Mehnatni ilmiy tashkil etishning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Gigienik yo`nalish;
2. Fiziologik yo`nalish;
3. Psixologik yo`nalish;
4. Estetik yo`nalish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish ob`ektlarida gigiena-sanitariya masalalari bo`yicha ma`lum talablar qo`yiladi. Mehnat gigienasi bo`yicha muhandis va ularning yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi sanatoriya me`yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo`yicha choralar qo`llanish ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma`lumotlar bo`yicha sanatoriya nazoratining asosiy vazifasi xisoblanadi.
Mehnat fiziologiyasi
Mehnat fiziologiyasi-ish paytida inson tanasida yuz beradigan funktsional o`zgarishlarni tekshiradi va ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog`ligiga salbiy ta`sirining oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Mehnat, bu-ijtimoiy tushunchadir. Biologik jixatdan mehnatning eng muhim faoliyati tana hisoblanadi. Mehnat turlarining umumiy belgilari ham, tafovutlari ham bor. Shartli ravishda jismoniy va aqliy mehnat turlari farqlanadi. Qo`lda bajariladigan ish turlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o`rtasidagi farqni asta-sekin yo`qotib borayotgan bo`lsada, u saqlanib qolmoqda. Har qanday mehnat turida energiya sarf bo`ladi, organizmda fiziologik siljishlar kuzatiladi. Jismoniy mehnatda nafas va qon aylanish tizimlarida siljishlar sodir bo`lsa, aqliy mehnatda asosan asab tizimi qatnashadi va modda almashinuvi kamroq ro`y beradi. Mehnat fiziologiyasida aqliy va jismoniy mehnat tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Jismoniy mehnat. Jismoniy mehnat (ish) deganda tayanch-harakat apparativ va uning ishlashi uchun zarur tizimlar harakatini ta`minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan bog`liq ishlab chiqarish faoliyatining turi tushuniladi. Bunda diqqat, xotira kabi oliy ruhiy funktsiyalar va umuman intelektual va emotsional sohalar unchalik zo`riqmaydi. Jismoniy ish dinamik va statik bo`lishi mumkin.
Dinamik ish-yukni yuqoriga, pastga yoki ufqiy ko`tarishdir. Fizik nuqtai nazardan ish miqdori fazoda o`rni almashtiradigan jism massasining tik yoki ufqiy masofaga ko`paytmasi bilan o`lchanadi. Ish miqdorini hisoblash va uni fizik og`ir-engilligi bo`yicha tavsiflash uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi
bu erda: A - ish miqdori, kgG`m; P - ko`tariladigan yuk massasi, kg; N - yukni ko`tarish balandligi, m; L - yukni ufqiy yo`nalishda ko`tarish masofasi, m; N1 – yukni pastga tushirish masofasi, m; K - oltiga teng koeffitsent. Biror ishni muayyan vaqt ichida bajaradigan organizm uchun «ish quvvati» tushunchasi mavjud. Ish quvvati–ishning vaqt birligidagi miqdori bo`lib, quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
bu erda: N – ish quvvati, 1 sekG`vatt; A – ish, kgG`m; t – shu ish bajariladigan vaqt, sek; K1 - 10 ga teng bo`lgan vaqtlarga aylantirish koeffitsienti kgG`m.
Ishning quvvati mehnatning og`ir-engilligini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mehnat og`irligining qo`shimcha ko`rsatkichi bir joydan ikkinchisiga ko`chiriladigan yukning maksimal kattaligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |