Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining



Download 241,8 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi241,8 Kb.
#246725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2871 31.03.2017

(15),

bunda S nom tr — guruhdagi uch chulg‘amli bir fazali transformatorning nominal quvvati, mVA.

18. Ajratilgan chulg‘amli transformatorlarning aktiv qarshiligi har bir chulg‘am uchun alohida, pasport ma’lumotlariga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



(16),

3-§. Elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlarini hisoblash metodlari

19. Elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari:

havo va kabel liniyalardagi;

transformatorlardagi (avtotransformatorlardagi);

tok o‘tkazuvchi shinalardagi;

tokni chegaralovchi reaktorlardagi yo‘qotishlarni o‘z ichiga oladi.

Elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlarini hisoblash elektr tarmoqlarning alohida elementlari bo‘yicha va umumiy tartibda amalga oshiriladi.

20. Elektr tarmoqlarining alohida elementlari bo‘yicha elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari mavjud ma’lumotlardan kelib chiqib, quyidagi metodlarning biridan foydalanib, hisoblanishi mumkin (metodlar hisoblash natijalari aniqligining kamayishi tartibida keltirilgan):

tezkor hisoblash metodi.

o‘rtacha yuklamalar metodi.

21. Tezkor hisoblash metodi.

HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarda tayanch davrda elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

R — HL, KL, tok o‘tkazuvchi shina yoki ikki chulg‘amli transformatorning aktiv qarshiligi, Om da;

Ij — Δtj vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL, tok o‘tkazuvchi shina yoki ikki chulg‘amli transformatorning tok yuklamasi, A da;

Pj, Qj — Δtj vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL, tok o‘tkazuvchi shina yoki ikki chulg‘amli transformatorning aktiv va reaktiv quvvati qiymatlari, mos ravishda mVt, mVar da;

Uj — Δtj vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlardagi kuchlanish qiymati, kV da;

Δtj — R qarshilikka ega bo‘lgan tarmoq elementining yuklamasi o‘zgarmas deb olinadigan vaqt oralig‘i;

M — tayanch davrdagi Δtj vaqt oraliqlari soni.

Avtotransformatorda (uch chulg‘amli transformatorda) tayanch davr uchun elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:





bunda:



– avtotransformatorning (uch chulg‘amli transformatorning) chulg‘amlari bo‘yicha aktiv va reaktiv quvvatlarning, yuklama toklarining Δtj vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan qiymatlari, mos ravishda mVt, mVar, A da;

avtotransformatorning (uch chulg‘amli transformatorning) yuqori, o‘rta va past chulg‘amlar kuchlanishlarining Δt vaqt oralig‘ida qiymatlari, kV da;

avtotransformator (uch chulg‘amli transformator) chulg‘amlarining aktiv qarshiliklari, Om da.

Avtotransformatorlar past tomonining T davrdagi xar bir Δtj vaqt oralig‘idagi o‘lchovlari mavjud bo‘lmaganda, elektr energiyasi yo‘qotishlarini hisoblash yuqori hamda o‘rta kuchlanishli chulg‘amlarning ma’lumotlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.

Tayanch davr uchun tokni chegaralovchi reaktordagi elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

Δ Rn.TChR — nominal tokda reaktor fazasidagi aktiv quvvat yo‘qotishi qiymati, kVt da;

In — nominal tokning qiymati, A da;

Ij — Δtj vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb olinadigan ishchi tokning qiymati, A da.

22. O‘rtacha yuklamalar metodi.

HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarda tayanch davrda elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

ΔRo‘rt — HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarning tayanch davrdagi o‘rtacha yuklama bo‘yicha quvvat yo‘qotilishi qiymati, u 23-formula bo‘yicha aniqlanadi, kVt da;

k2sh — tayanch davr uchun grafik shakli koeffitsiyentining kvadrati, nisbiy birlikda;

kk — aktiv va reaktiv yuklamalar grafiklari ko‘rinishlarining farqini hisobga oluvchi koeffitsiyent (0,99 ga teng deb olinadi);

T — tayanch davrdagi soatlar soni, soatda.

Grafik shakli koeffitsiyentining kvadrati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(21),

bunda kt — grafikni to‘ldirish koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(22),

bunda:

Wo — T vaqtda tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soatda;

Tmax — tarmoqning eng katta yuklama soatlari soni.

Pmax — o‘lchovlar natijasida aniqlangan amaldagi maksimal quvvat (elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yoki o‘lchovlar qaydnomalaridan olingan).

Yuklama grafigini to‘ldirish koeffitsiyenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, 6 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar uchun kt = 0,7, 1000 V gacha kuchlanishli elektr tarmoqlar uchun kt = 0,5 deb qabul qilinadi.

Tayanch davrdagi o‘rtacha yuklama bo‘yicha HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarda quvvatning yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

Ro‘rt, Qo‘rt — T tayanch davrdagi aktiv va reaktiv quvvatning o‘rtacha qiymatlari, mVt, mVar da;

tg φ — reaktiv quvvat koeffitsiyenti, nisbiy birlikda;

Uo‘rt — T tayanch davrdagi o‘rtacha kuchlanish, kV da;

Io‘rt — yuklama tokining o‘rtacha qiymati, A da (24-formula bo‘yicha aniqlanadi);

R — HL, KL, tok o‘tkazuvchi shinalar yoki ikki chulg‘amli transformatorlarning aktiv qarshiligi, Om da.

O‘rtacha yuklama quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



(24),

bunda:

WT — T tayanch davrda tugundagi elektr energiyasining miqdori, kVt soatda.

Tayanch davrda avtotransformatordagi (uch chulg‘amli transformatordagi) elektr energiyaning yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bilan aniqlanadi:

(25),

bunda:

ΔRo‘rt — tayanch davrdagi o‘rtacha yuklama uchun avtotransformatorda (uch chulg‘amli transformatorda) quvvat yo‘qotishlari, kVt da (26-formula bo‘yicha aniqlanadi).

Grafik shakli koeffitsiyenti 21 va 22-formulalar bo‘yicha aniqlanadi.

Tayanch davrda, o‘rtacha yuklamada avtotransformatorlarda (uch chulg‘amli transformatorlarda) quvvatning yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:







bunda:

Ro‘rta AT(TR)Yu, Ro‘rta AT(TR)O‘, Ro‘rta AT(TR)P, Qo‘rta AT(TR)Yu, Qo‘rta AT(TR)O‘, Qo‘rta AT(TR)P, Io‘rta AT(TR)Yu, Io‘rta AT(TR)O‘, Io‘rta AT(TR)P,— T tayanch davrda avtotransformatorning (uch chulg‘amli transformatorning) chulg‘amlari bo‘yicha aktiv va reaktiv quvvatlarning, yuklama toklarining o‘rtacha qiymatlari, mos ravishda mVt, mVar, A da;

Uo‘rta AT(TR)Yu,Uo‘rta AT(TR)O‘,Uo‘rta AT(TR)P— T tayanch davrdagi avtotransformatorning (uch chulg‘amli transformatorning) yuqori, o‘rta va past chulg‘amlari bo‘yicha kuchlanishlarining o‘rtacha qiymatlari, kV da;

tg φ — reaktiv quvvat koeffitsiyenti, nisbiy birlikda;

Ro‘rta AT(TR)Yu, Ro‘rta AT(TR)O‘, Ro‘rta AT(TR)P,—avtotransformator chulg‘amlarining aktiv qarshiliklari, Om da.

O‘rtacha yuklama har bir chulg‘am uchun alohida 24-formula bo‘yicha aniqlanadi.

Avtotransformatorlarning T tayanch davrdagi past tomoni o‘lchovlari mavjud bo‘lmaganda, yuqori hamda o‘rta kuchlanish chulg‘amlarining ma’lumotlari bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblashga yo‘l qo‘yiladi.

T tayanch davrda tokni chegaralovchi reaktorda o‘rtacha ishchi tokdan foydalanib elektr energiyasining yuklama yo‘qotishlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(27),

bunda, Δ R Y. TChR o‘rt — tayanch davrda tugunlarning o‘rtacha yuklamalarida tokni chegaralovchi reaktordagi quvvat yo‘qotishi, kVt da (28-formula bo‘yicha aniqlanadi).

Grafik shaklining koeffitsiyenti 21 va 22-formulalar bo‘yicha aniqlanadi.

Tayanch davrda, o‘rtacha yuklamada tokni chegaralovchi reaktorda quvvatning yuklama yo‘qotishi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(28),

bunda, Io‘rt — T tayanch davrda ishchi tokning o‘rtacha qiymati, A da.

O‘rtacha yuklama 24-formula bo‘yicha aniqlanadi.

23. Sxemalar hamda tarmoq yuklamalari to‘g‘risidagi mavjud axborotlar hajmidan kelib chiqib, elektr energiyasining elektr tarmoqlarda yuklama yo‘qotishlarini umumiy hisoblash quyidagi metodlardan birini qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin (metodlar hisoblash natijalari aniqligining kamayishi tartibida keltirilgan):

1) tezkor hisoblash metodi;

2) hisoblangan sutkalar metodi;

3) o‘rtacha yuklamalar metodi;

4) quvvatning eng katta yo‘qotish soatlari soni metodi;

5) tarmoq sxemalari va yuklamalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumot bo‘yicha yo‘qotishlarni baholash metodi.

Elektr energiyasi yo‘qotishlarini hisoblash uchun 1 — 4 metodlardan foydalaniladiganda, tarmoqdagi quvvat yo‘qotishlari, berilgan tarmoq sxemasi va o‘lchovlar yoki elektrotexnikaga oid hisoblashlar yordamida aniqlangan elektr tarmoq elementlarining yuklamalari asosida hisoblanadi.

2 — 4 metodlar bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlari hisoblash davrining har bir oyi uchun shu oyga mos bo‘lgan tarmoq sxemasi hisobga olgan holda, hisoblanishi mumkin. Tarmoq sxemalarini o‘zgarmas deb olib, yo‘qotishlarni bir necha oylarni o‘z ichiga olgan hisoblash oraliqlari uchun hisoblashga yo‘l qo‘yiladi. Tayanch davr uchun elektr energiyasining yo‘qotishlari, tayanch davrga kiruvchi oylar (hisoblash oraliqlari) yo‘qotishlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.

24. Tezkor hisoblash metodi elektr energiyasining yo‘qotishlarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashni nazarda tutadi:

(29),

bunda:

n — tarmoq elementlarining soni;

Δtij — Ri qarshilikka ega bo‘lgan i-chi tarmoq elementining I ij tok yuklamasi o‘zgarmas deb olingan vaqt oralig‘i;

m — vaqt oraliqlari soni.

Tarmoq elementlarining tok yuklamalari dispetcherlik qaydnomalari, teleo‘lchovlar bo‘yicha tezkor o‘lchov komplekslari va elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

25. Hisoblangan sutkalar metodi elektr energiyasining yo‘qotishlarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashni nazarda tutadi:

(30),

bunda:

ΔWsut — tarmoqqa o‘rtacha sutkalik W o‘rt.sut elektr energiyasi berilganda va uzellardagi yuklama grafiklari shakli nazorat o‘lchovlariga muvofiq bo‘lgandagi hisoblanayotgan oyning sutkalik elektr energiyasi yo‘qotishi, kVt soat da;

kl — 110 kV va undan yuqori kuchlanishli liniyalar uchun 1,02 ga teng va undan past kuchlanishli liniyalar uchun 1,0 ga deb olinadigan, HL armaturasi ta’siridagi yo‘qotishni hisobga oluvchi koeffitsiyent;

k2sh.o— tarmoqqa elektr energiyasini sutkalik berish grafigi shakli koeffitsiyentining kvadrati (miqdorlarining soni, nazorat o‘lchovlari oyidagi kunlar soniga teng bo‘lgan grafik);

Kekv j — quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan j-chi hisoblash oralig‘idagi kunlarning ekvivalent soni:



bunda:

WOi — KOi kunlar sonidan iborat i-chi oyda tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soatda;

W o.t. — tayanch oyida tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soat da;

Njj-chi hisoblash oralig‘idagi oylar soni.

Bir oylik elektr energiyasi yo‘qotishlarini hisoblashda K ekv j = K o i deb topiladi.

Hisoblanayotgan sutka uchun elektr energiyasining yo‘qotishlari (ΔWsut), hisoblanayotgan sutkaning har bir soati uchun hisoblangan quvvat yo‘qotishlari yig‘indisi ko‘rinishida aniqlanadi.

Tayanch davrda elektr energiyasining yo‘qotishlari, yilning barcha hisoblash oraliqlardagi yo‘qotishlarning yig‘indisi ko‘rinishida aniqlanadi.

Elektr energiyasining yillik yo‘qotishlarini, 31-formulada Nj =12 deb olinib, qishki nazorat o‘lchovlar kuni uchun ΔW sut ni hisoblab, aniqlashga ruxsat etiladi.

Koeffitsiyent (k2sh.o) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(32),

bunda:

Wi — oyning i-chi kunidagi tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soat da;

Km — oydagi kunlar soni.

Oyning har bir sutkasida tarmoqqa berilgan elektr energiyasi to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lmaganda, k2sh.o koeffitsiyent quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

Ki, Kn.i — oydagi ish va ishlanmaydigan kunlari soni (KO = Ki + K n.i);

kw — o‘rtacha ishlanmaydigan kun va o‘rtacha ish kunlarida iste’mol qilingan energiya qiymatining nisbati kw = W n.i/Wi.

26. O‘rtacha yuklamalar metodi elektr energiyasining yo‘qotishlarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashni nazarda tutadi



bunda:

Δ Ro‘rt — tugunlarning hisoblash oralig‘idagi o‘rtacha yuklamalarida tarmoqdagi quvvat yo‘qotishi, kVt;

ksh2 — hisoblash oralig‘ida tarmoqning jamlangan yuklamasi grafigi shakli koeffitsiyentining kvadrati:

kk — tarmoqning har xil shoxobchalari aktiv va reaktiv yuklamalari grafiklarining shakli har xilligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;

Tjj-chi hisoblash intervalining davomiyligi, soatda.

Hisob davri oralig‘i uchun tarmoqning jamlangan yuklamasi grafigi shakli koeffitsiyentining kvadrati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

Rj — grafikning davomiyligi Δti bo‘lgan i-chi pog‘onasidagi yuklama miqdori, kVt da;

m — hisob davri oralig‘idagi grafik pog‘onalarining soni;

Po‘rt — hisoblash intervalidagi tarmoqning o‘rtacha yuklamasi, kVt da.

34-formulada kk koeffitsiyent 0,99 ga teng deb olinadi. 6-10 kV tarmoqlar va 35 kV radial liniyalar uchun 35-formulada Pi va Po‘rt qiymatlarning o‘rniga boshlang‘ich uchastkaning Ii va Io‘rt toklari qiymatlaridan foydalanish mumkin. Bunda kk koeffitsiyent 1,02 ga teng deb olinadi.

Hisoblash oralig‘i uchun grafik shakli koeffitsiyentining kvadratini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

,

bunda:

— 35-formula bo‘yicha hisoblangan nazorat o‘lchovlari kunining sutkalik grafigi shakli koeffitsiyentining kvadrati;

— tarmoqqa oylik elektr energiyasini berish grafigi (miqdorlarining soni, hisoblash oralig‘idagi oylar soniga teng bo‘lgan grafik) shakli koeffitsiyentining kvadrati, quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda:

WOi — hisoblash oralig‘ining i-chi oyida tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soatda;

Wo‘rt.oy — hisoblash oralig‘i oylarida tarmoqqa berilgan o‘rtacha oylik elektr energiyasi, kVt soatda.

Bir oy uchun yo‘qotishlar hisoblaganda = 1 deb topiladi.

Yuklama grafigi mavjud bo‘lmaganda quyidagi formula bilan aniqlanadi:



Tarmoqning umumiy yuklamasi grafigini to‘ldirish koeffitsiyenti kt quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(39),

bunda:

Wb — T vaqtda tarmoqqa berilgan elektr energiya, kVt soatda;

Tmax — tarmoqning eng katta yuklamasi soatlarining soni.

Pmax — o‘lchovlar natijasida aniqlangan (elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yoki o‘lchovlar vedomostlaridan olingan) amaldagi maksimal quvvat.

i-chi tugunning o‘rtacha yuklamasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(40),

bunda, Wi — T vaqt ichida i-chi tugunda iste’mol qilingan (ishlab chiqarilgan) elektr energiyasi, kVt soatda.

27. Quvvatning eng katta yo‘qotish soatlari soni metodi elektr energiyasining yo‘qotishlarini quyidagi formula bo‘yicha hisoblashni nazarda tutadi:

(41),

bunda:

ΔPmax — tarmoqning maksimal yuklama rejimida quvvat yo‘qotishi, kVt da;

τn — tarmoqning umumiy yuklama grafiki bo‘yicha aniqlangan, hisoblash intervalida quvvatning eng katta yo‘qotish soatlarining nisbiy soni.

Quvvatning eng katta yo‘qotish soatlarining nisbiy soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:



bunda, R max — Ri ning hisoblash intervalidagi m ta qiymatlar ichidagi eng katta qiymati, kVt da.

Koeffitsiyent kk 41-formulada 1,03 ga teng deb olinadi. 6-10 kV tarmoqlar va 35 kV radial liniyalar uchun 42-formulada Pi va Rmax qiymatlari o‘rniga boshlang‘ich uchastka tokining qiymati Ii va Imax dan foydalanish mumkin. Bunda koeffitsiyent kk = 1,0 deb qabul qilinadi.

Hisoblash intervalidagi quvvatning eng katta yo‘qotish soatlarining nisbiy sonini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin:

(43),

bunda:

τs — nazorat o‘lchovlari kunining sutkalik grafiki uchun 42-formula bo‘yicha aniqlangan quvvatning eng katta yo‘qotish soatlarining nisbiy soni;

τm va τN — quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:

(44),

(45),

bunda, Wh.o — hisobot oyida tarmoqqa berilgan elektr energiyasi, kVt soatda.

Bir oy uchun hisoblanganda τN = 1 deb olinadi.

Yuklama grafiki mavjud bo‘lmaganda τn miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(46),

28. Elektr energiyasining texnologik yo‘qotilishlarini tarmoq sxemalari va yuklamalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotga bog‘liqligi asosida baholash metodi kuchlanishi 10, 6 va 0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlarda qo‘llaniladi. Bunda:

tarmoqlar majmuasida elektr energiyasining yo‘qotilishlarini regression modellardan foydalanib hisoblash (10, 6 va 0,4 kV kV bo‘lgan elektr tarmoqlarda);

elektr energiyasining texnologik yo‘qotilishini tarmoq sxemalari va yuklamalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotga bog‘liqligi asosida baholash (0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlarda);

liniyalarda elektr energiyasining yo‘qotilishini kuchlanishning pasayishiga bog‘liq ravishda hisoblash (0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlarda);

quvvat va elektr energiyasini yo‘qotilishlarini elektr tarmog‘i sxemasi va rejimi parametrlaridan foydalanib, ularning elementlari bo‘yicha hisoblash (0,4 kV bo‘lgan elektr tarmoqlarda).

29. Tarmoqlar majmuasida elektr energiyasining yo‘qotilishlarini regression modellardan foydalanib hisoblash kuchlanishi 10, 6 va 0,4 kV bo‘lgan liniyalar va 10, 6 kV bo‘lgan transformatorlar hamda kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan “qishloq” va “shahar” turidagi elektr tarmoqlari majmuasi uchun alohida amalga oshiriladi.

Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan liniyalarda yo‘qotishlarni liniyalarning umumiy uzunligi va umumiy qarshiligi bo‘yicha hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:



bunda:

Ntr– mazkur tarmoqlar majmuasidan elektr energiyasi olayotgan transformatorlar soni;

— sutka davomida tarmoqlar majmuasiga berilgan aktiv energiya va energiya yo‘qotilishi, mVt soat da;

Nfid— tarmoqlar majmuasidagi fidyerlar soni;

L0— tarmoqlar majmuasidagi liniyalar uzunligining yig‘indisi, km da;

Rum— mazkur tarmoqlarning umumiy qarshiligi, Om da;

sosØ —mazkur tarmoqlar majmuasi uchun sosØning o‘rtacha qiymati.

Bu holatda yoki yoki (48),

bunda:

Nv— tarmoqlar majmuasi barcha fidyerlar shoxobchalarining soni;

Ri —nchi shoxobchaning qarshiligi, Om da.

47-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 10-jadvalda keltirilgan.

10- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

500 — 1000

V0

0,0004400

0,0005739

0,0006738

10 kV bo‘lgan liniyalarning ekvivalent qarshiligi bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotilishlarini hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:



bunda

49-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 11-jadvalda keltirilgan.

11- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

500 — 1000

V0

0,000995

0,000965

0,000935

Kuchlanishi 10 kV bo‘lgan transformatorlarda elektr energiyasining yo‘qotilishlarini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (MVt soatda):

(50),

bunda So‘rn— majmuadagi 10/0,4 kV transformatorlarning o‘rnatilgan quvvati yig‘indisi, kVA da.

50-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 12-jadvalda keltirilgan.

12- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

500 — 1000

V0

4,597

5,361

5,361

SYu yo‘qotishlarini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (MVt soatda):

(51),

51-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 13-jadvalda keltirilgan.

13- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

VO

0,000472

0,000458

Kuchlanishi 6 kV bo‘lgan liniyalarda yo‘qotishlarni liniyalarning umumiy uzunligi va umumiy qarshiligi bo‘yicha hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:

(52),

52-formula uchun V0 ning Nfnd hisoblanayotgan majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 14-jadvalda keltirilgan.

14- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

VO

0,0006973

0,0007335

Kuchlanishi 6 kV bo‘lgan transformatorlarda elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (MVt soatda):

(53),

53-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 15-jadvalda keltirilgan.

15- jadval

Nfid

10 — 50

500 — 5000

V0

2,8685

2,5146

SYu yo‘qotishlarini hisoblash quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi (MVt soatda):

(54),

54-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 16-jadvalda keltirilgan.

16- jadval

Nfid

10 — 50

50 — 500

VO

0,0005532

0,0004586

Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan “qishloq” turidagi tarmoqlar majmuasi bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:

(55),

bunda:

Rotp — ko‘rib chiqilayotgan tarmoqlar majmuasidagi shoxobchalar (tayanchdan uyning kirishigacha bo‘lgan qismi) qarshiliklarining yig‘indisi, Om da;

Nn — tarmoqlar majmuasidagi iste’molchilar soni;

Nef — tarmoqlar majmuasidagi uch fazali iste’molchilar soni.

55-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 17-jadvalda keltirilgan.

17- jadval

Nfid

100 — 250

250 — 800

800 — 2000

2000 — 5000

>5000

V0

0,14055

0,12025

0,10448

0,091625

0,081014

Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan “shahar” turidagi tarmoqlar majmuasi bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblash uylar orasidagi liniyalarining umumiy qarshiligi Rum.uo Om dan kelib chiqib, quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:

yoki (56)

bunda Nsh — tarmoqlar majmuasi barcha fidyerlarining uylar oralig‘idagi liniyalarining shoxobchalari soni;

Ri — i-nch ishoxobchaning qarshiligi, Om da;

Lum.uo — tarmoqlar majmuasi barcha fidyerlarining uylar oralig‘idagi liniyalarining umumiy uzunligi, km da.

Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan “shahar” turidagi tarmoqlar majmuasi bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblash quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:

(57),

57-formula uchun V0 ning hisoblanayotgan Nfnd majmuasi hajmiga bog‘liq qiymati 18-jadvalda keltirilgan.

18- jadval

Nfid

100 — 200

200 — 500

500 — 1000

1000 — 2000

2000 — 5000

>5000

V0

0,75107

0,9054

1,096

1,2848

1,5622

1,8616

30. Elektr energiyasining yo‘qotilishlarini tarmoq sxemalari va yuklamalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarga bog‘liqligi asosida baholash metodiga muvofiq “D” kun(lar) davrida, bosh uchastkalarining o‘rtacha ko‘ndalang kesimi Fb o‘rt, mm2 bo‘lgan 0,4 kV li N ta liniyalarga W0,4 ming kVt soat elektr energiyasi berilganda, elektr energiyasining yo‘qotilishlari quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

(58),

bunda:

Lekv — liniyalarning umumiy ekvivalent uzunligi, km da;

tg φ — reaktiv quvvatning o‘rtacha koeffitsiyenti;

k 0,4 — liniya uzunligi bo‘yicha yuklamaning taqsimlanishi xarakteri va fazalardagi yuklamalarning bir xil emasligini hisobga oluvchi koeffitsiyent;

dn — TP dan 1 va 2-tayanchlar oralig‘iga teng masofada iste’mol qilinayotgan elektr energiyasining 0,4 kV li tarmoqqa berilgan umumiy elektr energiyasidagi ulushi.

Tarmoq sxemalari va yuklamalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar bo‘yicha elektr energiyasining yo‘qotishlarini baholash metodi umumiy soni 100 ta va undan ortiq kuchlanishi 6-10/0,4 kV bo‘lgan TP dan tarqalgan liniyalar jamlanmasidagi elektr energiyasining yo‘qotishlarini hisoblash uchun qo‘llanilishi mumkin.

Kichikroq hajmdagi elektr tarmoqlari uchun quyidagilar qo‘llaniladi:

quvvat va elektr energiyasining yo‘qotishlarini, elektr tarmog‘i va uning rejim parametrlaridan foydalanib, elementlari bo‘yicha hisoblash metodi;

0,4 kV li liniyalardagi elektr energiyasining yo‘qotishlarini kuchlanishning pasayishi miqdoriga bog‘liq holda hisoblash metodi (63 — 65-formulalar bo‘yicha).

N ta liniyalar yig‘indisining ekvivalent uzunligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(59),

bunda:

Lm — 0,4kV N ta liniyalar magistrallari uzunligining yig‘indisi, km da;

L 2-3 — 0,4 kVN ta liniyalar ikki va uch fazali shoxobchalari uzunligining yig‘indisi, km da;

L1 — 0,4 kV li N ta liniyalar bir fazali shoxobchalari uzunligini yig‘indisi, km da.

Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan bitta liniya magistralini aniqlashda 6-10/0,4 kV TP dan uch fazali yoki ikki fazali liniyalargacha ulangan eng uzoqdagi iste’molchigacha bo‘lgan masofa hisobga olinadi;

liniyalar uzunligi ekvivalentning yig‘indisini aniqlashda shoxobchaning uzunligiga ko‘p xonadonli uy-joylarning uy-joyning umumiy foydalanishidagi elektr tarmoqlari (shuningdek, uy-joy ichidagi elektr tarmoqlari), uy-joylardagi shoxobchalar, agar tarmoqning mansublik chegarasi tayanchda bo‘lsa, kiritilmaydi.

Magistralda yoki shoxobchalarda alyuminiy, po‘lat va misli simlar mavjud bo‘lganda 59-formulaga quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadigan liniyalar uzunligi qo‘llaniladi:

(60),

bunda La, Lp, Lmis — alyuminiy, po‘lat va misli simlarning mos uzunliklari, km da.

Koeffitsiyent k0,4 quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(61),

bunda:

dp — 0,4 kV tarmoqqa berilgan umumiy elektr energiyasiga nisbatan aholiga berilgan elektr energiyasining ulushi, nisbiy birlikda;

ku — 400/230 V bo‘lgan liniya uchun 1 ga teng va 220/127 V bo‘lgan liniya uchun 3 ga teng deb olinadigan koeffitsiyent.

Fb o‘rt koeffitsiyent quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(62),

bunda:

Fri — i-chi liniyaning boshlang‘ich uchastkasi kesimining yuzasi, mm2 da;

Lri — i-chi liniya boshlang‘ich uchastkasining uzunligi, km da.

Grafikni to‘ldirish koeffitsiyenti va (yoki) reaktiv quvvat koeffitsiyenti to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda kt = 0,5 va tg φ = 0,6 deb olinadi.

0,4 kV bo‘lgan liniyalarga beriladigan elektr energiyasi hisobga olinmaganda uning qiymati 6-10 kV li tarmoqqa berilgan energiyadan 6 — 10 kV uskunalardagi yo‘qotishlarni, 6-10/0,4 kV li TP larga berilgan energiyani TP ning shinalariga ulangan iste’molchilarga berilgan energiyani hamda iste’molchilar balansidagi 0,4 kV li liniyalarga berilgan energiyani ayirib aniqlanadi.

31. Kuchlanishi 0,4 kV bo‘lgan liniyalarda elektr energiyasining yo‘qotishlarini kuchlanishning pasayishi qiymatiga bog‘liqligi holda hisoblash metodini qo‘llash uchun maksimal yuklama rejimida TP shinalaridagi va magistral liniyaning uzoq nuqtasidagi faza kuchlanishlari o‘lchanadi. O‘lchash ma’lumotlari bo‘yicha kuchlanish yo‘qolishlari (ΔU) 6-10/0,4 kV TP ning 0,4 kV li shinalaridagi faza kuchlanishining o‘rtacha qiymatiga nisbatan absolyut va nisbiy (foizdagi) qiymatlari aniqlanadi.

0,4 kV kuchlanishli liniyadagi elektr energiyasi yo‘qotilishi (tarmoqqa berilgan elektr energiyasining qiymatidan (foizda) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(63),

bunda:

ΔU — tarmoqning maksimal yuklamasida TP shinalaridan eng uzoq elektr qabul qilgichgacha kuchlanishning yo‘qotilishi, foizda;

Knt — yuklamaning fazalar bo‘yicha notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.

Agar TP ning shinalarida o‘lchangan faza kuchlanishining darajalari har xil bo‘lsa, ΔU ni aniqlashda TP ning shinalaridagi uchta o‘lchangan kuchlanishning o‘rtacha arifmetik qiymati qabul qilinadi. Agar yuklamaning maksimal qiymatida magistral liniyaning eng uzoq nuqtasidagi uch fazalik kirishida faza kuchlanishi o‘lchangan bo‘lsa, hisoblash uchun uchta o‘lchangan qiymatlardan eng kichigi qabul qilinadi.

Knt koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

(64),

bunda:

Ia, Iv, Is — fazalarning o‘lchangan tok yuklamalari;

Rn/Rf — nol va faza simlari qarshiliklarining nisbati.

Fazalarning tok yuklamalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda:

Rn/Rf = 1 bo‘lgan liniyalar uchun Knt = 1,13;

Rn/Rf = 2 bo‘lgan liniyalar uchun Knt = 1,2;

τ/Tmaks nisbati 19-jadvalga muvofiq qo‘llaniladi.


Download 241,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish