2. Izolyatsiyalangan elektr o‘tkazgichlar va kabellardagi ruxsat etilgan yuklamalar
Izolyatsiyalangan o‘tkazgichlar va kabellardagi issiqlik jarayonlari umumiy qonuniyatlarga ko‘ra ochiq o‘tkazgichlardagi kabi kechadi. Ammo o‘tkazgichdagi izolyatsiya issiqlik jarayonlarini quyidagi sabablarga ko‘ra o‘zgartiradi: mabodo izolyatsiya qora rangli bo‘lsa qo‘shimcha issiqlik qarshiligi paydo bo‘ladi; yuzaning sovushi ortadi va issiqlikni nur taratish usulida chiqarish yaxshilanadi.
Ammo rezina izolyatsiyali elektr o‘tkazgichlar va kabellarda ruxsat etilgan harorat 65 0S gacha bo‘lishi kerak, haroratning ushbu ko‘rsatkichdan orishi rezining yumashashi va undan tutun ajralishiga olib keladi.
Ishchi kuchlanishi 6 kV li qog‘oz izolyatsiyali kabellarda ruxsat etilgan qizish harorati 65 0S gacha; 10 kV da – 60 0S; 35 kV - 50 0S gacha bo‘lishi kerak.
3. Elektr tarmog‘idagi o‘tkazgich simlar va kabellarni qizish asosida tanlash hisobi
Elektr ta’minot tarmoqlaridagi o‘tkazgich simlar va kabellar, o‘chirish va hisoblash qurilmalaridagi tok turg‘unligi elemenetlari, ortiqcha yuklanganlik ostida ishlashdan himoyalash uskunalaridagi ijro mexanizmlari qizish talabiga asosan hisoblashni talab etadi. Hisobni amalga oshirganda: elektr tarmog‘i qanday holatdagi muhitdan o‘tganligini; o‘tkazgich metallining ayni paytdagi haroratini;
o‘tkazgich qanday metall materialdan yasalganligini; izolyatsiya qobig‘i tarkibini (qog‘oz, lak-mato, polietilen, polixlorvenil va h.k.); yotqizish turini (ochiq yoki polietilen, asbest quvurda, maxsus metall qobiq ichida (korob) izolyatsiyalangan sim yoki kabel holatida); o‘tkazilish tartibi (ochiq havoda, bino ichida, devor orsida, yopiq holda, quvurda, kabel kanalida, yerda)ni; kuchlanishning darajasi (0,22; 0,4;
6; 10; 35 kV va h.k)ni bilish talab etiladi. O’tkazgichning yuqorida keltirilgan talablar asosida o‘tkazilishi o‘tkazgichdagi metallning yoki muhitning harorati o‘zgarishiga olib kelishi mukin.
O’tkazgichdan o‘tuvchi ruxsat etilgan tok quyidagi formuladan topiladi:
Bu yerda: I – o‘tkazgichdan o‘tuvchi tok, A. t/o’tk - o‘tkazgichning va t/muh - muhitning hisob paytidagi harorati, 0S. t - o‘tkazgichning, t0 - muhitning ruxsat etilgan harorati, 0S;
Yuklamalarni hisoblash uchun elektr tarmog‘idagi yuklamalar alohida jamlanadi. Ya’ni yuklama toklari va aktiv quvvatlarni tarmoqlar bo‘yicha yig‘indisini topib, jadvaldan o‘tkazgichning yuklamasiga mos keluvchi standart kesim yuzali elektr o‘tkazgichni tanlaymiz.
Elektr o‘tkazgichlardan uzoq muddatli yuklama toki oqishi natijasida uning qizishini e’tiborga olib ularni tekshirish hisobini bajarish maqsadga muvofiqdir. Natija, ruxsat etilgan tok (Ir.e.) va ishchi maksimal tok (Iish(max))ni taqqoslash asosida topiladi.
Elektr tarmog‘ida ishchi maksimal tok ruxsat etilgan tokdan katta bo‘lsa Iish(max) >Ir.e. bo‘lsa o‘tkazgich ish davomida qiziydi.
Agarda Iish.(max)< Ir.e., bo‘lsa, u holda o‘tkazgich to‘g‘ri tanlangan hisoblanadi va uzoq muddat xizmat qiladi.
Ruxsat etilgan tok (Ir.e.) ning qiymatini o‘tkazgichning materiali va kesim yuzasiga qarab 30- ilovadadan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |