3-amaliy mashg‘ulot
Atom va issiqlik elektr stansiyalari. Bug‘ , gaz va bug‘-gaz turbinalari.
AES da energiya, uran yadrosining parchalanishi natijasida hosil boʻlgan energiyadan issiq bug‘ yoki gaz olinib undan elektr energiyasi hosil qilinadi. Uran yadrosining parchalanishi uni neytronlar bilan bombordimonlash hisobiga sodir boʻladi, buning natijasida yadro parchalari-neytronlar va boshqa parchalanish mahsulotlari hosil boʻladi. Ular katta tezliklarga, ya’ni kinetik energiyaga ega. YAdro boʻlinishi natijasida hosil boʻlgan energiya toʻliq issiqlikka aylantiriladi. Boshqariladigan zanjirli yadro boʻlinish reaksiyasi ketadigan qurilmaga yadro reaktori deyiladi.
Oddiy IES si AES sidan bug‘ qozonlardagi organik yoqilg‘ini yoqish natijasida olingan ishchi jismning issiqligi bilan farq qiladi. IES da suvni qizdirib undan bug‘ olish uchun, koʻmir yoqib uni issiqligidan foydalaniladi. AES da esa boshqariladigan yadro boʻlinish reaksiyasidan olingan issiqlikdan foydalaniladi.
Ishchi kanallarning aktiv doira qismida metal qobiq bilan germetik ravishda uran yoki pluton oʻzak koʻrinishda yadro yoqilg‘isi joylanadi. Bu oʻzaklarda katta issiqlik ajralishi bilan kechadigan yadro reaksiyasi sodir boʻladi. SHuning uchun yadro yoqilg‘ili oʻzaklarni issiqlik chiqaruvchi element yoki qisqacha tvellar (teplovshelyayuщiy elementi) deb nomlanadi. Aktiv doiradagi tvellar soni bir necha mingta etadi.
Aktiv doiraga neytronlarni sekinlashtiruvchi, issiqlik tashish uchun xizmat qiluvchi modda, joylashtiriladi. Issiqlik tashuvchi modda sifatida oddiy suv, og‘ir suv, suv bug‘i, suyuq metallar va inert gazlardan foydalaniladi. Issiqlik tashuvchi majburiy sirkulyasiya yordamida ishchi kanaldagi tvel yuzalarini yuvib qiziydi va issiqlikni foydalanish uchun olib ketadi.
a). Kondensator deb dielektrik bilan ajratilgan ikkita oʻtkazgich sistemasiga aytiladi.
Ikki oʻtkazgichning oʻzaro elektr Sig‘imi ularning ‘otentsiallar ayirmasini bir birlikka oʻzgartirish uchun zarur boʻlgan zaryadga miqdor jixatdan teng boʻlgan fizik kattalikka tengdir:
Sig‘imning oʻlchov birligi 1 Faradaq=
b) Yassi kondensatorning elektr Sig‘imi C plastinkaning yuzi S ga toʻg‘ri proportsional boʻlib, ‘lastinkalar orasidagi masofa d ga teskari proportsionaldir, ya'ni:
v) Oʻzaro parallel ulangan kondensatorlar batareyasining elekt Sig‘imi kondensatorlar Sig‘imlari C1, C2, … , Cn ning
algebraik yig‘indisiga teng:
g). Oʻzaro ketma–ket ulangan kondensatorlar batareyasi elektr Sig‘imining teskari ifodasi kondensatorlar Sig‘imlari teskari ifodasi , , , … , ning algebraik yig‘indisiga tengdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |