Электр хавфсизлиги



Download 0,52 Mb.
bet8/44
Sana20.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#683538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Hayotiy faoliyat havfsizligi

Tavakkalni boshqarish. Xavfsizlik darajasini ko`tarish xavfsizlikning asosiy nazariy va amaliy maqsadidir. Buning uchun mablag`ni uch yo`nalishda harajat qilish kerak:
1. Ishlab chiqarish, texnik sistemalarni, ish obektlarini takomillashtirishga;
2. Malakali ishchilarni tayyorlashga;
3. Favqulodda oqibatlarni yo`qotishga.
Xarajatlarni bular orasida qanday bo`lishini rejalash uchun chuqur tekshirishlar o`tkazish lozim, unda ham aniq bir fikrga kelish qiyin.
Tavakkalni boshqarish yo`liga o`tish texnika doirasida xavfsizlikni ko`tarishda yangi imkoniyatlar ochadi. Tavakkalni boshqarishda - texnik, ma`muriy, tashkiliy yo`llarga, iqtisodiy usul ham qo`shiladi. Bular sug`urtalash, ko`rilgan zararni pul tariqasida to`lash.
Tavakkalni hisoblash uchun asoslangan raqamlar yo`q desa ham bo`ladi. Tavakkalni boshqarish harajat bilan Tavakkalni pasaytirish yo`li bilan olingan foydani solishtirishga asoslangan.
Xavfsizlikni o`rganish tartibi. Xavflarni o`rganish tartibi uch xil bo`ladi:
1. Bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish. Bu bosqich uch qadam bilan bajariladi:
1-qadam xavf manbalarini aniqlash;
2-qadam xavflarni vujudga keltiradigan qismlarni aniqlash;
3-qadam tahlilni chegaralash, ya`ni tekshirilmaydigan xavflarni chiqarib tashlash.
2. Bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, hodisa va xavflar daraxtini" (shajarasini) tuzish.
3. Bosqich-oqibatlarni tahlil qilish.
Xavfsizlikning sistemasi. Bu xavfsizlikning murakkab masalalarini xal qilish yo`llarini tayyorlashda va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig`indisidir.
O`zaro ta`siri bilan aniq bir maqsadga erishtiradigan aloqador qismlar yig`indisi - sistema deb ataladi. Qism - (komponent) - deganda birgina moddiy obektdan tashqari aloqalar va bog`lanishlar ham tushuniladi. Har qanday sozlangan mashina texnik sistemasining misoli tariqasida ko`rinishi mumkin.
Tarkibiga odam ham kiradigan sistema - ergatik sistema deb ataladi.
Ergatik sistemaning misollari "odam-mashina", "odam-mashina-atrof muhit".
Sistemalash printsip hodisalarga o`zaro bog`liq ravishda bir dasta yoki to`plam (yig`indi) tariqasida qaraydi.
Sistema beradigan maqsad yoki natija sistema yaratuvchi element deb aytiladi. Masalan, yong`in - yonuvchi modda, oksidlovchi kislorod, yondiruvchi. Bu erda yong`in sistema, yonuvchi modda, oksidlovchi, yondiruvchi uning elementlari.
Agar birorta elementni shulardan chiqarib tashlasak, sistema buziladi. Sistemada bor sifat uning elementlarida bo`lmaydi. Bu sistemaning muhim xususiyati bo`lib, xavfsizlik masalalari taxlili asosida joylashgan.
Ko`ngilsiz voqealarning paydo bo`lish sabablarini aniqlash, ularni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar xavfsizlik sistemasi tahlilining asosiy maqsadidir.
"Sabablar va xavflar daraxti" - sistema tariqasida.
Har qanday sabab(lar) natijasida vujudga kelgan xavflar zarar keltiradi. Sababsiz chinakam (xaqiqiy) xavf ham zarar ham yo`q. Demak, xavfdan saqlanish uning kelib chiqish sabablarini bilishga asoslangan.
Sodir bo`lgan xavflar bilan sabablar o`rtasida sabab-oqibat aloqasi bor. O`z yo`lida bir sabab ikkinchi sababiy oqibat bo`lib chiqadi va h.k. SHunday qilib, sabablar va xavflar zanjirsimon sistemani yaratadi. Bunday grafik ko`rinishi (tasvir) shoxli daraxtga o`xshaydi. Xorijda "Sabablar daraxti", "Inkorlar daraxti", "Xavflar daraxti" va bo`lak xar xil "daraxtlar" degan tushuncha va u "daraxtlar"ni tuzish uchun kerakli raqamlar mavjud. Quriladigan "daraxtlarda sabab shoxlari va xavflar shoxlari bor. Ularni o`zaro ajratib tashlash mumkin emas. Shuning uchun xavfsizlikni tahlil etishda tuzilgan daraxtni "sabablar va xavflar" daraxti deb atash lozim.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish