Tahlil usuli. Xavfsizlikni ko`ngilsiz voqea ro`y berishdan oldin (aprior) yoki keyin (aposterior) tahlil etish mumkin. Har ikkala holda qo`llaniladigan usul bevosita yoki aksincha bo`lishi mumkin.
Aprior tahlilda shu sistemaga xos bo`lishi mumkin bo`lgan (yashirin) ko`ngilsiz voqealar tanlab olinadi va ularni yaratuvchi bir qancha hollar to`plami tuziladi.
Aposterior tahlil esa ko`ngilsiz voqea yuz bergandan so`ng kelajakda tadbirlar ishlab chiqish. Bu ikki usul bir-birlarini to`ldiradi. To`g`ri usulda tahlil qilishda oqibatni oldindan ko`rish uchun sabablar o`rganiladi. Teskari usulda esa, oqibat tahlil qilinib- sabablari aniqlanadi.
Bu usullarning asosiy maqsadi ko`ngilsiz voqealarni oldini olishdir. Voqeaning kelib chiqish ehtimoli va tezligi ma`lum bo`lsa, voqeaning taxminan qanday natija bilan tamom bo`lishini aniqlash mumkin.
Xavfsizlikning tahlilida sistemaning parametrlarini yoki chegarasini aniqlash asosiy masala hisoblanadi. Agar sistema juda ham chegaralangan bo`lsa, biror xavfli hollar yoki omillar e`tibordan tashqarida qolishi mumkin.
Agar sistemaga o`ta keng qaralsa, tahlil natijalari noaniq bo`lib qolishi mumkin. Tahlil o`tkazish darajasi aniq maqsadlarga bog`liq. Aniq bir ogohlantirish yo`li bilan ta`sir qilish mumkin bo`lgan hodisalarni aniqlash umumiy ish uslubi hisoblanadi.
Nazorat savollari 1. HFX fani nimani o`rganadi? 2. HFXning asosiy aksiomasi yoki V. Marshal nazariyasining asosi nima? 3. Xavflarning kelib chiqish sabablarini ayting? 4. Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liqlik masalasini gapiring? 5. Xavf nima? 6. Xavfsizlik taksonomiyasi nima? 7. Xavflar kvantifikatsiyasi nima? 8. Tavakkal nima? 9. Masalan, ishlab chiqarishda bir yilda jarohatlar tufayli o`limlar soni 420 ni, ishlovchilar soni esa 9 mln. kishini tashkil qilsa, ishlab chiqarishda o`lim tavakkalni aniqlang? 10. Tavakkalni yo`l qo`ysa bo`ladigan miqdoriy tushunchasini xarakterlang? 11. "Xavflar daraxti"ni tuzish tavakkal kvantifikatsiyasining qaysi usulida qo`llaniladi? 12. "Xavflar daraxtidan" kutilgan asosiy maqsad nima? 13. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli ko`ngilsiz hodisa sodir bo`lgandan so`ng bajariladi? 14. Xavfsizlikni tahlil qilishning qaysi usuli ko`ngilsiz voqea sodir bo`lmasdan oldin bajariladi? 15. Xavflarni tahlil qilishning aprior va aposterior usullari bir-biiini to`ldiradimi yoki bir-biriga zidmi?