Elektr stansiya va podstansiyalarni elektr jihozlari fanidan o’qitish materiallari to’plami


- mavzu : Noan’anviy elektr stsansiyalar. Reja



Download 12,3 Mb.
bet22/131
Sana19.02.2023
Hajmi12,3 Mb.
#912902
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131
Bog'liq
Elektr stansiya elektr jihozlari O\'qitish materiallari

4- mavzu : Noan’anviy elektr stsansiyalar.
Reja :
1.Muqobil energiyaning turlari.
2.Muqobil energya manbalarining afzallik va kamchiliklari.
3.O’zbekiston hududida muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari.

Braziliyadagi deyarli har ikki avtomobilning biri shakarqamishdan olingan yonilg‘i — etil spirt bilan harakatlanadi. Endilikda bu tajriba boshqa mamlakatlarda ham keng qo‘llanilmoqda. Shimoliy Osetiyadagi mahalliy zavodlardan birida bioetanol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. U tarkibida shakari bor xomashyo, masalan, turli donlardan olinmoqda. Bunday yonilg‘i benzin bilan aralashtirilsa yanada samarali bo‘lib, havoga zaharli moddalarni kam chiqaradi. Hozir zavod bir kecha-kunduzda 200 tonna bioetanol ishlab chiqarmoqda, biroq ehtiyoj oshsa, mahsulotni yanada ko‘paytirish imkoni mavjud.


Biogaz. Mordoviyada eng yirik biogaz elektrostantsiyasini ishga tushirishga taraddud ko‘rilmoqda. Stantsiya biogazni qoramol fermalari chiqiti hamda qand lavlagining qoldiqlaridan oladi. Fermer xo‘jaliklari va qand zavodi xomashyoning asosiy ta’minotchisi. Yaqin ikki yilda 27 mintaqada 50 dan ziyod biogaz elektrostantsiyalari ishga tushiriladi.
— Qishloq xo‘jaligi chiqitlari, shuningdek, torf ham biogaz energetikasi uchun zarur mahsulot bo‘lishi mumkin, — deydi Rossiya energetika agentligi rahbari o‘rinbosari V.Baskov. — Bizda uzoq vaqtdan buyon ishlatilmay yotgan torfning umumiy miqdori 175 mlrd. tonnani tashkil etadi. U har yili 40 mlrd. tonnaga ko‘paymoqda. Bundan tashqari, o‘rmonlarga zarar yetkazmagan holda har yili 1 mlrd. tonna yog‘ochdan bioyonilg‘i olsa bo‘ladi. Bu markaziy hududlardan olislarda ham odamlarni ish bilan ta’minlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Geotermal energiya. Yana bir ekzotik energiya manbai yer osti issiqligidir. Nasoslar orqali tortib olinganda u yirik shaharlarni ham isitadi, ham elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Masalan, vulqondan hosil bo‘lgan yassi tog‘likdagi Islandiya tabiiy energiyaning ulkan manbai ustida joylashgan. Mamlakatda 5 ta geotermal elektrstantsiya energiya hosil qiladi. Ulardan faqat bittasi poytaxt Reykyavikni energiya bilan to‘la ta’minlaydi. Endilikda yer ostidan issiqlik oluvchi bunday nasoslar Rossiyada ham mavjud.
— Issiqlik nasoslarining ishlash jarayoni quyidagicha: 1,5 metr chuqurlikdagi yer osti qatlami doimiy ravishda +8 daraja issiq bo‘ladi, — deydi muhandis V.Gun. — Ana shu qatlamdan quvurlar tizimi o‘tkazilib, uning ichida doimiy ravishda suyuq xladagent aylanib turadi. Mazkur xladagent yer bag‘ridagi issiqlikni o‘ziga singdirib, iste’molchiga yetkazib beradi. Issiqlikni tortuvchi nasoslar yordamida olingan energiyadan uylarni isitishda, turar joylarning issiq suv ta’minotida, shuningdek, yozda binolarni sovutishda foydalaniladi. Hozir Kamchatkada ham shunday geotermal elektrostantsiya ishlab turibdi.

Download 12,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish