va boshqa turli sohalarida ko’llaniladi. Ular bilvosita, bevosita va qarshilik yoy pechlariga bo’linadi.
Bilvosita ishlovchi yoy pechlarida elektr yoy razryadi qizdirilayotgan material ustida joylashgan elektrodlar orasida yonib, elektr yoyi bilan eruvchi element orasidagi issiqlik almashinuvi nurlanish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ishlovchi yoy pechlari rangli metallar va ularning qotishmalarini hamda cho’yan va nikelning ayrim navlarini eritish uchun mo’ljallangan. Uning asosiy afzalligi metallning oz kuyishidir, chunki elektr yoy razryadi eruvchi element bilan bevosita to’qnashmaydi.
Bevosita ishlovchi pechlarda yoy elektrod va eruvchi metall o’rtasida yonadi va u elektr zanjirining bir qismi hisoblanadi. Bunday pechlar po’lat erituvchi vakummli va plazmali qilib ishlanadi. Aralash qizdiruvchi yoy pechlarida yoy eritiladigan shaxta ichidagi gaz oralig’ida yonadi va eritma pechning tagida yig’iladi. Bunday pechlarda issiqlik yoyda va shaxtaning elektr qarshiligida xam ajralib chiqadi, shuning uchun ularni qarshilik yoy pechlari deyiladi. Pechning quvvatini rostlash manba orqali yoy tokini, xamda yoy uzunligini elektrodlarni uzaro yaqinlashtirib va uzoqlashtirib o’zgartirib amalga oshiriladi.
Yoy pechlarining asosiy elektr jixozlari quyidagilardan iborat:
1. Elektrod va vannali pech, uning ichida yoy yonadi va ishlov beriladigan material joylashadi;
2. Pasaytiruvchi transformator;
3. Drossellar;
4. Transformator ikkilamchi chulg’ami va pech elektrodlarini bog’lovchi qisqa tarmoq;
5. Kommutatsiya qiluvchi, o’lchov va himoyalash apparaturalari.
Yoy elektr pech qurilmalarida bosh va yordamchi tok zanjirlari mavjud.Bosh tok zanjiri asosiy elektr jihozlar va elektr yoyini o’z ichiga oladi. Yordamchi zanjiriga boshqaruv, o’lchash va ximoya avtomatikasi va boshqalar tegishlidir.
Pech transformatorlari elektr yoy pechlarini tahminlash uchun kerak bo’lib, ular quyidagi spetsifik xususiyatlarga ega:
a) Past kuchlanish tomonda nominal tokning qiymatlari yuqori (o’nlab va yuzlab kiloampergacha);
b) Transformatsiya koeffitsienti katta (6,10,35,110 kV kuchlanishlarni bir necha yuz volg’tgacha transformatsiyalash);
v) Kuchlanish pog’onalari soni va o’zgarish diapazoni kuch transformatorlariga nisbatan ko’p (kuchlanish 500 % gacha rostlanadi, 40 va undan ortiq pog’onaga ega);
g) Transformatorlartokqiymati (2,5-3) martako’pbo’lganekspluatatsionqisqatutashuvlargao’tachidamlivayuqorimexanikmustahkamlikkaega.
Yoypechlariningenergetikparametrlariniishrejimio’zgarishibilano’zgaribborishihaqidatasavvurgaegabo’lishuchunpechningishchivaelektrxarakteristikalariniko’ribchiqishkerak.
Pechning energetik ish xarakteristikalari deb quyidagilar xisoblanadi:
1. Qurilmaning to’la aktiv quvvatini Rakt. tokka bog’liqligi;
2. Yoy quvvati Rduga tokka bog’liqligi,
3. Elektr isrofi Rpot va issiqlik isrofini Rtep tokka bog’liqligi;
4. Elektr FIK, quvvat koeffitsienti cosφ, eritishga ketgan elektroenergiya
5. Miqdori g va erish davomiyligining τ tokka bog’liqligi.
Transformator ikkilamchi chiqish tarafidan yoy pechining elektrodigacha bo’lgan o’tkazgichni qisqa tarmoq deyiladi. Qisqa tarmoq bo’ylab juda katta miqdordagi toklar oqqani uchun, uning o’tkazgichlari katta kesim yuzasiga ega, va mis lentali paketlar, mis shinalar yoki suv bilan sovitiladigan trubalar ko’rinishida tayyorlanadi.
Ekspluatatsiya davomidagi qisqa tutashuvda tok sakrashlarini chegaralash va manbaning pasayuvchi xarakteristikasini hosil qilish orqali yoyning yonishini stabillashtirish uchun drossel yoki reaktor xizmat qiladi.
Yoy pechli qurilmalarda o’ta yuklanish toklaridan va avariya qisqa tutashuvlaridan ximoya zarur. O’ta yuklanishdan ximoyani odatda pastki kuchlanish tomonidan sabr vaqtli maksimal rele yordamida amalga oshiriladi. Avariya qisqa tutashuv tokidan himoya yuqori kuchlanish tomonidan lahzali ishga tushuvchi maksimal rele orqali amalga oshiriladi .