Statik ish–odamning fazoda tana, qo`l va oyoqlarini o`zgartirmagan holda kuch sarflab ishlashidir.
Aqliy mehnat. Aqliy mehnat–insonning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo`lishidir. Uning asosini, ma`lumotini idrok qilish, qayta ishlash va qarorlar qabul qilishni tashkil etadi. Ma`lumotni qabul qilish asosan ko`rish va eshitish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda diqqat, xotira, intellektual faoliyat singari oliy ruhiy funktsiyalar ishga solinadi. Ortiqcha zo`riqish o`ziga xos bajariladigan funktsiyalarning bir xilligi va soddaligi (monotonligi) ayrim mehnat qurollarining xususiyati hisoblanadi. Aqliy faoliyatning hamma hollarida asab tizimi uning markaziy bo`limlarining ishtirok etishi asosiy belgi sanaladi. Aksariyat aqliy mehnatni bajarilishi mushak faoliyatining pasayishi (gipokmeziya) bilan birga o`tadi. Aqliy mehnat kuchini sinflashda uning qator xususiyatlari hisobga olinadi. Mehnatning kuchi, avvalo diqqat funktsiyasiga qanday talablar qo`yilishiga bog`liq. Bu ayni vaqtda kuzatilishi lozim bo`lgan muhim ishlab chiqarish ob`ektlarining soni, vaqt birligida kelib turadigan signallar miqdoriga bog`liq shuningdek emotsional eshitish hamda ko`rish zo`riqishining oldini olishda mehnatning bir me`yoridagi darajasi muhim ahamiyatga ega. Mehnatning kuchiga, shuningdek navbat (smena) bilan ishlash rejasi ham ta`sir qiladi, muntazam ravishda ertalabki smenada bajariladigan ish kam kuch sarflanadigan mehnat, ish smenasi o`zgarib turadigan, jumladan tunda ishlash jarayonini ko`p kuch sarflanadigan mehnat deyiladi.
Toliqish.
Ba`zan ish bajarish jarayonida organizm ish qobiliyatining pasayish hollari sodir bo`lishi mumkin, bu hollarga ob`ektiv ravishda toliqish deb baho beriladi, sub`ektiv ravishda esa charchash sezgisi yuzaga keladi.
Toliqish – ish qobiliyatining pasayishidir. U ancha og`ir ko`p ish talab qiladigan yoki davomli mehnatni bajarish maqsadida paydo bo`ladigan va mehnat natijalarining miqdor va sifat jihatidan yomonlashuvi bilan ifodalanadi. Vaqt birligida (minut, soat) ta`mirlanadigan yoki bajariladigan operatsiyalar soni miqdoriy ko`rsatkich hisoblanadi. Toliqqan organizmda bir qancha o`ziga xos fiziologik siljishlar kuzatiladi. Toliqish qaytuvchan fiziologik holatdir. Biroq ish qobiliyati keyingi ish davri boshlangungacha qadar tiklanmasa, toliqishi tobora kuchayib borishi va o`ta toliqish bosqichiga o`tishi mumkin, bu ish qobiliyatining birmuncha barqaror pasayishi bo`lib, keyinchalik ayrim hollarda kasallik rivojlanishiga olib boradi, xususan bunda tananing yuqumli kasalliklarga chidami pasayib ketadi. Ortiqcha toliqishga hissiyotga berilishi yuzaga kelib, bu yurak-tomirlar patologiyasi rivojlanishiga sabab bo`lishi mumkin. Toliqish ishlab chiqarishda shikastlanishlar sonining oshishiga, mehnat unumdorligining pasayishiga, umumiy va kasbga doir kasalliklarning ko`payishiga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |