Birinchituzilma – barcha issiqlik va gidroelektrostansiyalardan iborat. ENHAT generatsiya, o‘z ehtiyojlari, texnologik ehtiyojlar va tuzilmaga berish uchun CTK3 turidagi “Energiya-9” markali uch fazali ko‘p funksiyali to‘rtta hisoblagichga ega.
I kkinchi tuzilma – barcha 110-220-500 kV kuchlanishdagi elektr tarmoqlari va nimstansiyalardan tashkil topgan METdan iborat. ENHAT energiyani uzatish va qabul qilish uchun CTK3 markadagi “Energiya-9” turidagi uch fazali ko‘p funksiyali uchta hisoblagichlarga ega. MET ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – ETK tuzilmasiga elektrenergiyasini uzatish uchun o‘rnatilgan.
Uchinchi tuzilma – barcha 6-10-35 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari va elektr nimstansiyalaridan tashkil topgan ETKdan iborat. ENHAT ETK ga kirish chegarasidagi birinchi hisoblagich elektr energiyasini qabul qilish uchun, ikkinchisi - o‘z ehtiyojlari uchun, uchinchi hisoblagich – tuman elektr tarmoqlari (TET) tuzilmasiga elektr energiyasini uzatish uchun o‘rnatilgan uchta hisoblagichlarga ega.
To‘rtinchi tuzilma – TET liniyalari va 6-10 kVli TP hamda 0,38 kV li elektr tarmoqlarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga bu tuzilma aholi yashash joylari va maishiy sektor iste’molchilari bilan aloqaga ega. Stendda 3 ta “Energiya-9” turdagi uch fazali hisoblagichlar va CTK1-10 markadagi 5 ta “Energiya-9” turdagi bir fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ular 1-aniqlik sinfiga ega va quyidagi rejimlarda ishlaydi: 1. Ko‘p tarifli; 2. Plastik kartadan oldindan to‘lanishli; 3. Ulovchi va uzuvchi rejimlarda.
2.1.Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqali ENHAT ni tashkil etish Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish yordamidaENHAT ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigantizimlarning eng soda ko‘rinishi bo‘lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanmagan. Hisoblagichlar va ma’lumotlarni yig‘ish markazi orasida aloqa yo‘q. Barcha hisoblagichlardagi ma’lumotlar operator hisoblagichlarni ko‘rib chiqish jarayonida ularga so‘rov berish orqali amalga oshiriladi.
H 2.2-rasm. Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqaliENHAT ni tashkil etish
isoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan hisoblagichlar so‘roviga topshiriqlar fayllarini qabul qilish paytida amalga oshadi. Avtomatlashtirilgan tizim qurishning bu sxemasi boshqa sxemalarga nisbatan arzon hisoblanadi. Bu variantdagi ENHAT ni qurish davomidaqurilma va vositalarni qo‘llashni maksimal tejash maqsadida ma’lumotlarni yig‘ish markazi rolini ko‘chma kompyuterga yuklash mumkin. So‘rov optik port orqali so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma kompyuterda joylashgan maxsus dasturiy ta’minot yordamida bajariladi. Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri berilgan so‘rovga fayl-topshiriqni shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO) yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usulikamchiliklari bo‘lib, hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ishning murakkabligi va tizimda impuls chiqishlielektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo‘qligi hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida hisobga olish tizimi interfeysi bo‘lgan qimmat uncha ko‘p bo‘lmagan sonli tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar, dekadalar, oylar, kvartallar va yillar)hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov berish va hisobotlarni shakllantirish;