(5.25)
bu yerda: с - o‘tkazgichning yuzasidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik, Vt/(m·0S); S – o‘tkazgichning yuzasi, m2;
t – o‘tkazgichning yuza harorati; t0 – atrof muhitning harorati 0S;
τ – vaqt, s.
Agar o‘tkazgichning harorati turg‘unlashsa, bu holat o‘tkazgichdan chiqayotgan issiqlikning, atorf muhitga tarqatilgan issiqlikka tenglashganligini anglatadi.
Ya’ni:
bu yerdan:
(5.26)
yoki:
bu yerda: d - o‘tkazgichning diametri; l - o‘tkazgichning uzunligi; γ – o‘tkazgich materialining solishtirma o‘tkazuvchanligi.
C va r ning qiymatlarini (5.26) formulaga asosan quyidagicha ifodalash mumkin:
(5.27)
Agar qolgan barcha ko‘rsatkichlar ma’lum bo‘lsa formuladan o‘tkazgichning ruxsat etilgan toki topiladi. Odatda ruxsat etilgan tok formuladan emas, balki jadvaldan topiladi. Ammo ushbu formulani o‘tkazgichning boshqa shakldagi ish rejimga o‘tgan paytdagi kattalikni aniqlash uchun ishlatish mumkin.
Mazkur holat uchun tokni aniqlashda:
O’tkazgichning yuzasidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik harorat o‘zgarishi bilan bir oz darajaga o‘zgarsa, xuddi shunday kattalik boshqa holat uchun quyidagicha ifodalanadi:
Ikkinchi ifodani birinchi ifodaga taqsimlab quyidagini olamiz:
Qisqartirishlardan so‘ng:
(5.28)
5.27 – formuladan foydalanib, turlicha materiallardan tayyorlangan o‘tkazgichning ruxsat etilgan tokini topamiz. Misdan yasalgan o‘tkazgichning ruxsat etilgan toki quyidagicha ifodalanadi:
Xuddi shunday holatdagi, ish sharoti va kesim yuzasidagi alyuminiy o‘tkazgich uchun:
Avvalgi holat uchun:
Alyuminiy o‘tkazgich uchun eng so‘nggi ruxsat etilgan tok:
(5.29)
Izolyatsiyalangan o‘tkazgichlardagi ruxsat etilgan tok 4 - ilovada keltirilgan.
Ruxsat etilgan yuklamalar atrof muhitning harorati 250S va o‘tkazgichning harorati 700S uchun aniqlangan. Mabodo havoning harorati 250S dan farq qilsa, jadvaldagi ma’lumotlarni to‘g‘rilash koeffitsiyentlariga ko‘paytiriladi.
Kesim yuzasi o‘zgarishi bilan o‘tkazgichdagi ruxsat etilgan tok zichligi o‘zgaradi.
Masalan: kesim yuzasi 16 mm2 li alyumini o‘tkazgich uchun ochiq havodan o‘tganda j16 = 105/16 =6,57 A/mm2; o‘tkazgichning kesimi 150 mm2 uchun xuddi shunday holatda j150 = 440/150 = 2,93 A/mm2 ya’ni tokning zichligi 2 martadan ham ortiq farq qiladi.
Buni, o‘tkazgich diametrining ortishi uning yuzasi kvadratiga poporsional ravishda kattalashishi, kesim yuzasining diametrning birinchi darajasiga bog‘liqligi bilan izohlash mumkin. Shunga bog‘liq holda o‘tkazgich diametrining ortishi, kesim yuzasi birligiga teng keluvchi issiqlik ajralishining zaiflashishiga sabab bo‘ladi. Buning oqibatida qiymati ortsa ham, bitta katta kesimli o‘tkazgich o‘rniga ikkita umumiy kesimi teng bo‘lgan o‘tkazgichlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelish mumkin.
Shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, o‘tkazgichning kesimi ayrim holatlarda ruxsat etilgan yuklama toki asosida aniqlanadi. Ruxsat etilgan tok yuklamasi juda ozligi sababli aksariyat holatlarda o‘tkazgichning kesimi kuchlanish isrofiga yoki tokni iqtisodiy zichligiga asosan tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |