Elektr stansiya va podstansiyalarni elektr jihozlari fanidan o’qitish materiallari to’plami



Download 12,3 Mb.
bet23/131
Sana19.02.2023
Hajmi12,3 Mb.
#912902
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131
Bog'liq
Elektr stansiya elektr jihozlari O\'qitish materiallari

Shamol energiyasi. Muqobil energiya manbai, ayniqsa, an’anaviy yonilg‘idan foydalanish qimmat tushadigan olis hududlarda beqiyos ahamiyatga ega. O‘tgan yil yozda Primore o‘lkasining Peretichixa qishlog‘ida bir yo‘la ham shamol kuchi, ham dizel agregati yordamida elektr quvvati beradigan avtonom energetika majmui ishga tushirildi. Shamol aylantiradigan parraklari uzunligi 30 metr keladigan bu qurilma qishloq qiyofasini o‘zgartiribgina qolmay, bu yerdagi aholini tunu kun elektr quvvati bilan ta’minlamoqda. Majmua to‘liq avtomatlashgan: shamolning kuchiga qarab qurilma qaysi manbadan foydalanish maqsadga muvofiqligini o‘zi mustaqil tanlaydi. Agar shamolning kuchi kam bo‘lsa, dizel-generatorni ishga tushiradi, shamolning kuchi parraklarni aylantirishga yetsa, dizel-generator to‘xtaydi. Bundan tashqari, ortiqcha energiya yig‘ilib ham turadi.
Olis Tuva cho‘llarida yaqinda quyosh batareyasidan kuch olib ishlaydigan bankomat paydo bo‘ldi. Hozircha Rossiyada yagona bo‘lgan bu noodatiy qurilma Qizil shahridan 40 kilometr masofadagi “Shohlar vodiysi” deb nom olgan xalqaro arxeologiya lageri yaqinida o‘rnatilgan. Endi yosh olimlar va talabalar lagerdan tashqariga chiqmay turib ham bemalol telefon haqini to‘lashi, plastik kartochkadagi hisobidan naqd pul olishi, internetga bog‘lanishi mumkin.
Quyosh energiyasi. Shu yilning iyul oyida esa, Chuvashiston va Nijegorod oblasti chegarasidan o‘tuvchi M-7 raqamli federal trassada quyosh bateryalaridan kuch oluvchi yoritgichlar paydo bo‘ldi. Bunday yoritgichlar avtobus bekatlari va piyodalar yo‘lni kesib o‘tadigan joylarga o‘rnatildi. Kunning yorug‘ payti fotoelementlarda to‘plangan energiya yoritgichlarni tun bo‘yi elektr quvvati bilan ta’minlashga yetib ortadi. Bunday qurilmalar avtoyo‘llardagi ko‘rinish cheklangan murakkab uchastkalarni yoritadi. O‘tgan yili shunday yoritgichlar Ulyanovsk-Sivilsk trassasiga ham qo‘yilgan edi. Quyoshdan nur oluvchi yoritgichlar bilan birga shamol kuchidan elektr hosil qiluvchi parrakli qurilmalardan ham shu maqsadda foydalanish ko‘zda tutilmoqda.
Quyoshli kunlar ko‘p bo‘ladigan Uzoq Sharq, Janubi-Sharqiy Sibir, O‘qutiston va Baykalortida “quyosh-dizel” gibrid qurilmalari joriy etilmoqda. Mashhur biznes-guruh ­A.F.Ioffe nomidagi Fizika-texnika instituti olimlari bilan hamkorlikda yaratgan bunday qurilmalardan biri ishlab beradigan elektr energiyaning 70 foizi quyosh batareyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. An’anaviy yonilg‘i zahiralarini tejovchi bu yangilikning ikki-uch yildayoq o‘zini iqtisodiy jihatdan qoplashi ko‘zda tutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi sanoatini bozor iqtisodiyoti talablari darajasida rivojlantirish uchun shamol, yer osti geotermal energiya manbalaridan keng ko‘lamda foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shamol energiyasining zahirasi amalda cheksizdir. Respublikamiz olimlarining hisoblariga binoan shamol dvigatellarini ishlash rejimi avtomatlashtirilgan hollarda shamolning tezligi 3 m/s bo‘lsa, yer yuzasining 1 km2 da o‘rnatilgan shamol dvigatelining quvvati 300 kVt bo‘lganda bir yilda 550 ming kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin. Quyosh nuri energiyasidan foydalanish loyihalari yetarli darajada yaxshi barpo etilmoqda. Balandligi 42 gaz, eni 54 gaz bo‘lgan paraboloid sirti o‘lchamlari 6,5-7,5 m2 bo‘lgan 62 dona tekis ko‘zgular o‘rnatilgan quyosh sandoni Parkentda qurib ishga tushirildi. Bu quyosh sandonining harorat quvvati 1000 kVt bo‘lib, markazida uning harorati 3000 darajaga tengdir. O‘zR FA elektronika institutida quvvati
1 kVt ga teng bo‘lgan quyosh qahrabo stansiyasi yaratildi. Fizika-texnika instituti olimlari quvvati 300 Vt bo‘lgan, mustaqil ishlaydigan cho‘l mintaqalari uchun moslashtirilgan kichik qahrabo stansiyasini ishlab chiqardilar. Shuningdek, O‘zR FA Fizika-texnika institutining ixtirochilari, olimlari va Qarshi Davlat universiteti olimlari hamkorlikda uylarni qishda isitishga mo‘ljallangan geliokollektorlarning eng samarali loyihalarini ishlab chiqib, xalq xo‘jaligiga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.



Download 12,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish