Elektr yig’ish ishlarida ishlatiladigan asbob-uskunalar
Xavfsiz mehnat sharoitlari
Mehnat muhofazasi - insonning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan texnikaviy, sanitariyagigiyena va huquqiy tadbirlar majmuidir. Ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda texnikaviy me’yorlarga, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasiga rioya qilish muhim hisoblanadi.
Texnikaviy me’yorlar ishlovchilarni mehnat predmetlari va vositalarining ta’siridan himoya qilish bo`yicha amaliy choralarni belgilaydi ishlarini bajarishda dastgohlar hamda mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari himoya to`siqlari bilan berkitilishi zarur. Relsli elektr transportlar, qo`l vagonetkalari, aravalar va yuk ko`taruvchi transport vositalari ishlaydigan yo`lkalar xavfli zonalar hisoblanadi. Bu haqda ogohlantirib turish uchun harakatlanadigan transport vositalariga turli sirenalar, har xil rangdagi lampalar o`rnatiladi.
Mashina mexanizmlarining tok o`tkazuvchi qismlari ishlovchiga xavf keltirishi mumkin. Elektr tokidan saqlanish uchun bunday joylarga ogohlantiruvchi yozuv yoki shartli belgilar qo`yiladi. Elektr asboblar elektr tarmoqda shlangali kabel bilan ulanishi, unda, albatta, “yerga ulash” nol simi bo`lishi kerak. Elektr asboblar bilan ishlashda shaxsiy himoya vositalari – rezina qo`lqop, kalish va rezina taglikdan foydalanish zarur.
Uskunalarning o`rnatilishi, binodagi chang, gaz, bug`, harorat, namlik, shovqinning me’yori ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi talabiga javob berish kerak.
2. Ishlab chiqarish korxonalarini yong‘in xavfi bo‘yicha kategoriyalari
YOng‘in xavfi bo‘yicha barcha texnologik jarayonlarni quyidagi 5 kategoriyaga bo‘lish mumkin:
A kategoriyasi – portlash va yong‘in xavfi bor. Bularga chaqnash harorati 28oS gacha bo‘lgan suyuqliklar saqlanadigan va ishlatiladigan sexlar kiradi (benzin omborlari, neftni qayta ishlash zavodlari).
B kategoriyasi – portlash va yong‘in chiqish xavfi bor. Bularga chaqnash harorati 28oS dan 16oS gacha bo‘lgan suyuqliklar saqlanadigan va ishlatiladigan sexlar kiradi (neft mahsulotlari omborlari).
S kategoriyasi – Yong‘in chiqish xavfi bor. Bularga yonuvchan qattiq materiallar bilan ishlaydigan va chaqnash harorati 61oS dan yuqori bo‘lgan suyuqliklar saqlanadigan va ishlatiladigan sexlar kiradi. (to‘qimachilik korxonalari).
D kategoriyasi – Bular qizigan, cho‘g‘langan va erigan holdagi moddalarning hamda gaz va suyuq holidagi yoqilg‘ilar mavjud sexlardir.
E kategoriyasi – Yonmaydigan materiallarni sovuq holida ishlov berish sexlari kiradi.
Yonishning quyidagi fazalari belgilangan:
1. CHaqnash. Agar sekin asta qizdirib borilayotgan suyuq yonilg‘i ustiga alanga olib borilsa undan ajralib chiqayotgan bug‘lari ma’lum bir haroratda ko‘k alanga berib chaqnaydi va o‘sha zahoti o‘chadi. Ana shu haroratni shu moddaning chaqnash harorati deyiladi. Ajralib chiqqan gazning o‘chib qolishiga sabab bu haroratda yonishni davom ettirishga bug‘ ajralib chiqmasligidadir.
2. Alangalanish. Cuyuqlikni qizdirish davom ettirilsa, chaqnash haroratidan keyin uning qizishi orta brogan sari ajralib chiqayotgan gazlar miqdori ham orta boradi va shunday payt keladiki alanga olib kelinganda, gazlar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Bu voqea sodir bo‘lgan harorat alangalanish harorati deyiladi.
3. O‘z-o‘zidan alangalanish. Agar yonuvchi moddani alangalanish harortidan yuqori haroratda qizdirish davom ettirilsa, lekin ochiq alanga olib borilmasa, shunday vaqt keladiki, undan ajralib chiqayotgan gazlar o‘z-o‘zidan alangalanib ketadi. Bu sodir bo‘lgan harorat shu moddaning o‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi.
4. O‘z-o‘zidan yonib ketish. Ayrim qattiq yonuvchan moddalar noto‘g‘ri saqlanganda o‘z-o‘zidan yonib ketishlari mumkin. Masalan, nam poxol, nam toshko‘mir, nam paxta, moyli latta va sh. o‘. Bu hodisa ma’lum haroratlardagina bo‘lishi mumkin. Bu haroratni o‘z-o‘zidan yonib ketish harorati deyiladi.
Yonuvchi suyuqliklar 2 guruhga bo‘linadi:
1. CHaqnash harorati 45oS gacha bo‘lganalari. Ular engil yonuvchan suyuqliklar (LVJ) deb ataladi. Bularga benzin, oltingugurt gidroksidi, spirtlar va sh.o‘ kiradi.
2. CHaqnash harorati 45oS dan yuqori bo‘lganlari. Ular yonuvchan suyuqliklar (GJ) deb ataladi. Bularga ko‘pgina neft mahsulotlari kerosin, mazit, solyarka va boshqalar kiradi.
2-rasm. Yong‘inga qarshi «qalqon» va undagi asboblarni o‘rnatilishi
1-qum solingan quti, 2-ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t uchirgich (ognetushitel), 3-yong‘in o‘chiruvchi navbatchilarining ish jadvali, 4-boltalar, 5-o‘t o‘chirish shlankalari, 6-konussimon chelak, 7-suv sepish stvoli, 8-yong‘in xavfsizligi qoidalari, 9-suv bochkasi, 10-ilgakli changaklar, 11-mis uchli lom va ilgak, 12- belkuraklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |