Elektr stasiyalarining ishlash rejimi



Download 32,86 Kb.
bet1/3
Sana05.06.2023
Hajmi32,86 Kb.
#948834
  1   2   3
Bog'liq
ELEKTR STASIYALARINING ISHLASH REJIMI


ELEKTR STASIYALARINING ISHLASH REJIMI
Gidroelektr stanciya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi.
Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan.
Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻgariladi, dam pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin. GESlar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika)
1. Ushbu Qoidalar energetika obyektlarida qurilmalar, uskunalar, ishlab chiqarish binolari va kommunikatsiyalarini ishonchli, xavfsiz va samarali ekspluatatsiya qilishni ta’minlash, shuningdek, ularni ishga yaroqli holatda saqlab turishga doir talablarini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yagona elektr energetikasi tizimi — elektr energiyasini hosil qiluvchi korxonalar, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari majmui va ularning tezkor-dispetcherlik boshqaruvi;
energetika obyekti — elektr energiyasini hosil qiluvchi (ishlab chiqaruvchi), uzatuvchi va taqsimlovchi tashkilotlar, shuningdek, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari;
magistral elektr tarmoqlari — elektr energiyasini hududlararo va (yoki) davlatlararo uzatishni ta’minlash uchun foydalaniladigan elektr energiyasi tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari majmui;
hududiy elektr tarmoqlari — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududi doirasidagi elektr energiyasini taqsimlovchi va iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr tarmoq xo‘jaligi obyektlari majmui;
tezkor-dispetcherlik boshqaruvi — elektr energetikasi obyektlarining texnologik jihatdan o‘zaro uyg‘un ishlashini va yagona elektr energetikasi tizimi ishonchli va barqaror ishlashining texnologik rejimini markazlashtirilgan tarzda uzluksiz boshqarish jarayoni;
elektr stansiyasi — elektr energiyasini hosil qilish uchun mo‘ljallangan, elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilma va uskunalar hamda yordamchi uskunalardan tashkil topgan, tegishli infratuzilmaga ega yoki ko‘chib yurish uchun mo‘ljallangan (ko‘chma elektr stansiya) elektr qurilmalari va uskunalari majmui;
elektr podstansiyasi — elektr energiyasini qabul qilish va uzatish, taqsimlash va uning parametrlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan hamda transformatorlardan yoki boshqa elektr qurilmalaridan, shu jumladan, o‘zgartirgichlar, boshqarish qurilmalari va yordamchi uskunalardan tashkil topgan elektr qurilmalari va uskunalar majmui;
elektr tarmog‘i — elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun mo‘ljallangan, podstansiyalar, taqsimlovchi qurilmalar va ularni birlashtiruvchi elektr uzatish tarmoqlari majmui;
elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
elektr uskunasi — elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish), transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda elektr energiyasining xarakteristikalarini o‘zgartirish, boshqa turdagi energiyaga aylantirish uchun mo‘ljallangan jihozlar (transformatorlar, reaktorlar, motorlar va boshqalar);
elektr qurilmasi — elektr energiyasini hosil qilish (ishlab chiqarish) yoki boshqa turdagi energiyaga o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash yoki iste’mol qilishning o‘ziga xos funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan, tizimli va (yoki) funksional birlikda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elektr uskunalar va jihozlar majmui (ular o‘rnatilgan inshootlar va binolar bilan birgalikda);
komplekt taqsimlash qurilmasi — ichida o‘rnatilgan uskunalar, boshqaruv, nazorat, himoya, avtomatika va signalizatsiya qurilmalari bor shkaflardan yoki bloklardan tashkil topgan, elektr taqsimlovchi qurilma;
neytral — elektr uskunalari cho‘lg‘amlarining (elementlarining) “yulduz” sxemasi bo‘yicha ulangan umumiy nuqtasi;
kommutatsiya apparati — elektr zanjirlarini kommutatsiya qilish va tok o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektr apparati (o‘chirgich, yuklama o‘chirgichi, bo‘lgich, ajratgich, avtomat, rubilnik, paketli o‘chirgich, saqlagich va hokazolar);
elektr uzatish kabel tarmog‘i — bir yoki bir necha kabellardan tashkil topgan, bevosita erga, kabel kanallariga, quvurlariga va kabel konstruksiyalariga yotqizilgan elektr uzatish tarmog‘i;
elektr uzatish havo tarmog‘i — ochiq havoda joylashgan, izolyator va armaturalar yordamida tayanchlarga yoki muhandislik inshootlari (ko‘priklar, ko‘prik yo‘llari va hokazolar) kronshteynlariga hamda ustunlariga mahkamlangan simlar orqali elektr energiyasini uzatish uchun mo‘ljallangan majmua. Elektr uzatish havo tarmog‘ining boshlanishi va oxiri deb tarmoq portallari yoki taqsimlovchi qurilmalar, shoxobchalar uchun esa — shoxobchaga ajralgan erdagi tayanch va tarmoq portallari yoki taqsimlovchi qurilmaga kiruvchi qismi qabul qilinadi. Bunda, havo tarmog‘i tomonida tarmoq portallariga o‘rnatilgan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalar hamda havo tarmog‘i simlarida mahkamlangan barcha qisqichlar, havo tarmog‘iga qarashlidir. Tarmoq portallari, podstansiya tomonidan tortuvchi izolatsiyalovchi osmalari bilan ushbu portallardagi halqa, havo tarmog‘i simlaridan har xil uskunalarga (o‘chirish-yoqish apparatlariga, razryadlagichlarga, aloqa kondensatorlariga va hokazolarga) tushgan simlar hamda yuqori chastotali to‘sgichlar havo elektr uzatish tarmog‘iga kirmaydi;
elektr energiyasi iste’molchisi — elektr qurilmalari, uskunalari elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tashkilotning tarmog‘iga bevosita ulangan, u bilan elektr tarmoqlarining mansublik chegarasiga hamda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yo‘l-yo‘riq berish — xodimlarga xavfsiz mehnatni tashkil etishga va elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga qaratilgan asosiy talablar mazmunini yetkazish, yo‘l-yo‘riq olayotganlar ish joylarida yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolarni tahlil qilish, xavfsiz ishlab chiqarish haqidagi bilimlarni va tajribani chuqurlashtirish, energetika korxonalarida yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash hamda kengaytirish;
dublyorlik qilish (dublyorlik) — dublyorni tayyorlashga javobgar shaxs kuzatuvi ostida ish joyida elektr qurilmasini boshqarish va boshqa funksiyalarni bajarish;
ruxsat naryadi — ishning mazmuni, joyi, uni boshlash va tamomlash vaqtlarini, zarur xavfsizlik choralarini, brigada tarkibini hamda ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxslarni belgilovchi ishni xavfsiz bajarish uchun maxsus blankada tuzilgan topshiriq;
farmoyish — ishni xavfsiz bajarish uchun uning mazmunini, ish joyini, vaqtini, xavfsizlik choralarini (zarur bo‘lgan taqdirda) bajarish topshirilgan shaxslarni belgilovchi og‘zaki topshiriq;
navbatchi xodimlar (navbatchi) — smenada navbatchilik qilayotgan va tezkor boshqaruv yoki tezkor almashlab-ulashni amalga oshirishga ruxsat berilgan xodimlar: dispetcherlar, navbatchi muhandislar, texniklar, smena boshliqlari, uyda navbatchilik qiluvchilar va boshqaruv shchitlari navbatchilari, tezkor chiqish brigada a’zolari;
ta’mirlovchi xodimlar — elektr stansiyalari, podstansiyalar, havo tarmog‘i, kabel tarmog‘i, aloqa havo tarmog‘i, aloqa kabel tarmog‘i, rele himoyasi, avtomatika, o‘lchash vositalari, izolatsiya va yashindan himoya qilish vositalarida, dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalarida ekspluatatsion ta’mirlash va sozlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi muhandislar, texniklar, ustalar, ishchilar, elektr laboratoriyalari xodimlari.

Download 32,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish