1. Tezda parchalanib ketadigan zaxarli moddalar,
2. Barqaror zaxarli moddalar.
Barqaror zaxarli moddalar o`z navbatida fiziologik ta`siriga karab ham bo`linadi:
- teri-kasalligini keltirib chiqaruvchilar - iprit, lyuizit.
- ruxiy zaxarlovchi(nervnoparalitik)lar - tabun, zarin, zoman.
- ko`zni achishtiruvchi (lakrimator)lar –xloratsetofenon, brombenziltsianid.
Bu zaxarli moddalar asta sekinlik bilan bug`lanadi va bir necha kungacha ta`sir kuchiga ega bo`ladi.
Tezda parchalanib ketedigan zaxarlovchi moddalar ham o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi:
- umumiy zaxarlovchi moddalar-tsian kislota, xlortsian;
- bo`g`uvchi zaxarlovchi moddalar - fosgen, difosgen;
- aksa keltiruvchi zaxarlovchi moddalar – adamsit,, difenilxlorarsin. Bu zaxarlovchi moddalar erning ustki atmosferasida tezda bug`lanib chiqib tez ta`sir qilish xususiyatiga egadir.
O`zlashtirish savollari
1. Ishlab chiqarish changi deb nimaga aytiladi? 2. Changlarni qanday turlari farqlanadi? 3. Changlarni bartaraf etish yo`llarini gapirib bering? 4. Changlar kattaligiga qarab qanday guruxlarga bo`linadi? 5. Changlarni odam organizmiga zararli ta`siri xaqida gapiring? 6. Ishlab chiqarish zaxarlari to`g`risida tushuncha bering? 7. Zaxarli moddalarning qanday guruxlari farqlanadi, ularga tarif bering?
Tayanch iboralar
Changlar, ishlab chiqarish changlari, mikroskopik changlar, ultramikroskopik changlar, aerozollar, pnevmoniya, o`pka sili, pnevmokoniyoz, silikoz, toksikologiya, zaxarlar, zaxarli moddalar.
Zararli moddalar va kasb kasalliklarini oldini olish.
Reja:
1. Zararli yoki zaxarli moddalar xaqida tushuncha.
2. Zaxarli moddalarning guruxlari.
3. Kasb kasalliklari va ularni oldini olish.
Zararli yoki zaxarli moddalar xaqida tushuncha.
Odam tanasiga o`tib, uning to`qimalariga kimyoviy, fizik-kimyoviy ta`sir qiladigan, mehnat unumdorligini pasayishiga olib keladigan moddalar zararli yoki zaharli moddalar deb ataladi. Ular kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi va qo`llaniladi. Sanoatda zaharli moddalar odam tanasiga nafas olish yo`li yoki teri orqali, ovqat eyish vaqtida, ifloslangan suvni iste`mol qilganda o`tadi va saqlanuvchan zaharlanishga olib keladi.
Kuchli zaharlanish ko`proq miqdordagi zararli moddalarni to`satdan tanaga o`tishi bilan sodir bo`ladi. Shuningdek, zararli moddalarni tanaga oz-ozdan o`tishi va yig`ilishi natijasida kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Zararli yoki zaharli moddalarning ta`siri ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik-kimyoviy xususiyatlariga, xossalariga, miqdoriga, tanaga o`tish yo`llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda va yog`da eruvchanligiga bog`liq. Kimyo sanoati korxonalarda olinadigan, ishlatiladigan moddalar va mahsulotlarning ko`pchiligi, masalan, ammiak, gazlar, benzol, benzin, kerosin, karbon vodorodlar, spirtlar, efirlar, kislotalar, ishqorlar va boshqalar zaharli hisoblanadi.
Neft mahsulotlari tarkibidagi past molekulali karbon vodorodlar molekulyar og`irligi oshishi bilan ularning zaharlash qobiliyati ortadi. Masalan, butanning ta`siri etandan, etilen esa etandan, atsitilen esa etilindan kuchlidir. Normal tuzilishdagi moddalarga nisbatan tarmoqlangan, zanjirli birikmalarni ta`siri kamroq bo`ladi.
Moddalarning uchuvchanligi kamayib borishi bilan (dekan (S10N22) dan boshlab) ularning ta`sirchanligi ham kamayadi. Karbon vodorodlar tarkibiga galogenlarni kiritish ularning zaharlash qobiliyatini oshiradi, aksincha gidroksil guruhining kiritilishi ta`sirchanlik xususiyatini kamaytiradi. Karbon vodorodlar molekulasidagi vodorodni nitro (NO2), amino (NH2) guruhlariga almashtirish ularning zaharlash xususiyatini o`zgartiradi. Moddalarning valentligi ortib borishi bilan ularning ta`sirchanligi ham o`zgaradi. Masalan, 6 valentli xrom 3 valentlikdan, marganets oksidi marganets sulfatdan, temir oksidi temir sulfatdan kuchlidir.
Kimyoviy moddalar vakillarining gomologik qatorini o`rganish natijalari ko`pgina o`xshash moddalar haqida fikr yuritishda, kasalliklar va zaharlanishlarning oldini olishda ma`lum darajada yordam beradi. Zaharli moddalarning suvda, tanadagi suyuqliklarda eruvchanligining oshishi bilan ularni ta`sirchanligi ham ortib boradi. Masalan, suvda eruvchan oq mishyak (As2O3) kuchli zahar, kam eruvchani (As2s3) zaharsiz, eruvchan bariy xloridi (BaCL2) zaharli, bariy sulfat (BaSO4) esa zaharsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |